O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Абу
 
Абдуллоҳ
 
Муҳаммад
 
ибн
 
Исмоил
 
Ал
-
Бухорий
.
Ҳадис
. 1-
жилд

Ал
-
Жомиъ
ас
-
саҳийҳ
. – 
Т
., 1991. – 5-
б

2
Hadisning birinchi jildi 1991, to‘rtinchi jildi 1992, uchinchi jildi 1995, ikkinchi 
jildi 1996 yilda chop etilgan.
3
Qarang: 
Фирдавсий
 
Абулқосим
.
Шоҳнома
. 1-
китоб
. – 
Т
., 1975. – 8-
б
.
63


Abulqosim Firdavsiy 940–941 yillar atrofida Xurosonda Tus shahri 
yaqinidagi Boj qishlog‘ida dunyoga keldi. Baxtga qarshi uning shaxsiy 
hayoti haqida juda oz ma’lumotga egamiz. Shoir umrining oxirida o‘z 
vataniga kelib, Tusda vafot etgan bo‘lsa ham, ruhoniylar uning jasadini 
musulmonlar mozoriga dafn ettirmaganlar, uning jasadi otasidan qolgan 
bog‘ning bir chekkasiga ko‘milgan. Bu 1025 yil edi
1

IX–XIII asrlarda Markaziy Osiyo davlatlarida tasavvuf-so‘fiylik ta’limoti 
rivoj topdi. So‘fiylik (tasavvuf) islomdagi falsafiy-diniy oqimdir.
Markaziy Osiyo diyori ma’naviy xazinamiz bo‘lmish tasavvuf ta’limoti 
ravnaq topgan va hamisha amalda bo‘lgan muqaddas zamindir. Tasavvuf 
g‘oyalarining ibtidosi Qur’oni Karim oyatlariga borib taqaladi. Islom 
ta’limoti, tasavvuf ma’rifatini falsafiy, nazariy va amaliy yo‘nalishda davom 
ettirgan vatandosh mutafakkirlarimizning faoliyatlari bilan chambarchas 
bog‘liq.
Istiqlol asl ma’naviy xazinalarimizni o‘rganishga keng yo‘l ochdi. 
Tasavvuf ta’limotini o‘rganish sohasidagi dastlabki samara sifatida professor 
N. Komilovning “Tasavvuf” kitobi maydonga keldi
2
.
Xorazmlik allomalar Qur’oni Karim tafsiri bo‘yicha muhim asarlar 
yozganlar. Qomusiy olim az-Zamahshariyning shoh asari bo‘lgan va 
musulmon dunyosida keng tanilgan “Al-Kashshof” asari Quroni Karimga 
yozilgan mashhur tafsirdir. Asarning to‘liq nomi “Al-Kashshof an haqoiq it-
tanziyl va uyun il-ahoviyl fi vujuya it-ta’viyl” (“Qur’ondagi berk haqiqatlarni 
va uni sharhlash orqali rivoyatlar ko‘zlarini ochish”) dir. Az-Zamahshariy bu 
asarni yozishda mashhur tafsir, hadis, fiqx, ilm al-horiat, nahvu sarf, adab va 
boshqa shariat ilmlariga oid ko‘plab manbalardan keng foydalangan.
Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Jorulloh Zamahshariy (1075-
1144) dan juda ko‘p ilmiy meros qolgan. Uning “Al-mufassal” – arab 
grammatikasiga oid, “Asos al-balog‘a” («Notiqlik asoslari») arab tilining 
izohli lug‘ati asarlari mashhur. “Muqaddimat al-adab” («Adabiyotga kirish») 
asari esa arab tilining so‘z boyligiga bag‘ishlanadi va butun islom dunyosida 
qo‘llanilgan arab tilining ravnaqiga ulkan hissa qo‘shdi. Az-Zamahshariy 
tafsir, hadis, ilm al-qiroat, tilshunoslik, adabiyot, jug‘rofiyaga oid 50 dan 
ortiq asarlar yozgan. Shu bilan birga, fiqhga taalluqli “Ruus al-masoiya fi-l-
fikh” (“Fiqh turli masalalarning muhimi (boshi)”), “Ar-Roiz fi-i’lm il-faroiz” 
(“Meros huquqi ilmi bo‘yicha mashq”) nomli asarlar yozganligi uchun ham 
az-Zamahshariy Xorazm fiqh maktabining asoschisidir, deb aytishga haqli 
asoslar bor
3
.
Musulmon dunyosida mashhur bo‘lgan faqih – fiqhshunos olim 
Burhoniddin Marg‘inoniy haqida Abdulhay al-Lankaviy shunday deb 
yozgan: “U imom, qonunshunos bo‘lgan, hadisshunoslik bilan 
shug‘ullangan, Qur’onni yoddan tushirgan va tafsir qilgan, huquqiy 
bilimlarni to‘plab ularni yaxlit fan tartibiga keltirgan, o‘tkir tadqiqotchi, pok 
xudojo‘y inson, fan va adabiyotda tengi yo‘q, yuksak mahoratli 
1
O‘sha manba. – 11-b.
2
Qarang:
Комилов
 
Н

Тасаввуф
. 1-
китоб
. – 
Т
., 1996. 
3
Муқимов
 
З
.
 
Мовароуннаҳр
фиқҳ
мактаби
. – 
Самарқанд
, 1997. – 16-
б

64


huquqshunos, yozuvchi, shoir bo‘lgan”
1
. Demak, Markaziy Osiyolik 
fiqxshunoslar butun islom huquqi – shariat ilmlari taraqqiyotiga munosib va 
salmoqli hissa qo‘shganlar.
Tasavvuf ilmining buyuk namoyandasi Ahmad Yassaviy (1166–67 
yillarda vafot etgan) ning ota-bobolari silsilasi Muhammad Xanafiyga borib 
taqaladi. Buxoroda ilmu saboq olgan Ahmad Yassaviy o‘z shogirdlari orqali 
o‘zi asos solgan “Yassaviya” tariqatini Turkiston va Shosh (Toshkent) 
atrofidagi viloyatlarga tarqata boshlagan.
Movarounnahrda XII asrdan so‘ng “Yassaviya” tariqatidan ikki yirik 
tariqat paydo bo‘lgan. Birinchisi – “Naqshbandiya”, ikkinchisi – 
“Bektoshiya”, “Iqoniya” deb atalgan, uchinchi tariqat ham bo‘lgan, ammo u 
Toshkent viloyati atrofidan nariga o‘tmagan.
Ahmad Yassaviyning juda chuqur va boy mazmunga ega “Devoni 
hikmat”ida mutafakkirning so‘fiylik falsafiy dunyoqarashi aks etgan. Asarda 
ulug‘vor insoniy fazilatlar: oddiylik, mehr-muhabbat, sadoqat, haqiqat, 
adolat, hur fikrlilik, insonni insondan ayirmaslik kabi masalalar falsafiy 
nuqtai nazardan bayon qilinadi. Va aksincha, yomonlik, nodonlik, johillik, 
adolatsizlik, haqsizlik, saxovatsizlik, molparastlik kabi illatlar tanqid 
qilinadi. Bunday nuqsonli shaxslar insof va diyonatga chaqiriladi.
Markaziy Osiyoda tasavvuf falsafasining rivojlanishida xorazmlik buyuk 
alloma, sarkarda, dinshunos olim, shoir Ahmad ibn Umar ibn Muhammad 
Abdul Janob Najmiddin Kubro Al-Xivakiy (1145–1221 yillar) munosib o‘rin 
tutadi.
Uning nomidagi “Najmiddin” so‘zi dinning yulduzi, “Kubro” esa ulug‘ 
degan ma’noni anglatib, unga turli mamlakatlarda berilgan ilmiy darajani 
ifodalaydi. Najmiddin Kubro asos solgan kubroviya tariqati “oltin tariqat” 
deb atalgani ham bejiz emas. Kubroviya tariqatida diniylik bilan dunyoviylik 
chambarchas bog‘lanib ketgan. Unda kishilarning diniy e’tiqodi, xudoga 
bo‘lgan ishonchi, halollik, odamiylik, molu dunyoga hirs qo‘ymaslik, o‘z 
nojo‘ya ishlaridan tavba qilish, shahvoniy hirsu havolardan saqlanish 
lozimligi singari axloqiy g‘oyaviy talablar bir-biri bilan bog‘lanib ketgan.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish