O‘zbekiston tarixi


Partiyaning ittifoq, respublika, viloyat, shahar va tuman organlarida har



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi


Partiyaning ittifoq, respublika, viloyat, shahar va tuman organlarida har 
bir soha bo‘yicha o‘z bo‘limlari bo‘lgan. Masalan, uning tashkiliy, targ‘ibot-
tashviqot, og‘ir sanoat, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va boshqa sohalar bilan 
shug‘ullanuvchi bo‘limlari faoliyat ko‘rsatgan. Sohalar bo‘yicha 
vazirliklarning rahbarlari Vazirlar Mahkamasidan ko‘ra ko‘proq partiya 
markaziy komitetining bo‘limlariga itoat etgan, chunki ularning hayot-
mamoti asosan o‘sha yerda hal bo‘lgan.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimiga xos bo‘lgan yana bir xususiyat – 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning (Stalin davrida ular ko‘proq 
jazolovchi, qatag‘on qiluvchi organ sifatida namoyon bo‘ldi) hattoki partiya 
1
Qarang: 
Рабич
 
Р

Г

Формирование
и
развитие
социально
-
классовой
структу
-
ры
Узбекистана
. – 
Т
., 1991. – 
С
. 92. 
154


tashkilotlaridan ham xoli qilinib, bevosita partiya bosh kotibiga 
bo‘ysundirilib qo‘yilganligidir.
1930–1940 yillarda shakllangan ma’muriy buyruqbozlik tizimi ayrim 
juz’iy o‘zgarishlarni nazarga olmaganda, to SSSR tarqalib ketgunga qadar 
saqlanib qoldi.
1950–1960 yillarda partiya bosh kotibi N. S. Xrushchyov Stalinning 
o‘limidan so‘ng bu tizimning qo‘pol, yaqqol ko‘zga tashlanadigan qusurlarini 
tanqid qildi, sovetlarning mavqeini tiklashga, ittifoqdosh respublikalarning 
vakolatlarini kengaytirishga erishmoqchi bo‘ldi. Ammo u ham kommunistik 
partiyaning rahbarlik vazifasiga til tekkizmadi. Aksincha, 1977 yilga kelib 
yangi bosh kotib L. I. Brejnevning tashabbusi bilan kommunistik partiyaning 
jamiyatni boshqarishdagi rahbarlik vazifasi SSSRning uchinchi 
Konstitutsiyasida maxsus belgilab qo‘yildi, ya’ni partiyaning faoliyati har 
qanday nazoratdan xoli bo‘lishi ta’minlandi. Bu esa, o‘z navbatida, partiya 
xodimlarining qonunbuzarliklariga yo‘l ochib berdi.
Xo‘sh, ma’muriy buyruqbozlik tizimining salbiy tomonlari nimalardan 
iborat edi? 
Bu tizimning qabih tomoni shundan iboratki, u jamiyatning turli siyosiy, 
g‘oyaviy qarashlar raqobati va erkin tanlov asosida rivojlanishiga chek 
qo‘ydi. Natijada jamiyat o‘zini muvofiqlashtirib boruvchi mexanizmiga ega 
bo‘lmay qoldi. Shu bois, SSSR nafaqat ishlab chiqarishni rivojlantirish, balki 
mehnatkashlarning turmush darajasini yuksaltirish borasida ham rivojlangan 
G‘arb mamlakatlaridan ortda qoldi. Mamlakatda yuzaga chiqayotgan turli 
siyosiy, ijtimoiy, milliy muammolarni o‘z vaqtida va adolatli hal qilish 
imkoniyati bo‘lmaganligi bois, SSSRning o‘zi siyosiy inqirozga uchrab, 
tarqalib ketdi.
Davlatning, to‘g‘rirog‘i, ma’muriy buyruqbozlik tizimining manfaatiga 
ustun ahamiyat berilishi mehnatkashlarning qaqshatqich ekspluatatsiya 
qilinishiga olib keldi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, G‘arb mamlakatlarida 
milliy daromadning 70 %, SSSRda esa 20 % gina mehnatkashlarga oylik 
maosh sifatida qaytarilardi
1
. Maxsus o‘ylanib joriy qilingan ushbu tartib 
aholining boyishiga yo‘l qo‘ymagan va uni tobelikda saqlab turish uchun 
kerak bo‘lgan. Eng oddiy ishchidan tortib, yuqori lavozimdagi amaldorgacha 
hech kim o‘z rahbarlariga qarshi chiqa olmagan.
Yuqoridan turib rejalashtirish va taqsimlashga asoslangan tizim 
ma’naviyatning ham inqirozga yuz tutishiga olib keldi. Turli darajadagi 
hokimiyat organlariga moddiy va boshqa boyliklarni taqsimlash 
funksiyasining berilishi mansab vakolatini suiiste’mol qilish, poraxo‘rlik, 
laganbardorlik kabi illatlarning avj olishiga imkon yaratdi. Sekin-asta 
aholining ongida «bermasang, hech narsaga erisha olmaysan» degan 
tushuncha qaror topdi. Buning ustiga, mulkning umumiyligi (aniqrog‘i, 
egasizligi) ommaviy miqyosdagi tashmachilikni tabiiy hol sifatida 
baholashga va boqimandalik kayfiyatining shakllanishiga turtki bo‘ldi.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimi o‘z faoliyati davomida faqat markazning 
manfaatlarini inobatga olganligi uchun ittifoqdosh respublikalarning 
1
Qarang: 
Хидоятов
 
Г

А

Национальный
вопрос
в
СССР
. – 
Т
., 1991. – 
С
. 66. 
155


huquqlarini poymol qildi, ularning ehtiyojlari bilan hisoblashmadi. Natijada 
respublikalarning rivojlanishida nomutanosiblik va bir tomonlamalik avj 
oldi. Xususan, O‘zbekistonda paxta yakkahokimligi o‘zining barcha salbiy 
oqibatlari bilan respublikaga juda katta ziyon keltirdi.
Nihoyat, ma’muriy buyruqbozlik tizimi ijtimoiy hayotning barcha 
jabhalarida nafaqat sotsializm qurish g‘oyasiga qarshi chiqqanlarni, balki 
sotsializmni o‘zicha talqin qilganlarni, hattoki unga nisbatan betaraf 
qolganlarni ham qatag‘on qilish siyosatiga asos soldi. Kommunistik 
Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish