O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Мўминов
 
И
.
 
Амир
Темур
ибн
Тарағай
Баҳодир
// 
Сомон
йўли
. – 
Т
., 1992. – 4-
б

83


qancha tuman olinishi zarurligi ko‘rsatilgan ro‘yxat berilardi. Yuborilgan 
vakil o‘troq va ko‘chmanchi turklar va tojiklardan piyoda va otliq askarlar 
to‘plar edi.
Sohibqiron davlatining harbiy qismlarida qayd etilganlardan tashqari, 
yana quyidagilar ham bo‘lgan:
– ko‘chma ko‘priklar qurish bilan shug‘ullanuvchi qism (pontonerlar) va 
kemachilar; 
– yunon olovini otuvchilar yoki naftandozlar; 
– 
qamal qilish mashinalari va uloqtiruvchi to‘plar bilan ishlashni 
biladigan turli xil ishchilar. Sohibqiron boshchiligida qamal qilingan ko‘plab 
qal’alarining yunon olovini otish va uloqtirish to‘plaridan mohirona 
foydalanish natijasida qo‘lga kiritilishi qo‘shinlarning shu turi juda katta 
malakaga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi. Temur olib borgan qamal jarayonlari 
u yunonlar va rimliklarning qal’alarini ishg‘ol qilish uchun qo‘llagan 
usullarni yaxshi bilganini isbot qildi. Boyazidga qarshi urushda u yunon 
olovini otuvchi moslamalarni fillar ustiga o‘rnatib, jangga kiritgan; 
– tog‘larda olib boriladigan, tog‘lik yerlarda bo‘ladigan janglarga 
ko‘nikkan tog‘lik aholidan tashkil topgan maxsus piyoda qismga ega edi. Bu 
qism jangchilari daralar, tog‘ yo‘llari va tog‘larda joylashgan qal’alarni 
qo‘lga kiritishda katta xizmat ko‘rsatdi.
Temur qo‘shinlari o‘sha davr taomiliga ko‘ra, o‘nliklar, yuzliklar, 
mingliklar, tumanliklar (o‘n ming yoki 12 mingdan iborat qo‘shin va 
boshqalar)ga bo‘linib, ularga o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi va amirlar 
boshchilik qilgan.
Boshliqlarning huquqlari aniq belgilab berilgan. Temur jismoniy jazo 
berishni taqiqlab qo‘ygan, u hokimiyatni qamchi kuchi bilan egallab turgan 
boshliq o‘z lavozimiga loyiq emas, der edi. Shunday qilib, oddiy jangchilar 
ham o‘nboshi va yuzboshi lavozimiga erishishlari mumkin bo‘lgan, lekin 
oliy mansablarni egallash uchun, yuzboshilar muhim muvaffaqiyatga 
erishishlari yoki o‘ziga xos qobiliyatga ega bo‘lishlari kerak bo‘lgan. 
Jangovar xizmat ko‘rsatgan jangchilarga mukofotlar, maqtov, maoshiga 
qo‘shimcha haq to‘lash, o‘lja bo‘lishda ulushning oshirilishi, yuqori 
mansabga ko‘tarish, faxriy unvon berish, «bahodir», «mard», «botir» va 
boshqa nomlar qo‘yish ko‘rinishida berilsa, butun qo‘shinlar qismiga – 
nog‘ora chalib nishonlash, bayroq berish ko‘rinishida taqdim etilardi.
Xullas, Amir Temurning harbiy siyosati, eng avvalo, davlatning 
mustahkamligi, tashqi xavfdan saqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu siyosatni 
puxta yo‘lga qo‘yishda sohibqiron masalaning iqtisodiy, texnikaviy, ilmiy, 
tashkiliy tomonlariga katta e’tibor bilan qaragan. Xuddi shu yo‘l uni harbiy 
san’at borasida ham yuksaklikka olib chiqqan.
Sohibqironning eng muhim xislatlaridan yana biri shundaki, u har doim 
ilm-fan, madaniyat, san’at ahllari, din peshvolariga tayanib ish tutgan, 
ulardan kerakli masalalar bo‘yicha maslahatlar olgan. Ayniqsa, o‘z 
davlatining taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni beqiyosligini yaxshi bilgan. Shu 
bois, qayd etilganidek, u ilm-fan, madaniyat, san’at rivojiga g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatar, olimlar bilan xalqlar tarixi va buyuk hukmdorlar tarixi xususida 
84


suhbatlashishni, fikr almashishni xush ko‘rar, o‘zidan avval o‘tgan buyuk 
shaxslar, hukmdorlarning ishlariga hamisha ijodiy taqlid qilar, ular yo‘l 
qo‘ygan kamchiliklarni takrorlamaslik maqsadida ular talofati, inqirozi, 
muvaffaqiyatsizliklarining sabablarini qunt bilan o‘rganardi. Hatto bularni 
so‘zlab berish uchun alohida kishi ham tayinlangan.
Amir Temurning o‘zi ham falakiyot, tibbiyot, me’morchilik, riyoziyot 
ilmlaridan xabardor bo‘lgan. Shaxmatni yaxshi bilgan. Tarixni, ayniqsa, 
harbiy tarixni sevib o‘rgangan. Temur bilan yuzma-yuz suhbatlashishga 
muyassar bo‘lgan arab faylasufi Ibn Xoldunning e’tirof etishicha, jahongir 
turk, arab, fors xalqlari tarixini chuqur bilgan, diniy, dunyoviy va falsafiy 
bilimlarning eng murakkab jihatlarini ham yaxshi o‘zlashtirib olgan.
Mashhur sharqshunos L. Lyangle o‘zining “Temur hayoti” nomli asarida: 
“Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini 
ko‘rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek 
ilm-fan, idora va boshqa ishlarda bilimdon bo‘lgan barcha kishilar bilan 
suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. 
Negaki Temur bu sohalarga g‘amxo‘rlik qilishga asosiy e’tibor berar edi”, – 
deb yozgandi.
Akademik I. Mo‘minovning ta’kidlashicha, sohibqironning yana bir 
muhim hislatlaridan biri shu ediki, u biror jiddiy masalani hal etishdan oldin 
din peshvolari, bilimdon kishilar, ilm-fan ahllari bilan maslahatlashib, bu 
masalani atroflicha tahlil qilib, shundan so‘ng biror qarorga kelar edi. 
Sohibqironning ilm-fan, din ahllari bilan qiladigan maslahatlari har xil 
darajada va turli shaklda bo‘lgan. Odatda Amir Temur tibbiyot, riyoziyot, 
adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek teologiya va din 
sohasidagi mashhur kishilar bilan shaxsiy suhbatlar o‘tkazgan.
Amir Temurning ilm-fan va islom dini arboblariga qanchalik katta e’tibor 
berganligini uning olimlar yig‘ilishida so‘zlagan nutqidan ham yaqqol bilish 
mumkin. Temur o‘zining bu nutqida shunday degan edi: “Fan va dinning 
mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib 
kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening 
maqsadim mamlakatda adolat o‘rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, 
fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kuchaytirish, 
davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar menga o‘z maslahatlaringiz bilan bu 
ishlarni amalga oshirishda ko‘maklashishingiz kerak. Mamlakatning ahvoli, 
devonning suiiste’mol qilinganligi va qilinayotganligi, oddiy odamlarning 
joylardagi hokimlar tomonidan qisib qo‘yilishi kabi hollar hammadan ko‘ra 
sizlarga ayondir. Shular haqida ma’lumot bersangizlar, bu kabi adolatsiz 
ishlarni bartaraf etuvchi hamda shariat va qonunlarga muvofiq chora-
tadbirlarni aytsangiz yaxshi bo‘lurdi”
1
.
Xullas, Amir Temur ilm-fan arboblarini, ijodkor zahmatkashlarni 
e’tibordan chetda qoldirmagan, ularni qadrlagan, o‘ziga yaqin tutgan, bergan 
to‘g‘ri maslahatlaridan unumli foydalangan va shu bois, ularga alohida iltifot 
ko‘rsatgan.
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish