O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

12-ma’ruza
 
SOVETLAR DAVRIDA O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY VA 
MA’NAVIY QARAMLIGI HAMDA BUNING OQIBATLARI 
1. Sovetlar davrida O‘zbekiston xalq xo‘jaligini qayta 
tashkil qilish natijalari va muammolari 
Sovet imperiyasi hukmronlik qilgan deyarli 74 yil mobaynida xalq 
xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarishning jahon tajribasidan o‘zgacha uslubi 
yuzaga keldi. Ushbu tizimga xolisona baho berish – ancha qiyin ish. Buning 
bir qancha sabablari bor.
Bugungi kunda mustaqillikka erishgan respublikamiz ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy hayotiga faol ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 30–40 yoshlardagi 
fuqarolar sovet ta’lim tizimida tarbiya ko‘rib, mutaxassislikka ega bo‘lganlar, 
ularning dunyoqarashi ham kommunistik mafkura tazyiqi ostida shakllangan. 
Shuning uchun nafaqat katta yoshdagi, balki nisbatan yosh bo‘lganlarning 
ham bir qismida sho‘rolar tizimiga qandaydir xayrixohlik bor, deb 
o‘ylaymiz. Ularning fikrini tasdiqlaydigan dalillar ham topiladi.
Tan olishimiz kerakki, sho‘rolar davrida sanoat korxonalari keng 
ko‘lamda qurildi, qishloq xo‘jaligini tashkil qilishning yangicha shakllari 
yaratildi, ta’lim tizimi tubdan o‘zgartirildi va muayyan natijalarga erishdi. 
Ushbu tashkilot va muassasalarning faoliyati markazning manfaatlariga 
moslashtirilganligi boshqa masala. Xalqning turmush darajasi ham bir joyda 
muqim to‘xtab qolgani yo‘q.
Natijalarga baho berishdan oldin bir narsani eslatib qo‘ymoqchimiz. 
Muammoni tahlil qilar ekanmiz, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy va 
siyosiy boshqaruvni tashkil qilishda uning asosiy yo‘nalish va usullarini 
mustaqil belgilay olmaganligini yodda tutishimiz lozim. U to‘laligicha 
markazning irodasiga bo‘ysunishga majbur edi. Shuning uchun u yoki bu 
faoliyatga beriladigan baho, birinchi navbatda, sobiq Ittifoq hokimiyatiga 
taalluqli, deb hisoblamoq kerak.
Undan tashqari, sho‘rolar davrida hayot to‘xtab qolgani yo‘q. Ko‘plab 
sanoat korxonalari qurildi, millionlab gektar yangi yerlar o‘zlashtirildi. 
Bularni ko‘r-ko‘rona inkor etib bo‘lmaydi. Boz ustiga, sodir bo‘lgan 
o‘zgarishlar asosida, birinchi navbatda, O‘zbekiston xalqining mashaqqatli 
mehnatlari, qiyinchiliklar va yetishmovchiliklarga chidam-bardoshi, sabr-
toqati yotadi.
Shunday ekan, sho‘rolar davridagi 74 yil davomida yuzaga kelgan 
o‘zgarishlarga xolisona baho berish uchun qanday mezonlarni, usullarni 
qo‘llash kerak? Bu borada birmuncha noaniqliklar mavjud.
Bizningcha, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti o‘z asarlarida 
o‘tmishga baho berish metodologiyasi haqida aniq-oydin fikrlarni bayon 
qilgan. Jumladan I. 
A. 
Karimov shunday deb ta’kidlaydi: «Bizning 
maqsadimiz... bir necha avlod mehnati bilan yaratilgan narsalarni 
yo‘qotmaslik, ularning eng yaxshilarini saqlab qolish, demokratik 
166


me’yorlarga, milliy manfaatlarimizga, mustaqilligimizga mos 
kelmaydiganlarini qayta tashkil etishdan, mazkur tuzilmalarni yangi mazmun 
bilan boyitishdan iboratdir. O‘zbek xalqining boy madaniyati, ta’lim, maorif 
tizimi, fan totalitarizmdan qolgan meros deb parchalab tashlanishi mumkin 
emas...»
1
. Ushbu mavzuning bosh muammosini ana shu merosning qaysi 
qismidan voz kechish, qaysi birini saqlab qolishni aniqlash tashkil qiladi, 
desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, kelajakka zamin yaratish 
ma’nosini bildiradi.
1917 yilda jamiyat ijtimoiy hayotini kuch ishlatib o‘zgartirishga kirishgan 
kommunistlar iqtisodiyotni tashkil qilishda oldindan belgilangan aniq 
prinsiplarga amal qilish kerakligini nazariy jihatdan o‘zlashtirib olgan 
bo‘lishlariga qaramay, amaliyotda bir qancha o‘zaro zid bosqichlarni bosib 
o‘tishga majbur bo‘ldilar. Bular «harbiy kommunizm», «yangi iqtisodiy 
siyosat» va bevosita «sotsialistik ishlab chiqarish» kabilardir.
Sho‘ro hokimiyati iqtisodni tashkil qilishda sotsialistik ishlab chiqarishga 
o‘tish masalasini amaliy vazifa sifatida taxminan 1929 yilda kun tartibiga 
qo‘ydi.
Avvalo, sotsialistik ishlab chiqarishning asosini nima tashkil qiladi, degan 
savolga javob berish lozim. 1977 yilda qabul qilingan sobiq Ittifoq 
Konstitutsiyasining 10-moddasida ko‘rsatilishicha, SSSR iqtisodiy tizimining 
negizini asosiy ishlab chiqarish vositalariga davlat (umumxalq) va kolxoz-
kooperativ mulki shaklidagi sotsialistik mulk tashkil qiladi
2
. Ana shu norma 
va prinsipni sotsialistik ishlab chiqarishning bosh mezoni sifatida qaror 
toptirish uchun harakat, yuqorida eslatganimizdek, 30-yillarning boshlarida 
boshlandi.
Iqtisodiyotni qayta tashkil qilishda bolsheviklar partiyasining rahbariyati 
ikki g‘oyaga tayandi. Bular sanoatlashtirish (industrlashtirish) va 
jamoalashtirish (kolxozlashtirish) g‘oyalaridir.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish