O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Якубовский
 
А

Ю
.
 
Тамерлан
. – 
М
., 1992. – 
С
. 24–25. 
74


qilish vaqtida Temur Amir Husaynni Huttalon hokimi Kayxusrav qo‘li bilan 
bartaraf etdi.
Mana shu paytdan boshlab Amir Temur Movarounnahrning yakka 
hukmdori sifatida faoliyat boshladi. Bu esa uning 35 yillik hukmronligiga va 
jahongirona harbiy yurishlari uchun qulay shart-sharoit davrini vujudga 
keltirdi.
Qo‘shin sarkadaralarining qurultoyi Temurni Movarounnahrning yagona 
hukmdori deb e’lon qildi. Asosiy vazifa Movarounnahrni birlashtirishdan 
iborat deb tushungan Temurning yaqin kishilaridan biri amir Dovudni 
devonbegi etib tayinladi. Yana uch vazirni tayin qildi va ular turli qabilalarga 
mansub bo‘lib, ularga davlatning asosiy hal qiluvchi ishlarini bajarish 
vazifalari yuklandi. Amir Temur Movarounnahrda yakka hukmronligini 
o‘rnatganidan so‘ng, o‘z davlatiga poytaxt qilib, diyorining mashhur 
shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqandni tanladi. 1370 yili Temur bu yerga 
ko‘chib o‘tdi. Amir Temur asosiy diqqatini davlat ichki ishlarini yo‘lga 
qo‘yishga qaratib, butun vujudi bilan davlatni mustahkamlash, 
rivojlantirishga harakat qildi. Bular markazlashgan davlatni vujudga keltirish 
borasidagi qilingan dastlabki ishlar edi, xolos.
Shu tariqa, 150 yillik siyosiy qaramlik, boshboshdoqlik, iqtisodiy va 
madaniy taraqqiyotdagi qoloqlik davriga chek qo‘yiladi. Amir Temur 
Movarounnahrda feodal tarqoqlik va o‘zaro nizolarga zarba berib, mamlakat 
siyosiy birligi va yaxlitligini amalda ta’minladi. Movarounnahr xalqlari 
yagona davlat tasarrufiga birlashtirildi.
Amir Temur Movarounnahrda o‘z hukmronligini o‘rnatganidan keyin, 
mo‘g‘ullarning udumlari asosida davlatni tumanlarga bo‘lib, ularga hokimlar 
tayinladi, yangi lavozimlar joriy etdi. Temur bu borada mo‘g‘ul hukmdorlari, 
ayniqsa, Kebekxonning an’analariga, islohotlariga, orttirgan tajribalariga 
tayandi va ulardan tegishli xulosalar chiqarib oldi. Shu bilan birga, ularni 
takomillashtirib bordi.
Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat barpo etish bilan 
birga, yurtga jiddiy xavf solib turgan mamlakatlarga qarshi harbiy yurishlar 
olib bordi. Yana shuni ta’kidlash joizki, Amudaryo va Sirdaryo orasidagi 
yerlarni, Farg‘ona va Shosh (Toshkent) viloyatlarini o‘z davlatiga qo‘shib 
olish, birlashtirish unchalik qiyinchilik tug‘dirmadi. Bu hududlarda Temurga 
qarshi turadigan hokimiyatning, kuchning o‘zi deyarli yo‘q edi.
Movarounnahrga katta xavf tug‘dirib turgan davlat Oltin O‘rda 
hisoblanardi. Bu davlat Temur davlatiga nisbatan har jihatdan kuchli edi. Shu 
bois, uning Movarounnahrga qarshi hujum qilish xavfi ham yo‘q emasdi.
Buni Sohibqiron juda yaxshi anglab yetardi. U bu masalada juda 
ehtiyotkorlik, sinchkovlik, hushyorlik bilan ish tutdi. Oltin O‘rdadagi 
vaziyatni atroflicha tahlil qilib, shart-sharoit, qulay vaziyatni kutdi. Xorazm 
ularning tasarrufida edi. Shu tufayli Xorazmni Movarounnahrga birlashtirish 
ko‘pgina sabablarga ko‘ra, ancha murakkabroq edi. Bu masalaga Ibn 
Arabshohning “Amir Temur tarixi” deb atalgan 2 jilddan iborat kitobida 
yaxshi ta’rif berilgan.
75


Xorazm 1359 yilda Berdibekxonning vafotidan so‘ng Oltin O‘rdada 
boshlangan g‘alayonlardan foydalanib, mustaqil bo‘lib oldi va uni qo‘ng‘irot 
qabilasidan So‘fiylar sulolasi boshqara boshladi. Husayn So‘fiy Xorazmning 
ikki tomonini birlashtirishga harakat qilib, Qiyot qal’asi va Xivani kuch bilan 
qo‘lga kiritdi. Chig‘atoy ulusining barcha hududiga da’vogar bo‘lgan Amir 
Temur Husayn So‘fiydan Janubiy Xorazm viloyati va uning shaharlarini 
qaytarishni talab qildi. Rad javob olganidan so‘ng, 1372 yili harbiy yurish 
qilib, hududni qaytarib oldi. Shu yili Husayn So‘fiy vafot etganidan keyin 
uning o‘rniga taxtga chiqqan ukasi Yusuf So‘fiy Qiyotni yana bosib oldi. 
1373–1374 yillari Temur janubdan yana yurish qildi. Ana shu ikki yurish 
natijasida Janubiy Xorazm Temur davlati tarkibiga kirdi. Shu o‘rinda 
ta’kidlash o‘rinliki, Oltin O‘rda xoni To‘xtamishning Xorazmga da’vosi 
tufayli Amir Temur Xorazmga yana uch bor yurish qildi.
Oltin O‘rda va Oq O‘rda kuchli mamlakatlar bo‘lganligi bois, 
Movarounnahr davlatiga juda katta xavf tug‘dirib turgandi. Shu tufayli 
Temur bu ikki davlatdagi voqealarni sinchkovlik bilan kuzatib borib, qulay 
vaziyatni kutdi. Sharqshunos A. YU. Yakubovskiyning hisobicha, 1360–
1380 yillar mobaynida Oltin O‘rda amiri Mamayni hisobga olmaganda, 25 ta 
xon almashgan
1
.
Amir Temur To‘xtamishga qarshi 1389, 1391 va 1394–1395 yillarda uch 
marta katta yurishlar qiladi. To‘xtamishga qarshi so‘nggi ikki yurish alohida 
diqqatga sazovordir. 1391 yil 18 iyunda hozirgi Samara shahri bilan 
Chistopol o‘rtasidagi Qunduz degan joyda Amir Temur bilan To‘xtamish 
qo‘shinlari o‘rtasida qattiq jang bo‘ladi.
Mironshoh va Xo‘ja Sayfiddin sohibqiron rejasi asosida Kura daryosining 
so‘l qirg‘og‘ida mo‘g‘ul bosqinchilarining orqa tomonidan o‘z qo‘shinlari 
bilan hujumga o‘tdi. Bu jangda Temur takomillashgan va kuchli qo‘shinga 
ega edi. Sharafiddin Ali Yazdiyning hikoya qilishicha, Temur o‘z qo‘shinini 
yetti qo‘lga bo‘lib, hujumga, har doim bo‘lganidek, otliqlarni emas, 
piyodalarni tashladi. Hamma qanotlarga jiddiy e’tibor berilib, ularga g‘oyat 
ishonchli kishilar birkitildi. Hal qiluvchi hududlarga Mirza Sulaymonshoh, 
Mirza Muhammad Sulton, Mirzo Mironshoh, Mirzo Umar Shayx, Xoji 
Sayfiddin singarilarni rahbar qilib tayinladi.
Jangning dastlabki ikki kunida To‘xtamish bosqinchilari ustun bo‘ldi. 
Uchinchi kuni sohibqiron qo‘shinlarining qo‘li baland keladi. Amir Temur 
qo‘shinlari g‘alabaga erishib, Oltin O‘rdadan To‘xtamish lashkarini Volga 
sohiligacha quvib boradi.
Mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, To‘xtamish Amir Temur saltanatini 
bartaraf etishdek g‘arazli niyatidan qaytmagan edi. To‘xtamish Temur 
saltanatiga 1395 yil aprelida yana bostirib kiradi. Amir Temur va To‘xtamish 
o‘rtasidagi jang 1395 yil 14 aprelda Shimoliy Kavkazda, Terek daryosi 
bo‘yida sodir bo‘ladi. Amir Temur qo‘shinlariga murakkab bir vaziyatda 
tadbirkor Eduhudning rejasi qo‘l keladi. Uning ukasi Isobek To‘xtamish 
qo‘shinida janjal chiqarib Oqtoy, Yerlik O‘g‘lon va Toshtemir O‘g‘lonlar 
besh tumani bilan jang maydonini tark etdi. ta’minladi. Natijada To‘xtamish 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish