Мўминов
И
.
Амир
Темур
Ибн
Тарағай
Баҳодир
//
Сомон
йўли
. –
Т
., 1992. – 7-
б
.
85
Amir Temur ko‘pgina mamlakatlarni fath etish bilan birga, ulardagi
boyliklarni olib kelganligi ham sir emas. Herman Vamberining
ta’kidlashicha, Temur Osiyoning hamma joylaridan hadsiz-hisobsiz boylik
yig‘di, lekin ularni xasis odamlar kabi saqlamadi, balki o‘zi bunyod etgan
mamlakatni yanada qudratli qilish, rivojlantirish, taraqqiy ettirish,
mustahkamlash, unda butun dunyoni lol qoldiradigan masjid, madrasalar
qurish, bog‘-rog‘lar bunyod etish, islom dinini, ilm-fanni, madaniyatni,
adabiyotni, san’atni, me’morchilikni yanada taraqqiy ettirish,
obodonlashtirish ishlariga sarf etdi. Bu borada jahongir juda uzoqni ko‘zlab,
o‘zining xalqini, kelajakni o‘ylagan edi.
Herman Vamberining “Temurni Chingizxon ila bir safga qo‘yib, uni
vahshiy, zolim, qaroqchi deb atagan kishilarning fikrlari ikki marta xatodir”
1
,
degan fikri e’tiborga molikdir.
Amir Temur Movarounnahrda, markazlashgan davlatining boshqa
hududlarida ham me’morchilik, obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor
bergan. Bu xususda mashhur sharqshunos olim V. V. Bartold shunday
yozgan edi: “Temur, – bir vaqtning o‘zida ashaddiy buzg‘unchi va
tashabbuskor quruvchi edi. U buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan
bog‘u rog‘lar bilan o‘radi, shahar va qishloqlarni tikladi, suv inshootlari
qurdi va buzilganlarini tuzatdi. Temurning ijodkorlik faoliyati ham uning
qilgan vayronagarchiliklari kabi kishini hayratda qoldiradi. Musulmon
me’morchiligidagi eng yaxshi davr Temur va uning avlodlari nomi bilan
bog‘liq.
Albatta, Temur, eng avvalo, poytaxti Samarqandni obodonlashtirishga,
uning salobati va ulug‘vorligini orttirishga harakat qilgan. Lekin u
Movarounnahr va Xurosonning boshqa shahar va qishloqlarida, hatto Janubiy
Ozarbayjon va Qobul kabi uzoq yerlarda ham obodonlashtirish ishlarini olib
borgan va suv inshootlarini qurdirgan”
2
.
Sharafiddin Ali Yazdiy o‘zining “Zafarnoma”sida Amir Temur faoliyati,
sulolasi, u asos solgan davlat barcha sohalarini atroflicha yoritib, juda
qimmatli fikrlar bildirgan va dalillar qoldirgan. “Bir yil mobaynida, – deb
yozadi Ali Yazdiy, – Bag‘dod shahrini tiklash haqida buyruq berildi, toki
shahar yana o‘z qiyofasini olsin, unda hunarmandchilik rivojlansin, tevarak-
atrofda dehqonchilik o‘ssin, savdo-sotiq va madaniy hayot keng tarmoq
yoysin, islom bilimi ilgarigiday yoyilsin
3
.
Samarqandning atrofida jahonning mashhur shaharlari nomlari bilan
ataluvchi bir qancha qishloqlar – Qohira, Damashq, Bag‘dod, Sultoniya,
Misr, Sheroz degan joylar ham sohibqironning tashabbusi bilan qurilgandi.
Bu davrda bunyod etilgan inshootlarning bir qismi hozirgi davrda ham jahon
sayyohlarining diqqatini tortmoqda. Bular Shohi Zinda guruhidagi
maqbaralar, Bibixonim madrasasi, Temur va uning piri Sayyid Baraka va
1
Вамбери
Ҳ
.
O‘sha manba. – 48-b.
2
Бартольд
В
.
В
.
Сочинения
.
Т
. 2.
Ч
. 2. –
С
. 52.
3
Мўминов
И
.
Амир
Темур
ибн
Тарағай
Баҳодир
//
Сомон
йўли
. –
Т
., 1992. –
15-
б
.
86
sulolalari vakillari dafn qilingan Go‘ri Amir maqbarasi singari osori atiqalar
dunyoga mashhur.
Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo “Samarqandga, Amir Temur
saroyiga sayohat (1403–1406 yil) kundaligi”da bu yodgorliklar, sohibqiron
qurgan jannatmakon bog‘-rog‘lar xususida ajoyib, hammaning diqqatini
tortadigan misollar keltiradi.
Amir Temur me’morchilik bilan birga, shaharlarni obodonlashtirish
ishlariga ham katta e’tibor bergan. Shaharlar obodonlashtirilishi bilan birga,
shahar aholisi chuchuk suv bilan ham ta’minlangan. Masalan, Samarqand
suvi Zarafshondan kanal orqali keltirilgan. O‘rta asrlarda yurtimizda bo‘lgan
tarixchi-sayyoh Ibn Xovqalning yozishicha, Samarqandda oqar suv kirmagan
biror ko‘cha, biror hovli yo‘q edi. Faqat ba’zi uylargina bog‘siz edi. Bu yerda
ko‘rkam obidalar, turli binolar qurish bilan birga, so‘lim, jannatmakon 12 ta
bog‘-saroylar bunyod etilgan. Ular Bog‘ishamol, Bog‘izagon, Bog‘ibuldu,
Amirzoda Shohruh bog‘i, Bog‘i Bihisht, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Baland,
Bog‘i Chinor, Bog‘i Jahonlarning bunyod etilishi tarixi, ulardagi bir-biridan
hashamatli binolar, o‘tkazilgan marosimlar xususida Sharafiddin Ali
Yazdiyning “Zafarnoma”si, Klavixoning esdaliklarida qimmatli ma’lumotlar
berilgan. Bu bog‘larning nomlari bilan ataladigan joylar hozir ham mavjud.
Yana shuni ta’kidlash muhimki, Amir Temurning tarix faniga ham katta
e’tibor bilan qaragani ma’lum. Tarixnavislik bobida Sharqda dong taratgan
Nizomiddin Shomiy, Hofizi Abru, Mu’iniddin Natanziy, Sharafiddin Ali
Yazdiylar Amir Temur haqida asarlar bitib mashhur bo‘lganlar. Amir Temur
tarixini ilk bor to‘liq yoritgan Nizomiddin Shomiy o‘zining “Zafarnoma”
asari muqaddimasida yozishicha, 804 (1401–1402) yili Sohibqiron uni
hududiga chorlab, o‘z hayoti va faoliyati tarixini yozishni buyuradi va
shunday talab qo‘yadi: “Bayon uslubi murakkablik alomatlaridan hamda
maqtovchilik dabdabalaridan kam bo‘lsin, (turli) ma’nodorlik tarzidan (ham)
tiyilsin. Tashbih va istioralar bezagi girdobida asosiy maqsad) ko‘rinmay
qolsa, bunday uslubda bitilgan asardan ne foyda. Bir kishi biron so‘z
darajasini anglab, uning ma’nisini tushunsa, qolgan o‘n kishi, balkim yuz
kishi undan ko‘zlangan maqsadni anglashda ojizdirlar. Demak, undan oddiy
xalqqa hech qanday naf yo‘qdir”. Ko‘rinib turganidek, Amir Temur tarixiy
asar yaratishdan maqsadni, bayon usullarini aniq tasavvur qilgan va vazifani
ham lo‘nda qo‘ygan. Ya’ni tarix omma, kelajak uchun yoziladi. Shomiy
Sohibqiron talablariga mos asar yaratishga intilgan va keyingi yillar
tarixchilari, jumladan Sharafiddin Ali Yazdiy ham uning asari tuzilishidan
keng foydalanganlar. Kezi kelganda shuni alohida qayd etish o‘rinliki,
Temuriylar zamonida tarixnavislik o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan.
Jahon tarixida Amir Temur va Temuriylar davri alohida o‘rin egallaydi.
O‘rta Osiyo va o‘rta Sharq mamlakatlarining XIV–XV asrlardagi, ya’ni
Temur va Temuriylar davri tarixini yoritishda ilk manba xizmatini
o‘taydigan talaygina tarixiy asarlarning mavjudligi tadqiqotchilarga
allaqachon ma’lum. Nizomiddin Shomiyning Sohibqiron hayotligida
yozilgan “Zafarnoma”, Hofizi Abruning Temur vorisi bo‘lmish Shohruh
davrida yozilgan “Zubdat ut tavorixi Boysung‘ariy”, Sharafiddin Ali
87
Yazdiyning mashhur “Zafarnoma”si, Fasix Ahmad Xavofiyning “Mujmali
Fasixiy”si, Abdurazzoq Samarqandiyning Husayn Boyqaro taxtga o‘tirgan
(1470) yili yozib tamomlagan “Matlai Sadayn va majmai bahrayn” degan
kitoblari, Mirxondning Alisher Navoiy davrida yozilgan yetti jildlik “Ravzat
us-safo”si, Xondamirning “Ma’sirul-mulk” va uch jildlik “Xabib us-siar”i
shular jumlasidandir.
Bu asarlar, asosan, fors-tojik tilida yozilgan bo‘lib, ularda g‘oyat muhim
tarixiy ma’lumotlar mavjud. Ular faktlarga boy bo‘lishi bilan birga,
ma’lumotlarning nihoyatda ishonchli ekanligi bilan ham muhim.
Shuningdek, “Amir Temur tarixi”, “Temur tuzuklari”, “Amir Temur
o‘gitlari” singari Sohibqiron tarjimai holiga oid asarlarning so‘nggi yillarda
o‘zbek tilida chop etilishi tufayli ularni ona tilimizda o‘qishga muyassar
bo‘ldik. Bu kitoblar XIV–XV asrlarni, ya’ni Amir Temur va Temuriylar
davrini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ana shu manbalarga asoslangan holda, Amir Temur va temuriylar davri
borasida o‘nlab, yuzlab asarlar yozildi, spektakllar, kinofilmlar yaratildi,
muzeylar tashkil etildi. Temur va Temuriylar davri borasida chet
mamlakatlarda yaratilgan turli xil asarlarda bu davr ancha holisona tahlil
qilingan. Jumladan Ispaniya, Fransiya va Angliyada XVI, XVII, XVIII
asrlarda Amir Temur haqida bir qator ilmiy va dramatik asarlar yaratilib,
ularning aksariyatida Sohibqironga “grand Temura”, ya’ni “buyuk
Temurbek” deb hurmat bilan qaraydilar. Ispaniyaning elchisi Rui Gonzales
de Klavixo o‘zining “Samarqandga, Amir Temur saroyiga sayohat (1403–
1405 yillar) kundaligida: “...Temurbekning asl ismi, biz aytganimizdek,
Tamerlan emas, Temurbekdir. Chunki Temurbek o‘z tilida, “Temur podsho”
degani...
1
, – deb yozgandi. Olmoniyaning Potsdam shahridagi muzeyda Amir
Temur sharafiga “Osiyo bo‘limi” tashkil qilinib, u Amir Temur bo‘limi deb
ataladi. Angliyada har yili o‘tkaziladigan kinofestival Amir Temur haqidagi
kinofilmni ko‘rsatishdan boshlanadi.
Amir Temur to‘g‘risida atroflicha fikr yuritgan D. N. Logofet o‘zining
“Buxoro tog‘lari va tekisliklarida” degan asarida shunday yozgan edi:
“...Temurday buyuk shoh va inson xotirasiga munosabatni ko‘rib, achinib
ketasan. Axir u o‘z xalqi taraqqiyotini yuqori bosqichga olib chiqqan, o‘z
davrining o‘ta madaniyatli vakili edi...”
2
.
Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar faoliyat
ko‘rsatmoqda, Temur va Temuriylar davri haqida ko‘plab kitoblar nashr
qilinmoqda.
O‘zbekiston olimlari ichidan ham Temur va Temuriylar davrini haqiqiy,
holisona yoritishga harakat qilganlar bo‘ldi. Shu o‘rinda akademik Ibrohim
Mo‘minovning 1968 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan “Amir Temurning
O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” nomli risolani keltirish joizdir.
I. Mo‘minov birinchi bo‘lib sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatini
ilmiy, holisona o‘rganish, uning turli sohalardagi faoliyatiga to‘g‘ri, izchil
1
Санъат
. – 1990. –
№
2. – 23-
б
.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |