Ибн
Арабшоҳ
.
Амир
Темур
тарихи
.
Т
. 2. –
Т
., 1992. – 73-
б
.
3
Темур
тузуклари
. –
Т
., 1991. – 53-
б
.
79
Amir Temur Movarounnahrdan boshqa mamlatlarni o‘z farzandlariga,
qarindoshlariga, harbiy sarkardalarga “suyurg‘ol” qildi. Suyurg‘ol deganda,
o‘sha vaqtda muayyan bir o‘lkani idora qilish ishlarini meros tariqasida
boshqa birovga topshirib, o‘sha yer, hudud, qishloq va shahar aholisidan
davlat soliqlari va o‘lponlarini suyurg‘ol egasi foydasiga to‘liq yoki qisman
undirib olish huquqi tushuniladi.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Amir Temur bu yerda turk-mo‘g‘ul
xalqining qadimgi yo‘siniga amal qildi va Movarounnahrni hech kimga
bermay o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Uluslar markaziy hokimiyatga bo‘ysungani
bilan ma’lum darajada o‘zlarining mustaqilliklarini saqlashgan. Ulus
boshliqlarining ham o‘z davlat tarmoqlari, xazinasi, qo‘shini bo‘lgan.
Ularning markaziy hokimiyatga qaramligi xirojning muayyan qismini
markaziy xazinaga jo‘natib turishi va xabar kelishi bilan o‘z qo‘shinini olib
yetib borishida o‘z ifodasini topgan. Lekin shunday bo‘lsa-da,
markazlashgan davlatning o‘sha suyurg‘ol qilingan hududlari sohibqironning
diqqat markazidan chetda bo‘lmagan. U hukmronlik qilgan yillari davlatni
boshqarish ishlari bilan qattiq shug‘ullangan. “Saltanat to‘nini kiygach, –
deyiladi “Tuzuklar”da, – tinchligu sog‘lig‘im ketdi, o‘z to‘shagimda rohatda
uxlash, huzur-halovatdan voz kechdim”
1
.
Sohibqiron o‘z davlatining markazini 1370 yili Samarqandga ko‘chirib
kelgandan so‘ng, davlat qurilishiga jiddiy e’tibor berib, davlat idoralarini
uddaburon, qobiliyatli rahbarlar bilan mustahkamlash tadbirlarini ko‘rdi va
o‘zi ham “Tuzuklar”da ta’kidlaganidek, “do‘stu-dushman bilan (muomalada)
bir tekis yo‘l tutdi”
2
. Jumladan, vazirlarni tanlashda sohibqiron to‘rt sifatga
qattiq e’tibor bergan. Bular “Tuzuklar”da ko‘rsatilganidek, birinchisi – asllik,
toza nasllik; ikkinchisi – aql-farosatlilik; uchinchisi – sipohi-raiyat ahvolidan
xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo‘lish; to‘rtinchisi – sabr-
chidamlilik va tinchliksevarlik.
Amir Temur vazirlarni tanlashda ularning shu sifatlarga ega bo‘lishini
inobatga olish bilan birga, ularning har bir masalada har doim odil
bo‘lishlari, aql-zakovat bilan ishlashlari uchun sharoit yaratgan. Buni “Temur
tuzuklari” ham to‘la tasdiqlaydi. Amir Temur Movarounnahrda o‘zining
yakka hukmronligini o‘rnatgandan so‘ng, to‘rtta vazir tayinladi va ularga
mamlakatda eng muhim ishlarni bajarish vazifasini yuklatdi. Yana eng
e’tiborlisi shundaki, tayinlangan vazirlar mamlakatdagi qabilalardan tanlab
olingan edi. Bu xususda Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” kitobida
shunday tavsiflangan: “Ular (vazirlar) mamlakatning (ko‘zga ko‘ringan)
a’yonlari hisoblanib, boshqa har bir kimsa ular fikrlariga ihtizo etardi.
Arablarda qancha bo‘lsa turklarda ham qariyb shunchalik qabila va guruhlar
bordir. O‘sha vazirlardan har qaysisi bir qabilaga mansub bo‘lib, o‘z fikr
chirog‘i bilan u qabila uylarini yorituvchi bir uzun pilik misoli edi. Ulardan
birining qabilasi flot, ikkinchisiniki jaloyir, uchinchisiniki qovchin,
to‘rtinchisiniki barlos deb atalardi. Temur to‘rtinchi qabila o‘g‘loni edi”
3
.
1
O‘sha manba. – 54-b.
2
O‘sha manba. – 89-b.
3
Ибн
Арабшоҳ
.
Амир
Темур
тарихи
.
Т
. 1. –
Т
., 1992. – 52-
б
.
80
Vazirlarning barchasi har kuni devonxonada bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan.
Ularga yuklatilgan vazifalar aniq belgilangan edi. Chunonchi, birinchisi
mamlakat va raiyat (soliq) vaziri bo‘lib, bu mamlakatdagi muhim ishlarni,
kundalik muammolarni, raiyat ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq-
o‘lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni, obodonlashtirish, mehnatkash
omma farovonligi bilan shug‘ullanardi. Ikkinchisi sipoh vaziri bo‘lib, unga
sipohlarning maoshlari, ularning tarqoq holga tushib qolmasliklari uchun
doimo sipoh ahvolidan xabar olib turish vazifasi yuklatilgandi. Vazirlardan
uchinchisi – egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni,
savdogarlar mol-mulkidan olinayotgan zakot va bojlarni, mamlakat
chorvalarini, ularga taalluqli bo‘lgan o‘tloq va yaylovlarni boshqarib,
bularning hammasidan yig‘ilgan daromadlarni omonat saqlash majburiyatini
bajarardi. Shuningdek, bu vazir bedarak yo‘qolganlar va o‘lganlarning mol-
mulki bo‘lsa, ularni merosxo‘rlariga topshirgan. Nihoyat to‘rtinchisi, saltanat
ishlarini yuritish, u hamma saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan
sarf qilinadigan xarajatlar ustidan ogoh bo‘lgan.
Sohibqiron fath etilgan mamlakatlarga oid masalalar, birinchi navbatda,
moliyaviy ishlar bo‘yicha davlat hay’atini tuzdi. Yetti vazirning hammasi
devonbegiga bo‘ysundirilib, bu bilan Temur davlatiga qarashli haq-
huquqlarda moliyaviy ishlarda hamjihatlik, inoqlik bilan odilona boshqarish
uchun imkoniyat hozirladi.
Yana bir holat e’tiborni jalb qiladi.. Amir Temur o‘zining davlat
apparatida arzbegi lavozimini joriy etgan. Arzbegi sipoh, raiyat va arz-dod
qilib sohibqiron huzuriga keluvchilarning ahvoli, mamlakatning obod-
xarobligi, muhim ishlardan qaysi biri bitmaganligi xususida axborot berib
turgan.
Shuningdek, bularga vaqf yerlari va boshqa vaqf mulkining hisob-kitobini
olib boruvchi mansabdor – sadrlar, sadri-sayyidlar va boshqa arboblarga
suyurg‘ol sifatida berilgan yerlar va vaqflarning ahvoli, ularga doir
vazifalarning qay tarzda bajarilayotganligi xususida sohibqironning o‘ziga
doimo axborot berib turilgan.
Amir Temur o‘z davlatining tashqi va ichki siyosatiga aloqador
masalalarni kengashda hal qilish bilan birga bu majlisga kotiblar
(majlisnavinos) tayinlangan, ular devon majlisida navbatma-navbat hozir
bo‘lib, muhokama qilingan masalalar va ayrim ishlar tafsilotini yozib
olishlari, saqlashlari lozim bo‘lgan.
Shuningdek, mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi, oqsoqol
lavozimlari ham o‘sha davrda joriy qilingan. Bularning bir-biri bilan
bog‘liqligi, bir-biriga bo‘ysunishi, ularga yuklatilgan vazifalar bajarilishining
shartligi, ularga to‘lanadigan maosh, bu lavozimlarga rahbarlar tayinlash
borasida “Temur tuzuklari”da maroqli, hozirgi davr uchun ham ibratli fikrlar
yozib qoldirilgan.
Amir Temur tasarrufidagi hududlarning iqtisodiyotini amaldorlar
tomonidan rivojlantirishga, mehnatkash omma ahvolidan xabar olib turishga,
zulmning kuchayib ketmasligiga jiddiy e’tibor berdi. Davlat qurilishining
asosiy tarmoqlarida, hunarmandchilik, to‘qimachilikning hamma sohalarini
81
rivojlantirishga e’tibor berildi. Buni shundan ham yaxshi bilish mumkinki,
Herman Vamberining e’tirof etishicha, “Temurning paxta yigiruvchi
korxonalari, Anqaraning movut korxonalari, Turkiya hamda Gurjistonning
zargarlari, xullas, sanoatda qancha mohir ishchilar bor bo‘lsa, hammasi
Samarqandga ko‘chdilar”
1
.
Uning yerga, dehqonlarga bo‘lgan munosabati, soliq olish siyosati ham
o‘zidan avvalgi, o‘sha va so‘nggi davr uchun xosdir. D. N. Logofetning
“Buxoro tog‘lari va tekisliklarida” nomli asarida ta’kidlanganidek, “...Uning
(Amir Temurning) hokimiyatida fuqarolarga adolat bilan munosabatda
bo‘lingan. Hatto moliyaviy masalalarda ham qat’iy tartib o‘rnatilgan.
O‘zingiz tasavvur qiling, biz hozir zo‘r berib intilayotgan daromad solig‘i
degan narsa uning hokimiyatida o‘shandayoq mavjud edi. Temur
amaldorlaridan ish yuritayotganda qonun va adolatga bo‘ysunishni talab
qilgan. Qamchi va tayoq ishlatish qat’iy taqiqlangan, buni bajarmaganlar
o‘limga hukm qilingan”
2
. Bu xususda gapirilar ekan, akademik
V. V. Bartoldning asarlarida qiziqarli va juda foydali fikrlar bildirilganligini
aytmoq zarur. Uning e’tirof etishicha, Amir Temur davrida o‘simlik
o‘sadigan barcha yerlardan unumli foydalanilgan. Samarqand aholisi uch yil
soliqdan ozod qilingan.
Yana zikr etilgan masalalar xususida akademik I. Mo‘minovning “Amir
Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” nomli risolasida ham
qimmatli mulohazalar bildirilganki, ularni ham keltirish joizdir. Temur
yozadi: “Soliq yig‘ishda xalqni og‘ir ahvolga solishdan yoki o‘lkani
qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish zarur. Negaki xalqni
xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi,
xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga, bu esa o‘z
navbatida, hokimiyatning kuchsizlanishiga sabab bo‘ladi
3
. Shuningdek,
hamma sohalar bo‘yicha qat’iy qoida asosida taftish va nazorat o‘tkazilgan.
Mamlakatda savdo-sotiq rivojlangan. Ispaniya elchisi Klavixo o‘sha vaqtda
Samarqand bozorlarida dunyoning turli burchaklaridan kelgan turli tilda
so‘zlashgan savdogarlarni uchratish mumkin bo‘lganligini yozadi. Uning
guvohlik berishicha, Samarqand butun Osiyo savdosida mol ombori o‘rnini
olganligini fahmlash qiyin emas. Xususan, bunda ichki va tashqi savdo
taraqqiy etgan. Bu davrda, ayniqsa, Buyuk Ipak yo‘lining yanada taraqqiy
etishiga e’tibor berilib, uning xavfsizligi ta’minlangan. Shu bois,
Hindistondan juda ko‘p attorlik va bo‘yoq tijorati karvonlari tez-tez kelib
turgan. Xitoy bu yerga ipak gazlamalar, har xil chinni buyumlar,
qimmatbaho toshlar yuborardi. Shimoldan noyob po‘stinlar keltirilardi.
Xullas, turli iqlimdan keltirilgan mollar Samarqand bozorlarida toy-toy
bog‘lanib, Osiyoning eng katta markazlariga va Buyuk Ipak yo‘li orqali
G‘
arbiy Yevropaga jo‘natilar edi. Savdogarlar bir yo‘l bilan Xorazm,
1
Do'stlaringiz bilan baham: |