O‘zbekiston tarixi


partiyaning rahbarlari buni yaxshi tushunganlar. Ishyoqmaslarga nisbatan



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi


partiyaning rahbarlari buni yaxshi tushunganlar. Ishyoqmaslarga nisbatan 
V. I. Leninning fikricha, ming xil choralar ko‘rish mumkin. Masalan, 10–15 
kun qamab qo‘yish, hojatxonalarni tozalashga majbur qilish, safga turg‘izib, 
har o‘ntasidan bittasini otib tashlash va h.k
1
.
Leninning bu taklifi keyinchalik qonun darajasiga ko‘tarildi va sotsialistik 
ishlab chiqarishda ishtirok etmagan kimsalar jinoiy javobgarlikka tortilishi 
belgilab qo‘yildi. Masalan, 1960 yil 27 oktabrda tasdiqlangan RSFSR Jinoyat 
1
Qarang: 
Ленин
 
В

И

Тўла
асарлар
тўплами

Т
. 35. – 204-
б

156


kodeksining 209-moddasida daydilik yoki gadoylik bilan hayot 
kechirayotganlarga bir yildan ikki yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum 
qilish jazosi belgilangan. RSFSR Oliy Soveti Prezidiumining 1984 yil 13 
dekabrdagi qarori bilan yuqorida ko‘rsatilgan toifalarga mehnat qobiliyatiga 
ega bo‘la turib, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmaganlar ham 
kiritilgan
1
. Aniqroq aytganda, har qanday davlat korxonalarida (kolxoz, 
artellar ham nazarda tutilyapti) ishlamaganlar tekinxo‘r hisoblanib, jinoiy 
javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan. RSFSRning kodekslari namunaviy 
hisoblangan va boshqa ittifoqdosh respublikalar uning qoidalarini deyarli 
o‘zgarishsiz o‘z kodekslarida aks ettirganlar.
Endi ko‘z o‘ngingizga keltiring. Agar mazkur qonunga amal qilinsa, erkin 
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan qanchadan-qancha 
shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘ladi, shunday bo‘lgan 
ham. Demokratiyaga xilof ushbu tartibni joriy qilishdan maqsad bitta – hech 
kim quyushqondan chiqib ketmasligi kerak. Agar biron kimsa erkin mehnat 
faoliyati bilan shug‘ullansa, mavjud tuzumni mensimay qo‘yib, unga qarshi 
chiqishi mumkin. Hokimiyat esa bunga aslo yo‘l qo‘ya olmas edi. Uning 
asosiy prinsipi – tobelik, manqurtlikni shakllantirish bo‘lgan.
Bizningcha, eng ommaviy qatag‘on qishloq aholisiga, birinchi navbatda, 
dehqonlarga nisbatan amalga oshirilgan. Dehqonlarga turli yo‘llar bilan 
tazyiq o‘tkazilgan. Masalan, boylardan yollanma ish kuchidan foydalanyapti, 
deb yerlari tortib olingan. 1921–1922 yillarda yer-suv islohoti bahonasida 1,3 
mln. desyatina (desyatina – taxminan 1 gektar) yer tortib olinib, davlat va 
jamoa xo‘jaliklari tuzilgan
2
. Qarshilik ko‘rsatgan dehqonlar jinoiy 
javobgarlikka tortilganlar yoki chet elga qochib qutilganlar.
Sovet tizimi amal qilgan dastlabki davrda dehqonlarni nazorat qilishning 
bir turi kontraktatsiya edi. To‘rt jildlik «O‘zbekiston SSR tarixi»da qayd 
qilinishicha, kontraktatsiya davlat uchun mayda tovar dehqon xo‘jaligini 
rivojlantirish ustidan nazorat o‘rnatishning muhim vositasi bo‘lib, davlat shu 
kontraktatsiya orqali stixiyali bozor munosabatlarini cheklab turish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan. 1928 yildayoq O‘zbekistonda paxta va pilla 
tayyorlashning 100 %, qorako‘l teri tayyorlashning 82 %, jun tayyorlashning 
70 % va quruq meva tayyorlashning taxminan 60 % kontraktatsiya asosiga 
ko‘chirildi
3
. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, hatto «yangi 
iqtisodiy siyosat» amalda bo‘lgan vaqtda ham o‘zbek dehqonlari erkin 
faoliyat ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum bo‘lganlar.
Kolxozlashtirish davriga kelib dehqonlarni qatag‘on qilishning yangi 
usuli, ya’ni ularni ota-bobolari asrlar davomida yashab kelgan joylardan 
badarg‘a qilish qo‘llanila boshlandi. Undan tashqari, avvallari boy va 
quloqlar qatag‘on qilingan bo‘lsa, endi bu chora o‘rtahol dehqonlarga 
nisbatan qo‘llanila boshlandi. Faqat 1930 yilning o‘zida O‘zbekistonda 2648 
nafar o‘rtahol dehqonning xo‘jaligi «quloq» sifatida tugatildi va 1944 ta oila 
1
Qarang: 
Уголовный
кодекс
РСФСР
с
постатейными
комментариями
. – 
М
., 
1987. – 
С
. 113, 117. 
2
Qarang: 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish