O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Аҳмедов
 
Б
.
 
Тарихдан
сабоқлар
. – 
Т
., 1994. – 406–407-
б

2
История
Узбекистана

Т
. 3. – 
Т
., 1993. – 
С
. 255–256. 
103


qurildi. U Ichan qal’a (ichki) va Dishan qal’a (tashqi) qismlaridan iborat 
bo‘lib, ichki qismida xon qarorgohi joylashgan.
Qo‘qon xonligining davlat boshqaruv va ma’muriy tizimi Buxoro va Xiva 
xonliklaridan deyarli farq qilmagan
1
. Xon cheklanmagan huquqqa ega bo‘lib, 
mutlaq hukmdor hisoblangan. Viloyatlarni bek yoki hokim lavozimidagi 
amaldorlar boshqarganlar. Xonlikka asoslangan davlat boshqaruvida vazir 
xondan keyingi ikkinchi shaxs hisoblangan. Bundan tashqari, qushbegi, 
otaliq, devonbegi, mingboshi, shayxulislom, qozikalon, parvonachi, inoq, 
yasovul, oqsoqol va boshqa mansablar bo‘lgan. Xonlik 15 ta beklikka bo‘lib 
boshqarilgan. Qo‘qon qo‘shini XIX asr boshlarida 60 ming kishiga yetgan. 
Harbiy xizmatni o‘tovchilarga tegishli maosh tayinlangan.
Qo‘qon xonligida dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo 
yaxshi rivojlangan. Sug‘orish tarmoqlari kengayib borgan. Xonlikda yerning 
asosiy qismi xonga (davlatga) qarashli amlok yerlar bo‘lgan. Amlok yerlar 
dehqonlarga ijaraga berilgan. Yerning bir qismi esa xususiy yerlar 
hisoblangan. Xon yerning katta qismini tanho sifatida, soliqlardan ozod 
qilgan holda, xonlikka sadoqat ko‘rsatgan kishilarga xususiy mulk tarzida 
bergan. Yerlarning katta qismi vaqf mulki hisoblangan
2
.
Xonlikda asosiy soliqlarning bir turi xiroj edi. Ekin ekiladigan yerlardan 
hosilning 1/5 qismi undirilgan. Ko‘chmanchi aholidan zakot solig‘i 
undirilgan. Xon xazinasiga hunarmandlardan ham turli o‘lponlar yig‘ib 
olingan. Aholi zimmasiga bir qancha majburiyatlar yuklangan, ya’ni ular 
qurilish ishlari, sug‘orish kanallari qurish, yo‘llarini ta’mirlash va boshqa 
ishlarda qatnashishga majbur etilgan. Hashar eng ko‘p tarqalgan 
majburiyatlardan biri bo‘lgan. Bundan tashqari, har bir hukmdor yangi soliq 
va o‘lponlar joriy qilib borgan. Soliq va majburiyatlarning nihoyatda og‘irligi 
mamlakat iqtisodiyotiga juda og‘ir ta’sir ko‘rsatgan. Soliq yig‘ib olishda 
amaldorlarning o‘zboshimchaligi va suiiste’molchiligi dehqonlar va 
hunarmandlarning xonavayron bo‘lishiga, xalq noroziligining ortishiga olib 
kelar edi. XVIII–XIX asrlarning birinchi yarmida xonliklarda yuz bergan 
aksariyat xalq g‘alayonlarining sababi ham shu edi. Bu harakatlar 
hukmdorlar tomonidan shafqatsizlarcha bostirilar edi.
Shunday qilib, XVI–XVIII asrlarda 250 yil mobaynida Movarounnahrda 
dastlab Shayboniylar, so‘ng Ashtarxoniylar hukmronlik qildilar. 
Ashtarxoniylar hukmronligining nihoyasida esa Movarounnahr uchta 
mustaqil – Xiva, Buxoro, Qo‘qon xonliklariga bo‘linib ketdi. Bu davrda, 
ya’ni XVI–XVIII asrlarda jamiyat hayotining barcha sohalari – iqtisodiy
ijtimoiy, siyosiy va qolaversa, madaniy hayotda ham umumiy tanglik yuz 
berdi. Movarounnahrda yagona markazlashgan davlat o‘rnida uchta o‘zbek 
xonliklari tashkil topdi. Temur va Temuriylar davrida yaratilgan moddiy va 
madaniy hayotning orqaga ketishi, o‘zaro taxt talashishlar, bosqinchilik 
urushlari bu davrning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib qoldi. Tashkil topgan 
uchta o‘zbek xonligi o‘zaro urushlar, feodal bo‘linishlarga barham bera 
olmadi. Hanuz ko‘plab mayda feodal o‘lkalar mavjud bo‘lib, Xiva 
1
O‘sha manba. – 209–210-b. 
2
O‘sha manba. – 215–216-b. 
104


xonligining shimoliy qismi, Orol bo‘yi, Shahrisabz, Jizzax, O‘ratepa oralig‘i 
va boshqa hududlarda mustaqil o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq qabilalari ko‘chib 
yurardi.
Bu davlatlarda yashovchi 92 ta o‘zbek qabilalarining har biri o‘z yaylov 
va dalalari, qabila boshlig‘i qarorgohi joylashgan manzilgohlari bo‘lgan 
muayyan hududlarga ega edi. Qabilalarning ishlab chiqarish usuli 
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchilikka asoslangan bo‘lib, urug‘-qabila 
tuzimiga xos xususiyatlar saqlanib qolgan edi. Bu xususiyatlar an’anaviy 
madaniy, maishiy turmush tarzi, o‘zini etnik anglash, urf-odatlar va 
an’analar, xalqlarning tili, dini, axloq-odobi, milliy qadriyatlari 
mushtarakligiga qaramay, yirik etnik birliklar tashkil topishiga, ularning 
yagona bitta xalq bo‘lib birlashishiga xalaqit berar edi. Har bir hukmdor, xon 
yoki amir faqat o‘zini o‘ylab, xalq, davlat, millat, vatan taqdiriga 
qayg‘urmadi.
XVI–XIX asrlarda o‘zbek xonliklari ilg‘or Yevropa mamlakatlaridan 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-madaniy sohalarda 
ancha orqada qolib ketdi. Bunday ahvol yuz berishiga bir qancha tashqi va 
ichki omillar sabab bo‘ldi.
Hammamizga ma’lumki, XV asrning oxiri XVI asrlardagi buyuk 
geografik kashfiyotlar natijasida XVII–XVIII asrlarga kelib dunyo savdo 
yo‘llari yo‘nalishining o‘zgarishi O‘rta Osiyoda xalqaro savdo aloqalarining 
asta-sekin so‘nishiga sabab bo‘ldi. Bu jarayon Shayboniylar davrida 
boshlangan bo‘lsa, Ashtarxoniylar hukmronligi davriga kelib, ayniqsa, O‘rta 
Osiyo davlatlari iqtisodiy hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
XVI–XVIII asrlarga kelib, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida burjua 
inqiloblari bo‘lib o‘tdi, yangi burjuaziya sinfi va yangi kapitalistik iqtisodiy 
munosabatlar shakllana boshladi. G‘arbiy Yevropaning bir qator davlatlari 
(Angliya, Gollandiya, Fransiya va boshqalar) mustamlakalarni shafqatsiz 
talash va boyliklarni tashib ketish hisobiga dastlabki kapital jamg‘arishga 
muvaffaq bo‘ldilar. Bu esa birinchi jamg‘arma hisobiga iqtisodni 
rivojlantirish uchun poydevor yaratdi. Ilm-fan va texnika taraqqiyoti 
boshlandi. Nafaqat O‘rta Osiyo davlatlari, balki Osiyoning boshqa davlatlari 
ham bu jarayonlardan ortda qoldi.
O‘rta asrlarda Osiyo davlatlari kabi bizda ham yerga nisbatan xususiy 
mulkchilik cheklangan holda rivojlandi. Biz o‘rganayotgan davrda yerga 
nisbatan mulkchilikning turli shakllari vujudga kelgan bo‘lsa-da (xon va 
amirlarning davlat mulki, yirik feodallar mulki, vaqf mulki, mayda xususiy 
mulk, jamoa mulki), yerga nisbatan ko‘proq mayda va jamoa mulkchiligi 
o‘rnatildi. Savdo-sotiq, tovar-pul munosabatlari shakllanganligi bilan bir 
qatorda, yarim patriarxal, yarim natural xo‘jalik yuritish, ya’ni yarim 
patriarxal munosabatlar taraqqiyotni bir qadar susaytirib qo‘ydi.
Asrlar davomida saqlanib kelgan ishlab chiqarish usuli XVI–XVIII 
asrlarga kelib sifat jihatidan o‘zgarmadi. U esa iqtisodiy hayotga, u orqali esa 
butun ijtimoiy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, Turkistonni an’anaviy 
turg‘un munosabatlar hukmron bo‘lgan jamiyatga aylantirdi.
105


O‘zaro urushlar, talon-torojlar, ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz, buning 
natijasida xalqning qashshoq, nochor holga kelib qolishi hurfikrlilikka putur 
yetkazib, xurofot va diniy mutaasiblik uchun qulay sharoit yaratdi. Bu davrda 
ilm-fan, adabiyot va san’atga rag‘bat susaydi. Bu esa XVI asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab, ayniqsa, Turkiston uch davlatga bo‘linib ketganidan keyin 
ilm-fan, adabiyot, san’at, xususan, tabiiy fanlar chuqur tanazzulga yuz tutdi.
Bizga ma’lumki, VIII asrdan boshlab O‘rta Osiyoda islom dini hukmron 
mafkuraga aylanib, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy, shuningdek 
iqtisodiy hayotga ham chuqur singib ketgan edi. Iqtisodiy munosabatlar o‘rta 
asrlar darajasida qolib ketdi, ma’naviy madaniyatning ba’zi sohalarida esa, 
hatto orqaga chekinish ro‘y berdi. XVI–XVIII asrlardagi ma’naviy hayotga 
diniy mutaassiblik zararli ta’sir ko‘rsatdi, ijtimoiy-madaniy tafakkurdagi tub 
yangiliklarni, ijtimoiy rivojlanishga qaratilgan g‘oyalarni qabul qilmay 
qo‘ydi. Buning oqibatida o‘zbek xonliklari mahdudlikka berilgan, 
yangiliklardan yuz o‘girgan yopiq jamiyatga aylandi. Mutaassiblik hukmron 
mafkura sifatida ma’naviy madaniyat, fan, adabiyot, san’atni nazorat ostiga 
olib, taqiqlovchi kuch vazifasini o‘tadi, bu esa jamiyatni qoloqlikka mahkum 
qildi.
O‘zbek xonliklarida XVII–XVIII asrlarda muttasil davom etib kelgan 
feodal urushlar, Buxoro – Xiva, Buxoro – Qo‘qon mojarolari, mustaqillikka 
intilgan viloyat hokimlari va qabila zodagonlariga qarshi olib borilgan harbiy 
harakatlar, chet el bosqinchilarining o‘zbek xonliklari hududlariga tajovuzlari 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni butunlay izdan chiqardi. Bu davrga 
kelib, o‘zbek qabilalari va urug‘lari sonining ko‘payishi, qabila 
boshliqlarining yirik zamindorlarga aylanishi, ularning markaziy hokimiyatni 
inkor etib, mustaqillikka intilishi, xonliklardagi qabilaviy va etnik nizolar 
mamlakatdagi tanazzulni yanada chuqurlashtirdi. Viloyatlar hokimligiga, 
an’anaga muvofiq, sulola vakillari emas, qabila amirlarining tayinlanishi 
davlatning parchalanishiga va inqiroziga olib kelgan separatistik harakatlarni 
kuchaytirib yubordi. O‘zbek xonliklari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning 
izdan chiqishi, savdo va hunarmandchilikdagi inqiroz ishlab chiqarish va 
iste’mol hajmining kamayishiga olib keldiki, bu umumiy inqirozni 
kuchaytirgan omillardan biri bo‘ldi.
Yagona markazlashgan davlat, kuchli hokimiyat, siyosiy barqarorlik, 
milliy birlik va ahillikning yo‘qligi tashqi dushmanlarga ham qo‘l keldi. 
Rossiya imperiyasi Turkiston yerlariga bostirib kirishga tayyorlana boshladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat katta iqtisodiy, madaniy, ma’naviy 
imkoniyatlarga qanchalik ega bo‘lmasin, siyosiy tarqoqlik, mahalliychilik, 
boshboshdoqlik, diniy mutaassiblik, etnik guruhbozlik, o‘zaro feodal 
urushlar mamlakat va davlatning kuch-qudratini parchalab, zaiflashtirib 
yubordi. Oqibatda Turkiston taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tish uchun 
mustamlakachilik azobi va xo‘rligini boshdan kechirishga majbur bo‘ldi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish