Ҳасаний
М
.
Туркистон
босқини
. – 40-
б
.
120
qilishga rozi bo‘ldi ekan, degan savol tug‘ilishi mumkin. Eshonning moddiy
tarafdan kamchiligi bo‘lmagan, katta amal ham eshonga kerak bo‘lmagan,
deb o‘ylaymiz. Shuning uchun qo‘zg‘olonga rahbarlikni o‘z gardaniga
olishga shoshilmagan, sustkashlik qilgan, lekin oxir-oqibat bunga rozi
bo‘lgan. Nazarimizda, buning quyidagi sabablari bo‘lgan:
birinchidan, uni bunga g‘ayridinlar zulmidan o‘z xalqini ozod qilishdek
yuksak tuyg‘ular yetaklagan;
ikkinchidan, unga mustamlakachi ma’murlarning eshon faoliyatiga
shubha bilan qarashlari tufayli yuzaga kelgan ruslarga qarshi adovat tinchlik
bermagan;
uchinchidan, haddidan oshgan rus krestyanlarining bedodliklari ustidan
mahalliy mehnatkashlarning shikoyatlari ko‘payib ketgan;
to‘rtinchidan, eshon o‘z tarafdorlarining ishonchini oqlamasa, halq
e’tiboridan qolishi va moddiy zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan.
Eshonning zamondoshi Fozilbek Otabek o‘g‘li «Dukchi eshon voqeasi»
kitobida qo‘zg‘olon boshlanib ketishining quyidagi sabablarini keltiradi:
– ma’muriyat oq podshoning nomini xutbaga qo‘shib o‘qishga
majburlaydi, Qur’ondan kofirlar to‘g‘risidagi ba’zi oyatlarni chiqarib
tashlashga farmoyish qiladi;
– pristavning qayerda bo‘lmasin o‘tganini beixtiyor ko‘rmay qolib
o‘rnidan turmagan musulmonlar kaltaklandi, qamaldi;
– qora qirg‘izlarning yerlari tortib olinib, rus dehqonlariga berildi, o‘zlari
esa tog‘larga haydab yuborildi;
– cho‘b, og‘iz, tuyoq puli kabi bir qancha jarimalar o‘ylab topilib,
mehnatkashlarning mollari tortib olindi va h.k
1
.
Ushbu sharoitda mahalliy xalqning bardoshi poyoniga yetib, har qanday
kichik voqea ham uning mustamlakachilarga qarshi jangga otlanishiga sabab
bo‘lishi mumkin edi. Lekin eshon rus podshosiga qarshi chiqish ancha qiyin
va murakkabligini, unga muayyan tayyorgarlik talab qilinishini tushungan.
Shuning uchun u Farg‘onaning turli shaharlari va qishloqlari, jumladan
Andijon, O‘sh, Marg‘ilon, Namangandagi eng nufuzli odamlarga maxfiy
xatlar jo‘natib, milliy g‘azot vaqti yetib kelganligini ta’kidladi va
birgalikdagi harakatga da’vat qildi. Ma’lum tayyorgarlikdan keyin 1898
yilning 17 mayida Mingtepadan (hozirgi Marhamat tumani) 200 nafar otliq,
300 nafar piyoda eshon boshchiligida Andijonga yurish boshlaydi.
Qo‘zg‘olonchilar shahardagi harbiy garnizonga hujum qilib, 23 ta askarni
o‘ldiradilar, 24 tasi yarador qilinib, 30 ta miltiq o‘lja olinadi.
Eshonning harakatini Quva, Asaka, Shahrixon, Aravan qishloqlari, O‘sh,
Marg‘ilon, Namangan shaharlari aholisi quvvatlaydilar. Biroq tez orada
o‘ziga kelgan chor hukumati ma’muriyati isyonchilardan qonli o‘ch oldi,
ulardan 6 kishi dorga osildi, 374 kishi otildi, 351 kishi turli muddatlarga
qamaldi, 15 kishi oilasi bilan Sibirga surgun qilindi. Bir qancha qishloqlar,
jumladan eshonning qishlog‘i Mingtepa, isyonchilar chiqib ketgan bo‘lishiga
qaramay, uch kun o‘qqa tutilib, yer bilan yakson qilindi; tekislanib rus
dehqonlariga bo‘lib berildi; masjidlarni buzib, o‘rniga cherkov qurish haqida
1
Qarang:
Фозилбек
Отабек
ўғли
.
Дукчи
Эшон
воқеаси
. –
Т
., 1992. – 30–31-
б
.
121
farmon berildi.
Yuqorida zikr qilingan kitobda qo‘zg‘olondan keyingi vaziyat shunday
tasvirlanadi: «O‘sha vaqtda kimligidan qat’i nazar oq to‘ppi kiygan bo‘lsa,
istibdod soldatlari «Seniki eshon», deb tutub urar edi. Yoki salla o‘rab, soqol
qo‘ygan kishi uchrasa, uni albatta Yikchi eshonning muridi gumon qilinib,
tutib, so‘roqsiz qamar edi. Mingboshilarning dunyoparastligi qo‘zg‘olib,
shaharda kimning joyi bo‘lsa, kechasi chaqirib borib: «Seni tutib beraman,
eshonning hovlisiga borgan eding» deb siyosat qilib, bor-yo‘g‘ini olardilar.
Poraxo‘rlik amaldorlar ichida nihoyat avj oldi»
1
.
Xo‘sh, qo‘zg‘olon g‘alaba bilan tugashi mumkinmidi? O‘sha sharoitda
yo‘q. Biroq bundan xalq isyon qilmasligi kerak edi, degan xulosa kelib
chiqmasligi kerak. Qo‘zg‘olon ayrim shaxslarning irodasiga bog‘liq bo‘lmay,
sabr kosasi to‘lgan xalqning tug‘yoni edi. Ammo qo‘zg‘olonga tayyorgarlik
ko‘rish davrida va uning jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar, xoinliklar
bo‘lmaganda, natija boshqacharoq ham bo‘lishi mumkin edi. Ular
quyidagilardan iborat edi:
– qo‘zg‘olonning eng mas’uliyatli, boshlang‘ich davrida xalqni
ko‘tarishga qurbi yetadigan e’tiborli odamlar o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlab
chetga chiqib oldilar;
– asosiy kuchlar, ayniqsa, qirg‘izlarni bir yerga to‘plamasdan isyon
boshlab yuborildi (oxirgi vaqtdagi izlanishlar bunda chor ma’muriyati
maxsus xizmatining qo‘li borligini isbotlamoqda);
– eshon boshlagan ishini oxiriga yetkazish o‘rniga kazarmaga hujum
qiladi-yu, keyin Andijonni tashlab chiqib ketadi. Agar eshon o‘z odamlari
bilan shaharda ertalab soat 8–10 largacha turganida edi, balki bundan xabar
topgan va Rossiya hukumatining zulmidan bezor bo‘lgan shahar aholisi
qo‘zg‘olonga qo‘shilib ketishi ehtimoldan xoli emas edi. Aslida, xalq
eshonning harakatlaridan xabardor bo‘lganda vaqt o‘tgan edi;
– agar eshonning yozishmalari chor ma’muriyati qo‘liga tushmay o‘z
vaqtida ishonchli joyga yashirilganida yoki yo‘qotilganida, ko‘p odamlarning
boshi omon qolar edi;
– eshonni boylikka hirs qo‘ygan, vijdonini sotgan, xoin mahalliy
amalparastlar tutib berdilar;
– xalqimizning siyosiy ongi yetarli darajada shakllanmagan edi, islom
dini esa millatni birlashtiruvchi mafkura vazifasini bajara olmadi, undan
boshqa siyosiy kuch esa yo‘q edi.
Lekin sanab o‘tilgan kamchiliklar Andijon qo‘zg‘olonining siyosiy
ahamiyatini sira kamaytira olmaydi.
Qo‘zg‘olonning mag‘lubiyatga uchrashi muqarrar edi. Ammo to‘kilgan
qonlar zoye ketmadi: chorizm tuzumining xalqqa mutlaqo begona, qonxo‘r
tuzum ekanligini namoyish etdi. Ikkinchidan, u taraqqiyparvar milliy
ziyolilar va ruhoniylarning ko‘zini ochdi. Ular Vatanning istiqlolga erishishi
uchun xalqni zamonaviy ijtimoiy bilimlar bilan qurollantirish va uni siyosiy
jihatdan birlashtirish zarurligini tushunib yetdilar. Muhammadali eshon esa,
barcha kamchiliklari va xatolaridan qat’i nazar, zulmga qarshi bosh ko‘targan
1
O‘sha joyda. – 31-b.
122
qahramon sifatida xalq xotirasida saqlanib qoladi.
Endi Jizzax qo‘zg‘oloniga to‘xtaladigan bo‘lsak, u 1916 yildagi Rossiya
mustamlakachilik siyosatiga qarshi harakatning eng fojiali va o‘zining
ommaviyligi jihatidan yuksak pog‘onasi edi. Bu xalq isyonlari Birinchi jahon
urushining Turkistondagi fojiali oqibatlari tarzida ham namoyon bo‘ldi.
1914 yilda Birinchi jahon urushiga qo‘shilgan Rossiya o‘z imperialistik
manfaatlarini ko‘zlab, u bilan bog‘liq muammolarini mustamlakalarining
zimmasiga yuklashga harakat qildi. Buni Turkiston misolida ko‘rish
mumkin.
Urush tufayli yuzaga kelgan muammolar quyidagilar edi:
– hukumat tomonidan paxta tolasining xarid narxi 20 % kamaytirilgan
miqdorda belgilandi. Bu choradan, birinchi navbatda, mayda va o‘rtahol
mahalliy mehnatkashlar ziyon ko‘rdilar;
– Turkistonga uning ehtiyojiga qaraganda bir necha marta kam g‘alla olib
kelindi. Natijada g‘allaning narxi 4 barobar oshib ketdi;
– turli soliqlar yig‘indisining 21 % miqdorida yangi harbiy soliq joriy
qilindi;
– urush ehtiyojlari uchun 70 mingta ot, 13 mingta tuya va boshqa turli-
tuman mahsulotlar olib ketildi;
– podshoning mahalliy xalqni frontorti ishlariga jalb qilish haqidagi 1916
yil 25 iyundagi farmoni turkistonliklarning toqatini toq qilib yubordi.
Farmonga ko‘ra, Turkistondan 19–31 yoshdagi 250 ming nafar erkak
mardikorlikka olinishi lozim edi. Turkiston general-gubernatorining mahalliy
millat vakillariga o‘z o‘rniga boshqa odamni yollab mardikorlikka
jo‘natishga ruxsat berishi boylar, amaldorlarning turli suiiste’molliklariga
keng yo‘l ochib berdi
1
. Bu mehnatkashlarning shusiz ham og‘ir bo‘lgan
ahvolini mushkullashtirib yubordi, ularning chor Rossiyasining
mustamlakachilik siyosatiga qarshi qo‘zg‘alishiga turtki bo‘ldi.
1916 yil iyulining boshlarida Turkiston o‘lkasining turli viloyat, shahar va
qishloqlarida mardikorlikka olishga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari boshlanib
ketdi. Jizzax qo‘zg‘oloni ularning eng shiddatlilaridan edi. Qo‘zg‘olonga
Jizzaxning eng e’tiborli kishilaridan Nazirxo‘ja Abdusalomov, o‘z davrining
o‘qimishli kishilaridan bo‘lgan va ikki marta hajga borib kelgan Ziyoqori
Abdullayev, shaharning taniqli oqsoqollaridan bo‘lgan Muhammadrahim
Abdurahmonovlar rahbarlik qiladilar. Qo‘zg‘olonchilar nafaqat yon atrofdagi
qishloqlar, balki Toshkent va Samarqanddagi mehnatkashlar bilan ham aloqa
bog‘ladilar, ularning ham o‘z harakatlarini qo‘llab-quvvatlashlarini kutdilar.
Qonli to‘qnashuv 13 iyulda boshlanib, 8 kun davom etdi.
Qo‘zg‘olonning qanchalik avj olgangi va kuchga ega bo‘lgani, bundan
chor ma’muriyatining sarosimaga tushib qolganligini isyonni bostirishga jalb
qilingan harbiy kuchlarning salohiyatidan ham bilish mumkin. Jizzax
qo‘zg‘olonini bostirish uchun Toshkentdan bir rota, sapyorlar vzvodi, to‘rt
to‘pli batareya; Samarqanddan bir rotadan iborat maxsus jazo otradi, 90
kishilik maxsus ofitserlar rotasi; Orenburgdan 100 kishilik kazaklar jazo
otradi; yana Toshkentdan polkovnik Ivanov boshchiligida 12 ta rota, 6 ta
1
Qarang:
История
народов
Узбекистана
.
Т
. 2. –
С
. 428.
123
to‘p, 3 ta kazak otradi, maxsus sapyorlar rotasidan iborat jazo otradi
yuboriladi. Endi shu darajada qurollangan, g‘alayonlarni bostirishda tajriba
orttirgan harbiylarning hujumiga bardosh berib, barobar olishgan xalq
g‘azabi qay darajaga ekanligini ko‘z oldingizga keltiring. Afsuski, kuchlar
nisbati teng emas edi, to‘plar va pulemyotlarning xususiyatlariga qarshi
turish og‘ir bo‘ldi.
Jazo otradi shaharda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni shafqatsiz bostirdi.
Harbiylar eski Jizzaxni to‘pga tutib, unga o‘t qo‘yib, kultepaga aylantirdilar.
Jazo otradi xalqni Qili va Uchtepa cho‘liga haydadi, qochganlarga quvib
yetib, qanchadan-qancha gunohsiz kishilarni o‘ldirdi. Isyonchilardan qonli
o‘ch olindi.
Qo‘zg‘olonchilar zudlik bilan sud qilinib, 32 nafar kishi osib o‘ldirishga,
ko‘pchiligi Sibirga surgun qilishga hukm qilindi. 1640 nafar
qo‘zg‘olonchining 2000 desyatina yeri tortib olinib, rus millatiga mansub
odamlarga bo‘lib berildi
1
. Shu tariqa Jizzax qo‘zg‘oloni fojiali yakunlandi.
Umuman, 1916 yil mardikorlikka olish tufayli boshlangan qo‘zg‘olonlar
qatnashchilarining 3 mingdan ortiqrog‘i javobgarlikka tortildi, chunonchi
347 kishiga o‘lim jazosi belgilandi, hammasi bo‘lib 872 kishi jinoiy jazoga
tortildi
2
. Shunday qilib, butun Turkistonni larzaga solgan qo‘zg‘olonlar
mag‘lubiyatlar bilan tugadi.
Mustamlakachilik davrida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar mag‘lubiyatining
umumiy sabablari bor. Qo‘zg‘olonlar tashkiliy jihatdan bo‘sh tayyorlangan
edi. O‘sha sharoitda boshqacha bo‘lishi mumkin ham bo‘lmagan, chunki
nafaqat Turkiston miqyosida, hatto viloyat darajasida ham
qo‘zg‘olonchilarga boshchilik qiladigan, ularni birlashtiradigan bironta
siyosiy kuch bo‘lmagan. Jadidlar hatto 1916 yilda ham hali siyosiy partiya
darajasiga ko‘tarilmagan, Turkistonni Rossiya tasarrufidan chiqarish va
mustaqil davlat tuzish to‘g‘risidagi muammolarni o‘z dasturiga kiritmagan
edilar.
Deyarli hamma qo‘zg‘olonlar mahalliy ahamiyatga ega edi. Xalqning
ko‘tarilishiga muayyan qishloq, tuman bilan bog‘liq muammolar turtki
bo‘ldi. Ko‘p dehqonlar o‘z oilasi, yer-mulkini tashlab ketolmadilar va milliy
manfaatlarini himoya qilish darajasiga ko‘tarila olmadilar.
Qo‘zg‘olonlarning mag‘lubiyatiga, ko‘pincha, o‘zining shaxsiy manfaatidan
bir qadam narini ko‘rolmagan, milliy g‘ururdan mutlaqo bexabar ayrim
mahalliy amaldor va mulkdorlarning xoinligi ham sabab bo‘ldi. Bundan
tashqari, Turkiston xalqining yagona millat sifatida shakllanmaganligi ham
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Islom g‘oyasi xalqni birlashtiruvchi omil bo‘lib xizmat
qilmadi. Xurofot botqog‘iga botgan ko‘pchilik ruhoniylar xalqning ko‘zini
ochish, uni taraqqiyotga yetaklashdan manfaatdor bo‘lmadilar.
Qo‘zg‘olonlar mag‘lubiyatga uchragani bilan ularning ijtimoiy hayotga
ta’siri izsiz ketmadi: xalqning siyosiy ongi o‘sdi, haddidan oshgan mahalliy
amaldorlar va chor ma’muriyatining vakillari jazolandilar, hukumat oz
bo‘lsa-da, yon bosishga majbur bo‘ldi. Masalan, murosasiz kurashlar bilan
1
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: |