8-ma’ruza
CHOR ROSSIYASINING TURKISTONDA YURITGAN
MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI
1. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyo hududida joylashgan
o‘zbek xonliklarida murakkab siyosiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Bu
vaziyat, birinchidan, xonliklarning ichki ahvoli va o‘zaro munosabatlari bilan
belgilansa, ikkinchidan, tashqi dunyo, ya’ni chor Rossiyasi va Buyuk
Britaniya imperiyalarining bu xonliklarni o‘z ta’sir
doirasiga tortish uchun
qilgan xatti-harakatlari bilan bog‘liq edi.
Davlatlarga, birinchi navbatda, siyosiy barqarorlikning yo‘qligi xos edi.
Bunga viloyatlar bilan markaziy hokimiyat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar,
hukmdor sulolalarning taxt uchun beto‘xtov kurashlar olib borishi ta’sir
qilardi. Masalan, Qo‘qon xonligi e’lon qilingan vaqtdan boshlab, taxminan
150 yil ichida bu yerda 24 marta xon almashdi. Ulardan 7 nafari o‘ldirilgan,
7 nafari majburan taxtdan chetlatilgan, 6 nafari bir yilgina hukmronlik
qilgan
1
.
Xonliklardagi vaziyatning og‘irlashuviga ularning o‘zaro
munosabatlaridagi kelishmovchiliklar sabab bo‘ldi. Ma’lumotlarga
qaraganda, XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligi Buxoro
sarhadlariga to‘rt
marta hujum qilib, o‘z hududini kengaytirgan. Xiva xonligi
esa Buxoroga besh marta tajovuz uyushtirgan. Shu davrda Buxoro xonligi
qo‘shni davlatlarga ikki marta hujum qilgan.
Xonliklarning o‘z qobig‘iga o‘ralib qolishi, manmanlik va ehtirosga
berilib, tashqi dunyodan ajralib qolishi, undagi siyosiy, iqtisodiy
jarayonlardan o‘z vaqtida voqif bo‘lmasliklari, dushmanning kuch-qudratini
mensimasliklari mamlakat muhofazasiga e’tiborsizlik
bilan qarashga olib
keldi. Ular hatto dushmanning xuruji kuchayayotgan vaqtda ham birlasha
olmadilar. Masalan, Rossiya Qo‘qon xonligiga tahdid solayotgan davrda
xonlik elchilari Rossiyaga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan Xivada
uch marta bo‘ldilar. Lekin Xiva xoni turli sabab va bahonalarni ro‘kach qilib,
bunga rozilik bermadi
2
.
O‘zbek xonliklari imperialistik davlatlarni, jumladan Buyuk Britaniya va
Rossiyani, birinchi navbatda, o‘zining
moddiy boyliklari, arzon ish kuchi,
qo‘shimcha bozor ekanligi va turli boshqa imkoniyatlarining mavjudligi
bilan o‘ziga tortar edi.
Xususan, Angliyaning o‘zbek xonliklariga munosabatiga kelsak, sobiq
sovet davrida bu borada shunday fikr aksioma sifatida qabul qilingan edi.
Emishki, agar O‘rta Osiyo davlatlari Rossiya tomonidan «qo‘shib olinmasa»,
1
Бобобеков
Ҳ
.
Тарихимиздаги
қонли
излар
//
Абу
Тоҳирхожа
.
Самария
.
Нар
-
шахий
.
Бухоро
тарихи
.
Баёний
.
Шажараи
Хоразмшоҳий
.
Ибрат
.
Фарғона
тарихи
. –
Т
., 1991. – 268–273-
б
.
2
Qarang:
Ўзбекистоннинг
янги
тарихи
.
Биринчи
китоб
.
Туркистон
чор
Россия
-
си
мустамлакачилиги
даврида
. –
Т
., 2000. – 62–63, 93–95-
б
.
107
bu hudud ashaddiy mustamlakachi davlat – Angliyaga qaram bo‘lib qolishi
va xalqlarning yanada ko‘proq ezilishi muqarrar ekan. Biz bu fikrga qo‘shila
olmaymiz.
To‘g‘ri, Angliyaning O‘rta Osiyodan ko‘zlagan manfaatlari katta edi,
ya’ni uning bu hududni ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan o‘ziga
tobe qilish
maqsadi ham bo‘lgan. U o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha
imkoniyatlardan foydalanishga harakat qildi. Lekin maqsadni faqat bosib
olish orqaligina amalga oshirish mumkinmi? Boshqa yo‘llar ham mavjud-ku.
Masalan, Rossiyaning Qo‘qon va Xiva xonliklarini bosib olish rejalaridan
xabar topgan Angliya Buxoro, Xiva va Qo‘qonga o‘z emissarlarini yuborib,
ularni birlashtirishga, hech bo‘lmasa, Rossiyadan birgalikda muhofazalanish
uchun bitim tuzishga da’vat qilgan
1
. Sababi, Angliyaga o‘z mustamlakalarini
Rossiyadan himoya qilishni yengillashtiradigan, o‘rtada mustahkam to‘siq
bo‘ladigan kuchli davlat kerak edi.
Afsuski, o‘sha paytda O‘rta Osiyodagi davlat boshliqlarida Angliyaning
takliflaridan o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishda donolik
yetishmadi, ularga o‘zaro adovat, manmansirash, dushmanni mensimaslik
xalal berdi. Oqibatda Rossiyaning xonliklarni oldinma-ketin bosib olishi
uchun imkoniyat tug‘ildi.
Xo‘sh, Rossiyaning o‘zbek xonliklariga munosabati qanday edi?
O‘rta Osiyo hududi o‘zining moddiy boyliklari bilan Rossiyani ko‘p
vaqtdan buyon o‘ziga
jalb qilib kelardi, lekin o‘zbek xonliklarini bosib olish
Rossiyada amaliy muammo sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab
kun tartibiga qo‘yila boshladi. Chunki avvallari iqtisodiy jihatdan Yevropa
mamlakatlaridan ortda qolib kelgan Rossiya sanoati va u bilan bog‘liq
sarmoyadorlik shu davrga kelib ildam odimlar bilan rivojlana boshladi. Bu
jarayon, o‘z navbatida, chor hukumati oldiga bir qancha muammolarni
qo‘ydi.
Tabiiyki, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarini sotish uchun bozor
kerak. Rivojlangan mamlakatlar Rossiya tovarlarining Yevropaga kirib
kelishidan
manfaatdor emas edilar, shu bois bunga qarshilik ko‘rsatardilar.
Ayni paytda Rossiya tovarlari ham sifati pastligi uchun raqobatga dosh
berolmasdi. Shu sababli Rossiya bozorni boshqa mintaqalardan, kam
taraqqiy etgan mintaqalardan izlashi kerak edi. O‘sha davrda O‘rta Osiyo
mamlakatlari shu ehtiyojni qondirishi mumkin edi. Boz ustiga, Buyuk
Britaniyaning o‘z mustamlakalari orqali sekin-asta O‘rta Osiyo bozorlarini
ham egallay boshlayotganligi Rossiyani tashvishga solmay qolmasdi.
XIX asr oxiriga kelib Rossiyaning tez rivojlanib borayotgan sanoati,
ayniqsa, yengil sanoat tobora ko‘proq yangi xomashyo
zaxiralariga ehtiyoj
seza boshladi. Vujudga kelgan vaziyatning keskinlashuviga, jumladan
AQSHdagi fuqarolar urushi tufayli u yerdan Rossiyaning to‘qimachilik
sanoati uchun xarid qilinadigan paxta hajmining bir necha barobar kamayishi
1
Bu fikrga boshqa bir qancha olimlar ham qo‘shilgan. Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: