O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Ҳайдаров
 
Ҳ

Жиззах
тарихидан
лавҳалар
. – 
Т
., 1992. – 66–67-
б

2
Qarang: 
История
народов
Узбекистана

Т
. 2. – 
С
. 436. 
124


o‘tgan 1916 yildagi qo‘zg‘olonlar chor hukumati ma’muriyatini tahlikaga 
solib qo‘ydi. Mardikorlikka olish bo‘yicha ilgarigi mo‘ljal 50 ming kishiga 
kamaytirilib, 200 ming kishi qilib belgilandi, ammo jalb qilish muddati 
uzaytirildi. Podsho mardikorlikka olish siyosati shoshma-shosharlik bilan va 
puxta o‘ylanmay hayotga tatbiq qilinganligini tan oldi. Amalda esa faqat 123 
ming mardikor jalb qilindi
1
.
Shunday qilib, milliy ozodlik harakatlari qanchalik qaqshatqich ravishda 
bostirilmasin, xalqdagi ozodlikka intilish tuyg‘usini so‘ndira olmadi, 
aksincha, u o‘zligini angladi, ozodlikka erishish g‘oyasi atrofida jipslashdi.
2. O‘rta Osiyoda jadidchilik harakatining vujudga
kelishi va taraqqiyoti (1917 yilgacha) 
XIX asrning oxirlariga kelib Turkistonda fojiali tanglik namoyon bo‘la 
boshladi. Mintaqaning boy yer osti boyliklari, son-sanoqsiz mollarni 
boqishga imkon beradigan vodiylari, keng sug‘orish tarmoqlariga ega va 
yetarli darajada g‘alla, sholi, sabzavot, meva-cheva yetishtirish mumkin 
bo‘lgan dehqonchilik salohiyatidan o‘ta tartibsizlik va uquvsizlik bilan 
foydalanildi. Boz ustiga, paxtachilik sekin-asta tub xalqlarni qullikka solish 
vositasi vazifasini bajara boshladi. Rossiyadan kirib kelayotgan arzon mollar 
mahalliy hunarmandlarni inqirozga uchratdi. Mahalliy xalqning turmush 
darajasi tobora pasayib bordi. Xalqning o‘z haq-huquqlarini talab qilib 
chiqishlari muvaffaqiyatsiz tugadi va xunrezlik bilan bostirildi.
Vujudga kelgan fojiali sharoit ayni paytda millatning adolatparvar, 
xalqparvar, ma’rifatparvar, vijdonli ziyolilariyu ulamolarini tashvishga 
solmasdan, o‘ylantirmasdan qolmasdi. Ular inqirozning sabablarini tahlil 
qilib, jarayon shu qabilda davom etishi mumkin emasligi, mavjud tuzumni 
o‘zgartirish kerakligini sekin-asta tushunib yeta boshladilar. Mamlakatda 
mustamlakachi hokimiyat, sotqin mahalliy amaldorlar va, umuman, mavjud 
ijtimoiy tuzumga qarshi norozilik harakatlari uzluksiz sodir bo‘lib turdi.
Bu harakatlarni shartli ravishda uch toifaga bo‘lish mumkin:
birinchisi – millatning vijdoni bo‘lgan, o‘z asarlarida real vaziyatni, 
jamiyatning kamchiliklarini ochib berib, kishilarni taraqqiyotga xizmat 
qilishga chaqirgan, ijodkor shoir va yozuvchilar harakati;
ikkinchisi – mahalliy aholini taraqqiyotga erishish g‘oyasi asosida 
birlashgan, ammo qattiq intizomga ega bo‘lmagan jadidlar va ularning 
xayrixohlari harakati;
uchinchisi – mavjud tuzumni inqilobiy yo‘l bilan o‘zgartirishni, ya’ni 
hokimiyatni qurol kuchi bilan qo‘lga maqsad dastur qilib olgan sotsial-
demokratlar va boshqa rusiyzabon kishilar tashkilotlarining harakati.
Endi har bir ijtimoiy harakatning jamiyatni o‘zgartirish jarayoniga 
qo‘shgan hissasi haqida to‘xtalamiz.
Ma’lumki, o‘sha davrda Turkiston aholisining 95 % ni mahalliy aholi 
vakillari tashkil qilar edi. Ularning ijtimoiy ongini o‘stirish, o‘zligini anglash, 
1
Qarang: 
Ўзбекистоннинг
янги
тарихи

Биринчи
китоб

Туркистон
чор
Россия
-
си
мустамлакачилиги
даврида
. – 439–440-
б

125


ozodlikka, o‘z haq-huquqini muhofaza qilishga targ‘ib qilishda, shuningdek 
demokratik qarashlarni shakllantirishda xalqimizning Ahmad Donish, 
Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li (Berdaq), Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja 
o‘g‘li Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat, Avaz O‘tar, 
Ubaydulla Solih Zavqiy kabi asl farzandlarining hissasi beqiyosdir.
Ijod ahli o‘zlarining qalb tubidan jo‘sh urib chiqqan alamli satrlari bilan 
ikki tomonlama ezilgan mahalliy xalqni g‘aflat uyqusidan uyg‘otishga 
harakat qildilar. Shu o‘rinda o‘z zamonasining illatlarini qalb nidosi orqali 
ifodalagan Avaz O‘tarning she’ridan bir parcha keltiramiz:
Yo‘q jahon mulkida bizdek ojizu bechora xalq,
Zulm tig‘i birla bo‘lgan bag‘ri yuz ming pora xalq.
...Ne alarda bor durur ilmu adolatdan asar,
Ne ajabkim, topmasa dog‘i diliga chora xalq.
Yetgan ofatni boshiga doimo taqdir deb,
Hasratu armon bilan ketgusi bora-bora xalq.
Bo‘lmayin onlarda hech millat, Vatanni saqlamoq,
Bo‘ldi qurbon bu sababdan doimo ag‘yora xalq.
Xalqi olamni bari aylar taraqqi kun-bakun,
Biz tanazzul aylabon qoldiq, edik ne qora xalq
1
.
 
Alam bilan bitilgan shu kabi misralarni boshqa shoirlar ijodidan ham 
ko‘plab keltirish mumkin. Ularning ijodi o‘sha davrda hukmron bo‘lgan 
diniy mistitsizm bilan bog‘liq yo‘nalishdan hayotni haqqoniy aks ettirishi, 
ijtimoiy hayotni erkinlashtirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Demokrat 
shoirlarning asarlarida aks etgan yangicha dunyoqarashning mohiyatini 
umumlashtirilgan tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:
– adabiyotga hayotiy, haqqoniy nuqtai nazardan yondashish, ijodiyotni 
mehnatkash xalq manfaatiga xizmat qildirish;
– mamlakatda muayyan tartib o‘rnatish va taraqqiyotga yuz tutish uchun 
islohotlar o‘tkazishga undash;
– xalq ongini mutaassiblik, jaholat va xurofotdan xalos qilish uchun uni 
ma’rifatli qilish;
– boy mulkdorlar bilan kambag‘allarning turmush darajasidagi tafovutni 
qisqartirish chora-tadbirlarini belgilash;
– nodon xonlar va beklarning o‘zaro talon-taroj urushlariga, qirg‘inlarga 
barham berishga chaqirish;
– Rossiya va Yevropaning ilg‘or madaniyatini o‘rganish va taraqqiyotga 
intilishda undan foydalanish.
Demokrat shoirlarning xalq oldidagi xizmatlarini tan olish bilan birga, 
masalaning boshqa tomonini ham unutmaslik kerak. Ijoddagi bu yo‘nalish 
hukmron darajaga ko‘tarilmadi. Buning bir necha sabablari bo‘lgan. 
Masalan, demokrat shoirlarning asarlarini targ‘ib qiladigan ommaviy 
matbuotning o‘zi bo‘lmagan, mahalliy mehnatkashlarning aksariyat qismi 
savodsiz bo‘lganligi tufayli taraqqiyotdan orqada qolgan. Ilg‘or g‘oyalar esa 
1
Ўзбекистонда
прогрессив
ижтимоий
-
фалсафий
фикрлар
тарихига
доир
мате
-
риаллар
. – 
Т
., 1959. – 380–381-
б

126


ommaga tushunarsiz bo‘lgan.
Yaqin kunlargacha demokrat shoirlarning ijodini o‘rganishda bir 
tomonlamalikka yo‘l qo‘yilardi. Ularning chop etilayotgan asarlari maxsus 
prinsip asosida tanlab olinar, ya’ni o‘tmishni qoralaydigan, hukmdorlarni – 
ahmoq, ruhoniylarni xurofotga berilgan qilib ko‘rsatadigan, boylarning 
ochko‘zligini «fosh qiladigan»larigina terib olinardi. Bunda ularning islom 
diniga e’tiqodi, kelajakka umid bilan qarashi, insof va adolatga chaqiruvchi 
asarlari iloji boricha chetlab o‘tilardi. Shu bilan birga, bu davrda yashab 
o‘tgan ziyolilar va ijodkorlar go‘yoki dunyoqarashi cheklanganligi, ya’ni 
baxtiyor, ozod hayotga faqat sinfiy, inqilobiy kurash orqali erishish 
mumkinligini tushunmaganligi uchun tanqid qilinardi. Ammo ijtimoiy ong 
jamiyatning taraqqiyot darajasiga mos kelishini inobatga olsak, shoirlarga bu 
tariqa ayb qo‘yish to‘g‘ri emas. Undan tashqari, sabr-toqatlilik, bardoshlilikni 
targ‘ib qiluvchi islom diniga e’tiqod qilgan insondan turmush tarzini 
inqilobiy yo‘l bilan o‘zgartirish haqidagi fikrni kutishning o‘zi mantiqqa 
to‘g‘ri kelmaydi.
Mahalliy xalqning siyosiy ongini shakllantirishda katta ahamiyat kasb 
etgan ijtimoiy harakat jadidchilik edi. Ushbu harakatning tadrijiy rivojlanishi 
murakkab o‘tdi, shuning uchun unga beriladigan baho ham turlicha. Oddiy 
ma’rifatchilikdan boshlangan jadidchilik harakati 1917 yilga kelib siyosiy 
Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish