Astrobod, Nijniy Novgorod, Moskva orqali Ganza shaharlari (shimoli-
g‘arbiy Yevropa) ga borardi. Ikkinchisi Xitoy–Kazvin–Tabriz–Trapezund
yo‘li bilan genuyaliklarning, venetsiyaliklarning savdo kemalariga tushib
Yevropaga yetardi. Nihoyatda mudhish va serurush zamonlar bo‘lishiga
qaramay, Amir Temur hokimiyatining soyasi tushgan yerlarning barchasida
savdo nihoyatda jonli va batamom xavfsiz edi.
Amir Temur davlati mustahkam huquqiy tizimga ega bo‘lib, qonuniylik
turli choralar bilan qo‘riqlangan. Amir Temur o‘zining davlatni idora qilish
siyosatida va devonida qat’iy tamoyillar va adolatli qonunlarga amal qilgan.
Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir, degan shior Amir Temur
saltanatining barcha hududlarida birday amal qilib, axloqiy-ma’naviy
mezonga aylangan.
Shuningdek, Amir Temur davlatida tartib-intizom, mehnatkash ommani
himoya qilish, ularga g‘amxo‘rlik, adolat uchun kurash, islom dinini taraqqiy
ettirish, boshqa mamlakatlar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatish singari
borasida ham ibratli, hatto hozirgi davr uchun ham saboq bo‘ladigan ishlar
qilingan.
Sohibqiron Amir Temur dunyo xalqlari tarixida munosib iz qoldirgan
davlat arbobi bo‘lishi bilan birga, tabiat in’om etgan takrorlanmas, zo‘r
harbiy qobiliyatga ega sarkarda hamdir. Uning ana shu sarkardalik qobiliyati
tufayli kuchli armiyasi vujudga kelgan ediki, bu armiya feodal tarqoqlikka
barham berib, qudratli markazlashgan davlat – Temur imperiyasini vujudga
keltirishda va uni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Akademik
I.Mo‘minovning e’tirof etishicha, “Harbiy tarix Temurni o‘rta asrning eng
yirik lashkarboshilaridan deb hisoblaydi”
1
.
Sohibqironning harbiy mahorati ikki yo‘nalishda namoyon bo‘lgan. U o‘z
lashkarlarini tashkil etishda mashhur, takrorlanmas lashkarboshi sifatida nom
chiqargan. U ishlab chiqqan harbiy siyosatning asrlar osha o‘rganilib
kelinayotganligi buni to‘la isbotlaydi. Uning qo‘shinlari tashkiliy tuzilishi
jihatidan Chingizxon an’analariga asoslangan. Birinchidan, sohibqiron
qo‘shini ko‘ngillilardan iborat edi, ikkinchidan, u o‘nlik tizim asosida
qurilgan, ya’ni tumanlarga, mingliklarga, yuzliklarga, o‘nliklarga bo‘lingan.
Buning farqi shundan iborat ediki, Chingizxon davrida asosiy qo‘shin
ko‘chmanchilaridan iborat bo‘lar va zabt qilingan mamlakatlarning shaharga
majburan tortilgan o‘troq aholisi harbiy ishlarda ancha kam ishtirok etardi.
Temur davlatida esa, o‘troq aholi garchi harbiy kuchning asosiy qismini
tashkil qilsa-da, har holda ko‘chmanchilar bilan qariyb barobar ahamiyatga
ega bo‘lardi. O‘troq aholi yashaydigan viloyatlar piyoda askarlarni,
shuningdek o‘sha zamonning artilleriya bo‘linmalarini – tosh otuvchi, devor
buzuvchi, o‘q otuvchi mashinalarni, o‘ziotar qurollarni va aslahalarni ishlata
oladigan jangchilar yetkazib berardi. Sohibqironning otliq yoki piyoda
askarlarning muayyan qismini yig‘ish zarur bo‘lib qolsa, u o‘z davlatining
birorta hududidan ma’lum miqdorda tumanlar yig‘ib kelishni buyurib, u
yerga tabachilarni (hukmdorning maxsus topshiriqlarini bajaradigan
shaxslar) jo‘natardi. Shu bilan birga, tabachilar qo‘liga ma’lum hududdan
1
Do'stlaringiz bilan baham: