urushlarga, mayda feodal hokimlarning o‘zboshimchaligiga, mo‘g‘ul xoni va
Oltin O‘rdaning turli noiblari bosqinchiligiga qarshi kurash olib bordi”
1
.
Xalq ommasi yanada ko‘proq azob chekdi, xo‘rlandi, talandi. Bu davrda
chig‘atoy xonlari va ular bilan mahalliy aholi, zodagonlar o‘rtasida ziddiyat
tobora keskinlashib bordi. Ana shu kurashlar natijasida o‘sha asrning 40-
yillarida Chig‘atoy ulusi ikki qismga – Sharqiy Turkiston va Yettisuvni o‘z
ichiga olgan Mo‘g‘uliston va Movarounnahrga bo‘linib ketdi. Bo‘lingan
davlatlar o‘rtasida o‘zaro kurash avjiga chiqib, Mo‘g‘uliston amirlari
Movarounnahrga tez-tez hujum qilib turdilar.
Mamlakatning iqtisodiy ahvoli ham toboro murakkablashib bormoqda
edi. Bundan tashqari, Movarounnahr bir necha feodal davlatlarga bo‘linib,
Kesh (Shahrisabz), Buxoro, Termez, Badaxshon, Xo‘jand, Shosh (Toshkent)
va boshqa viloyatlarning hokimlari o‘rtasida tinimsiz urush-janjallar avj oldi.
Davlat ishlari tamoman izdan chiqdi. Og‘ir soliqlar, qaroqchilarning
talonchiliklari dastidan aholi qashshoqlashib, juda og‘ir ahvolga tushib qoldi.
Buning ustiga, 1360 yili mo‘g‘ul xoni Tug‘luq Temur Movarounnahrga o‘z
harbiy qo‘shinlari bilan osonlikcha bostirib kirdi. Movarounnahr tarqoq
holdagi feodal davlatlardan iborat bo‘lgani uchun ham Tug‘luq Temur
qo‘shinlariga qarshi hamjihatlik bilan kurash olib boradigan kuch yo‘q edi.
Uning qo‘shinlari hatto hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryo tomon harakat
qila boshladi. Qashqadaryo hokimi Hoji Barlos aholining tinchligini,
osoyishtaligini ham o‘ylamay, dushmanga qarshi kurashni tashkil qilish
o‘rniga, mo‘g‘ul istilochilaridan hayiqib, o‘z qo‘shinlarini olib Amudaryo
sohilining narigi tomoni – Xurosonga qarab yo‘l oldi. Natijada Qashqadaryo
vohasining mehnatkash aholisi boshliqsiz, najotsiz qoldi. Mana shuning o‘zi
ham feodal aristokratiyasi va oddiy mehnatkash xalq orasidan kuchli shaxslar
yetishib chiqishini hayot taqozo etayotganini ko‘rsatar edi.
I. Mo‘minovning uqtirishicha, “Chig‘atoy ulusining zulmi, mayda feodal
beklarning vahshiyona ezishi, mo‘g‘ul xonlari, Oltin O‘rda beklarining
Movarounnahrdagi to‘xtovsiz bosqinchilik yurishlaridan azoblangan,
xonavayron bo‘lgan, 150 yil davomida chet el hukmronligidan tinkasi
qurigan mamlakatning, xalqning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy
zaruriyat Temurda, uning lashkarboshilarida ravshan ko‘rindi...”
2
.
Amir Temur 1336 yili Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or
qishlog‘ida, uncha badavlat bo‘lmagan, biroq ancha nufuzli barlos beklaridan
biri bo‘lgan Tarag‘ay oilasida tavallud topdi.
An’analarga muvofiq, Tarag‘ay o‘z o‘g‘liga otda yurishni, ov qilishni,
xat-savodni, islom dinining tartib-qoidalarini o‘rgatgan. Jumladan,
Sohibqiron bilim olishni yetti yoshidan boshlagani haqida o‘zining “Tarjimai
holi”da shunday yozadi: “Yetti yoshga to‘lganimda meni madrasaga olib
borishdi va qo‘limga so‘zlar jadvalini berishdi. Men o‘qiy boshladim va
erishgan muvaffaqiyatlarimdan behad xursand bo‘ldim
3
.
1
Мўминов
И
.
Амир
Темурнинг
Ўрта
Осиё
тарихида
тутган
ўрни
ва
роли
. –
Т
.,
1968. – 49-
б
.
2
O‘sha manba. – 50-b.
3
Бартольд
В
.
В
Do'stlaringiz bilan baham: