O‘zbekiston tarixi


Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

2. Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining 
mohiyati va maqsadi 
Chor Rossiyasining O‘rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosatiga baho 
berar ekanmiz, uning mezoni va metodologik asosini aniqlab olishimiz 
kerak. Albatta, mustabid davlat mustamlakachilik siyosatini yuritish 
jarayonida bosib olingan hududda qandaydir o‘zgarishlarni amalga oshiradi. 
Masalan, sanoat korxonalari, temir yo‘llar quradi, qishloq xo‘jaligining turli 
sohalariga e’tiborni kuchaytiradi va h.k. Ammo ushbu o‘zgarishlar inson 
omilidan ajratib tahlil qilinadigan bo‘lsa, xato xulosalarga olib kelishi, ya’ni 
ular taraqqiyot sifatida baholanishi mumkin.
Respublikamizning mustaqillikka erishishi tufayli bir qancha tarixiy 
jarayonlar va shaxslarga, xususan buyuk davlatlarning mustamlakachilik 
siyosatiga ham munosabat o‘zgardi. Shu bois respublikamiz Prezidenti o‘z 
asarlarida mustamlakachilik siyosatining mohiyatini belgilaydigan bir necha 
mezonlarni asoslab berdi.
Birinchidan
, ba’zi mualliflarning fikrlaricha, yirik imperiyalar boshqa 
mamlakatlar va xalqlarni bosib olganlari hamda bo‘ysundirganlari holda, 
umumjahon taraqqiyotidan orqada qolgan mamlakatlarda muayyan darajada 
ma’rifatchilik vazifasini ham ado etib kelganlar. «Bunga qo‘shilmaslik 
mumkin emas. Lekin buyuk imperiyalar bilan kam sonli xalqlar o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlar jarayonining salbiy jihatlari ham bo‘lgan. Bu salbiy 
oqibat tashqaridan olib kirilgan sivilizatsiya natijalaridan ko‘ra bir necha 
baravar ortiq edi»
. Demak, mustamlakachilik siyosatiga baho berganda, 
1
O‘sha joyda. – 270, 331-b. 
2
Каримов
 
И

А

Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида

Т
. 6. – 
Т
., 1998. – 
67-
б

113


uning natijasini taroziga qo‘yib, ijobiy va salbiy tomonlarini qiyoslash lozim. 
Aminmizki, uning salbiy tomonlari Prezident I. Karimov aytganidek, bir 
necha marta ortiq bo‘lishi muqarrar.
Ikkinchidan, 
chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati misolida 
qaraganda, «Markaziy Osiyoning infrastrukturasidagi o‘zgarishlar, yo‘l 
qurilishi va kommunikatsiyalarning rivojlantirilishi, ana shu maqsadlar 
uchun imperiyaga xizmat qiluvchi milliy kadrlarni tayyorlash – bularning 
barchasi imperiyaning manfaatlarini qondirganligi, bu holda arzon xomashyo 
va energiya manbalaridan bahramand bo‘lishni kafolatlashi kerak bo‘lganligi 
uchungina amalga oshirilgan»
1
. Boshqacha aytganda, mustamlakachi 
davlatning amalga oshirayotgan chora-tadbirlarini ular kimning manfaatini 
ko‘zlayotganiga qarab baholash kerak. Shunisi aniq va ravshanki, tadbirlar, 
birinchi navbatda, mustabid davlatning foydasi uchun o‘tkazilgan.
Uchinchidan, 
«sivilizatsiya zo‘rlik bilan joriy qilingani, milliy nafsoniyat 
va iftixorni kamsitgani, milliy madaniyatlar va ma’naviy qadriyatlarni 
toptagani, ularning ifodachilarini jismonan yo‘q qilib tashlagani uchun»
2
mustamlakachilikni hech qanday olijanob niyatlar bilan oqlab bo‘lmaydi. 
Binobarin, sivilizatsiyaning qay usulda (ixtiyoriy yoki majburlab) olib 
kirilganligi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Xo‘sh, sanab o‘tilgan mezonlar va usullarni qo‘llagan holda, chor 
Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining oqibatlariga qanday baho berish 
mumkin? 
Chor Rossiyasi O‘rta Osiyoni bosib olayotgan davrdayoq uning boy 
imkoniyatlaridan mustabid davlatning manfaatlari yo‘lida foydalanish chora-
tadbirlarini ishlab chiqa boshladi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish