O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Аҳмедов
 
Б
.
 
Тарихдан
сабоқлар
. – 
Т
., 1994. – 193–195-
б

2
Аштархонийлар
// 
Ўзбекистон
овози
. – 1996. – 29 
июнь

95


masalasini o‘z hohishlaricha hal qilishgacha (Ashtarxoniylar misolida) borib 
yetdilar.
Endi Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Movarounnahrdagi siyosiy 
ahvolga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 1599 yilda ashtarxoniy Boqimuhammad 
taxtga o‘tirdi. Shu davrda Ashtarxoniylar oldida turgan eng muhim 
vazifalardan biri – markaziy hokimiyatni mustahkamlash, mamlakat siyosiy 
yaxlitligini ta’minlash edi. Marv, Xorazm, Balx yerlarida siyosiy 
parokandalik kuchaygan edi. Boqimuhammadxon o‘z hukmronlik yillari 
Xorazm, Balx, Shibirg‘on, Maymana, Bag‘lon, Badaxshon, Hisor yerlariga 
yurishlar uyushtiradi
1
. Shu orada 1605 yil Boqimuhammadxon vafot etadi. 
1605–1611 yillarda ashtarxoniylardan Valimuhammad hukmronlik qildi. 
1606 yili Valimuhammad Balxga yurish uyushtiradi. Keyinchalik xon Eron 
safaviylari bilan yaxshi diplomatik munosabatlar o‘rnatadi. 
Valimuhammadning no‘noq siyosati tufayli, Xurosonda Eron safaviylarining 
mavqei oshib boradi. Bu esa yirik o‘zbek amirlarining norozligiga sabab 
bo‘ladi. Natijada amirlar bilan xon o‘rtasida ixtilof kuchayib, Samarqand 
hokimi Imomqulixon 1608 yili Buxoro taxtiga o‘tqaziladi. 
Valimuhammadxon 1611 yili Samarqand atrofida Imomqulixon bilan 
navbatdagi to‘qnashuvda halok bo‘ladi.
Shunday qilib, mamlakat taxtiga Imomqulixon (1611–1642) o‘tiradi. U 
davlatni o‘ttiz yildan ko‘proq boshqargan. Bu Imomqulixon Ashtarxoniylar 
orasida eng nufuzli hukmdorlardan biri bo‘lganidan dalolat beradi
2

Imomqulixon Movarounnahr chegaralariga xavf solib turgan ko‘chmanchi 
qalmiq va qozoq xonlariga qarshi tinimsiz kurash olib bordi. 1613 yili 
Imomqulixon qozoqlarni tor-mor qildi va Toshkentni egallab, u yerda o‘z 
o‘g‘li Iskandarni noib qilib qoldirdi. Lekin Imomqulixon ketishi bilan shahar 
aholisi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Iskandarni o‘ldirdi. Bundan g‘azablangan 
Imomqulixon qo‘zg‘olonni bostirishga majbur bo‘ladi va shahar aholisini 
qirg‘in qiladi.
Bundan tashqari, Imomqulixon o‘z hukmronlik yillarida qoraqalpoq va 
kuchli qalmiqlarga qarshi kurash olib bordi. Tinimsiz olib borilgan urushlar 
xon hokimiyatining birmuncha mustahkamlanishiga olib keldi. Lekin bu 
muvaffaqiyatlarga qaramay, feodal yer egaligining rivojlanishi va o‘zbek 
qabilalari zodagonlarining qo‘lida yirik mulklarning to‘planishi ba’zi bir 
yirik qabilalarning siyosiy nufuzini oshirib yubordi. Shuning uchun ham o‘z 
hukmronligi yillarida Imomqulixon bir qancha yirik qabila feodal-
zodagonlariga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘lgan. Hukmronligining 
so‘nggi yillarida ko‘zi ojizlashgan Imomqulixon taxtni ukasi Nodir 
Muhammadxonga topshirgan.
Nodir Muhammadxon (1642–1645) davrida mamlakatda ichki nizolar va 
o‘zaro kurash yanada avjiga chiqqan. Chekka viloyatlar Toshkent, Xo‘jand, 
Turkiston markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay qo‘ygan. Hukmronligining 
dastlabki yillarida Nodir Muhammadxon taqsimot o‘tkazib, o‘zining 
1
Аштархонийлар
// 
Ўзбекистон
овози
. – 1996. – 29 
июнь

2
Ўзбекистон
ССР
тарихи

Т
. 1. – 
Т
., 1997. – 552-
б

96


farzandlariga mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk sifatida bo‘lib bergan
1

Nodir Muhammadxon tomonidan amalga oshirilgan mulk taqsimoti markaziy 
hokimiyat mavqeini juda ham zaiflashtirib yuborgan. Chekka o‘lkalar 
Buxoro bilan deyarli hisoblashmay qo‘ygan. Nodir Muhammadxon 
mamlakat ichkarisida yirik amirlarning qarshiligiga duch kelgan. 1645 yilda 
Nodir Muhammadxonning o‘g‘li Abdulaziz sulton yangi xon deb e’lon 
qilingan. Vaholanki, bu vaqtda Buxoroda Nodir Muhammadxon hukmronlik 
qilardi.
Bunday holat qanday ro‘y berdi, degan savol tug‘iladi. Nodir 
Muhammadxon dastlabki ikki yillik hukmronligi davrida o‘z mavqeini 
mustahkamlash niyatida katta nufuzga ega bo‘lgan amirlar ta’sirini 
cheklamoqchi bo‘lgan. Masalan, mashhur Yalangto‘shbiydan uning mulki 
Kaxmerdni tortib olgan. Shunday qilib, nufuzli amirlar bir bo‘lib, 1645 yilda 
Abdulazizxonni oliy hukmdor deb e’lon qiladilar. Bu hol mamlakatda 
markaziy hokimiyat va Ashtarxoniylarning mavqei ancha tushib ketganligini 
ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida, davlat asoslarini zaiflashtirib yuborgan. 
Nodir Muhammadxon 1645 yilgacha Balx mulkida hukmronlik qilgan.
Abdulazizxon o‘z hukmronligi yillarida (1645–1680 yy.) Balxni 
Buxoroga bo‘ysundirishga bir necha bor urinib ko‘rgan. 1651 yilda Balx 
taxtiga Abdulazizxonning ukasi Subhonqulixon sulton o‘tiradi. Kuchli oliy 
hokimiyatning yo‘qligi va davlatdagi parokandalikdan foydalangan Xiva 
xonlari mamlakat ichkarisiga tez-tez bostirib kira boshlaydilar. Xiva xoni 
Abdulg‘ozixon (1645–1663 yy.) 1655 yilda Movarounnahrga ikki marta 
bostirib kiradi. Xiva lashkarlarining mamlakat ichkarisiga hujumlari keyingi 
yillarda ham davom etib turdi. Xiva bilan uzoq davom etgan urushlar 
mamlakatdagi ahvolni og‘irlashtiradi va ichki ziddiyatlarning kuchayishiga 
sabab bo‘ladi.
1680 yilda Abdulazizxon taxtni ukasi va valiahd Subhonquli sultonga 
topshiradi. Subhonqulixon (1680–1702 yy.) Buxoro xonligini uzoq yillar 
boshqargan
2
. Subhonqulixon hukmronlik yillarida ham Balx viloyati uchun 
kurash davom etgan. Amalda Balx hokimlari Buxoro hokimiyatini rasman 
bo‘lsa ham tan olmaganlar. Yirik qabila zodagonlarining nufuzi oshib borib, 
1688–1697 yillar davomida Balxda yirik amir Mahmudbiy hukmronlik 
qilgan.
Bu davrda Buxoro xonligining Xiva bilan munosabatlari ham mushkul 
edi. Subhonqulixon hukmronligi davrida Xiva lashkarlari bir necha bor 
mamlakat ichkarisiga bostirib kirganlar. Masalan, Xiva xoni Anushaxon 
(1664–1687 yy.) mamlakatga bir necha marta yurish uyushtirib, 1684 yili 
hatto Samarqandni bir yil davomida ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan
3
. 1697 
yilda Xiva xoni Ereng yana Movarounnahr ichkarisiga yurish qiladi. Endigi 
safar Subhonqulixon uni bartaraf qilish bilan birga, Xivaga o‘z noibini 
tayinlaydi. Shu tariqa Xivada yana Buxoro hokimiyati o‘rnatiladi. Xivaga 
qarshi kurashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun qatag‘on qabilasidan bo‘lgan 
1
Аштархонийлар
// 
Ўзбекистон
овози
. – 1996. – 29 
июнь

2
O‘sha manba. 
3
O‘sha manba. – 555-b. 
97


otaliq Mahmudbiy Balx noibi qilib tayinlanadi. Lekin Mahmudbiy Buxoroga 
butunlay bo‘ysunmay qo‘yadi. Bu esa boshqa beklar, qabilalar, feodal 
guruhlarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Natijada o‘zaro feodal urushlar va 
qabilaviy nizolar yanada kuchayib ketadi.
Mamlakatdagi ichki ziddiyatlar keyingi hukmdor Ubaydullaxon (1702–
1711 yy.) davrida avj oladi. Bu davrga kelib, eng asosiy viloyatlar – 
Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, O‘ratepa, Hisor, Balxda Ashtarxoniylar 
emas, balki o‘zbek zodagonlariga mansub ayrim amirlar hukmronlik qilar 
edilar
1
. Ubaydullaxon o‘z hukmronlik yillarida markaziy hokimiyatni 
kuchaytirish uchun harakat qildi. U amalda mustaqil bo‘lgan zodagonlar va 
qabilalarga qarshi tinimsiz urushlar olib bordi. Bu urushlar oqibatida xo‘jalik 
inqirozi yanada kuchaydi. Ubaydullaxon amalga oshirgan pul islohoti ham 
foyda bermadi. Hatto 1711 yilda Ubaydullaxonning o‘zi ham fitna qurboni 
bo‘ldi. Ashtarxoniylardan bo‘lgan so‘nggi hukmdorlar davriga kelib 
(Abulfayzxon, Abdulmo‘min, Ubaydullaxon) “Buxoro xonligi markaziy 
hokimiyati amalda mustaqil bo‘lgan mulklar yig‘indisidan iborat bo‘lib 
qolgan edi”
2
. Hokimiyat amalda Abulfayzxon hukmronligi davrida avval 
Jovshan qalmiq, u o‘ldirilgandan keyin esa oliy qushbegi Abdullabey xoja, 
keyin esa Muhammad Hakimbiy otaliq qo‘lida mujassamlashgan edi. 
Davlatdagi bunday holat ko‘pchilik amirlar va qabila zodagonlarining 
noroziligiga sabab bo‘lgan. Abulfayzxonga qarshi fitna uyushtirilgan, lekin 
fitna fosh bo‘lib, tashkilotchilari qattiq jazolangan. Bundan tashqari, 1722 
yilda Rajab sultonning Samarqandda xon deb e’lon qilinishi ahvolni yanada 
mushkullashtirdi. Bu davrda mamlakat ichkarisiga, ayniqsa, Zarafshon 
vodiysiga ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchi qabilalar (qozoqlar)ning ko‘chib 
kelishi kuchaydi. Natijada ekinzor va maydonlar hamda tomorqalar payhon 
qilinib, xo‘jalikka katta zarar yetdi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish