hisoblashmaslik yanada yorqinroq namoyon bo‘ldi. Masalan, birinchi besh
yillikning oxiriga borganda (1934 y.) 1924 yilga nisbatan 8 martadan
ortiqroq paxta yetishtirish rejalashtirildi. Tabiiyki, reja bajarilmadi,
bajarilishi ham mumkin emas edi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida
nomutanosiblik vujudga keldi. G‘alla, bog‘dorchilik mahsulotlarining hajmi
o‘rta hisobda 1,5 barobargacha kamaydi
1
.
Paxta yetishtirishni ko‘paytirish bilan bog‘liq harakatlardan yana bir
misol. Uzunligi 270 km bo‘lgan Katta Farg‘ona kanali mislsiz og‘ir va qiyin
sharoitda, faqat qo‘l kuchi, ketmon, belkurak, zambil vositasida 45 kunda
qurib bitkazildi. Xalqqa nisbatan shunchalik jabr-zulm bilan bog‘liq
tezkorlik, shoshma-shosharlik qanchalik zarur bo‘lganligini o‘ylab ko‘rish
ham sovet davlatiga xiyonat hisoblangan.
Shu tariqa, 30-yillar oxiriga kelib, SSSRning iqtisodiy tizimi aniq bir
shaklga ega bo‘ldi. Uning asosini quyidagilar tashkil etdi:
– asosiy ishlab chiqarish vositalari davlat mulkiga, qolganlari jamoat
mulkiga aylantirilib, davlat nazoratiga olindi;
– markazlashgan boshqaruv, rejalashtirish va taqsimlash usuli
mutlaqlashtirildi;
– ishlab chiqarish iqtisodning rivojlanish qonuniyatlariga emas, balki
butun dunyoda sotsialistik tizimni o‘rnatishdek siyosiy g‘oyaga
bo‘ysundirildi;
– ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga alohida ahamiyat berildi;
– ittifoqdosh respublikalar iqtisodini tashkil qilishda mahalliy sharoit
inkor etilib, unga markaziy boshqaruvning bir elementi sifatida qarab kelindi.
Ana shu tizim deyarli SSSR tarqalib ketgunga qadar ba’zi bir juz’iy
o‘zgarishlar bilan saqlanib qoldi. Uning asosini tubdan isloh qilish masalasi
biron marta kun tartibiga qo‘yilmadi, chunki bunday islohot sotsializm
g‘oyasini inkor qilishga olib kelishi mumkin edi. Lekin, iqtisodiy tizim
qandayligidan qat’i nazar, ishlab chiqarish rivojlandi, mehnatkashlarning
turmush darajasi ham ko‘tarildi. Bu fikrni tasdiqlash uchun ba’zi dalillar
keltirish ham mumkin. Masalan, rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 1960–
1985 yillarda O‘zbekistonning milliy daromadi – 4,3; sanoat ishlab chiqarishi
– 4,9; qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hajmi – 2,3 marta oshdi
2
. Shu davrda
respublika keng ko‘lamdagi qurilish maydoniga aylandi. Sirdaryo GRESi,
Buxoro va Andijon to‘qimachilik kombinatlari, Namangandagi ipak va
kostumbop gazmol ishlab chiqarish kombinati, Xivadagi gilam fabrikasi kabi
yirik sanoat korxonalari ishga tushirildi, Chorvoq, Tuyamo‘yin va Qoradaryo
suv omborlari yaratildi
3
.
Yuqoridagi raqamlarda bo‘rttirib ko‘rsatish, qo‘shib yozish elementlari
mavjud bo‘lishi mumkin, lekin har holda, o‘sishni inkor etib bo‘lmaydi.
Erishilgan natijalar, aslida, birinchi navbatda, bardoshli o‘zbek xalqining har
qanday qiyinchiliklarga, yetishmovchiliklarga qaramay qilgan tinimsiz
mehnatining mahsulidir. Bu natijalardan O‘zbekiston xalqi yetarli darajada
1
Qarang:
Народное
хозяйство
Узбекской
ССР
за
50
лет
. –
Т
., 1974. –
С
. 43-
б
.
2
Qarang:
Народное
хозяйство
Узбекской
ССР
за
60
лет
. –
Т
., 1984. –
С
. 19.
3
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: