ularni ham xalq dushmaniga aylantirish mumkin-ku?
Uchinchidan, O‘zbekiston KP(b) MK plenumi qarorining «a»
bandiga
e’tibor qiling. Unda A. Ikromov fosh etilgan xalq dushmanlarining rahbarlik
lavozimlariga chiqib olishlariga imkon yaratganlikda ayblanyapti. Ammo,
agar F. Xo‘jayev nazarda tutilayotgan bo‘lsa, u 1924 yilda A. Ikromovdan
kattaroq lavozimda ishlagan va shu bois, ayblov oddiy mantiqqa ham to‘g‘ri
kelmaydi. Undan tashqari, partiyada o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, shaxs
respublika bo‘yicha bironta e’tiborga molik lavozimga tayinlanishi yoki
saylanishidan avval partiya markaziy komitetida, xususan Stalin va boshqa
rahbarlar huzurida suhbatdan o‘tishi shart bo‘lgan. Demak, «xalq
dushmanlari»ning yuqori lavozimlarga tayinlanishida Stalin va uning
safdoshlarining ham aybi bor. U holda, nima
uchun ular javobgarlikka
tortilmadilar?
To‘rtinchidan, A. Ikromov oddiy partiya a’zolarining F. Xo‘jayevni
tanqid qilishlariga yo‘l qo‘ymaganlikda ayblanyapti. O‘zingiz o‘ylang,
rasmiy ravishda sud ayblovi e’lon qilinmagan shaxsning mitingda jinoyatchi
deb qoralanishi qaysi huquqqa to‘g‘ri keladi? Bu sharoitda aybsizlik
prezumsiyasi nima bo‘ladi? Undan tashqari, miting qatnashchilari tergov
materiallari bilan tanish bo‘lmasa, qaysi asosga ko‘ra F. Xo‘jayevni tanqid
qilishlari mumkin. Maqsad aniq – mitingchilar yuqoridan kelgan
ko‘rsatmalarni ko‘r-ko‘rona tasdiqlashlari va sudni bu materiallar bilan
qurollantirishlari lozim bo‘lgan.
Beshinchidan, plenumning yana bir qarori, ya’ni A. Ikromovni darhol
hisbga olishning talab qilinishi. Sudlovga,
tergovga bevosita aloqasi
bo‘lmagan partiya Markaziy komitetining bunday talabni qo‘yishi endilikda
taajjublanarli emas, chunki u huquqni muhofaza qiluvchi organlarning
vazifalarini ham o‘zlashtirib olgan va ular ustidan o‘z hukmronligini
o‘rnatgan edi.
Keltirilgan dalillardan, kommunistik partiyaning qonunchilik bilan
umuman hisoblashmaganligidan tashqari, o‘z foydasi uchun har qanday
soxtalashtirilgan ishdan ham qaytmaganligi ko‘rinib turibdi. Lekin Stalin
uchun buning ahamiyati yo‘q edi. 1938 yil 13 martda sud mazkur guruhga
kirgan 15 kishini, jumladan F. Xo‘jayev va A. Ikromovni oliy jazoga – otib
o‘ldirishga hukm qildi. Ertasiga hukm ijro etildi.
O‘zbekistonning kelajagi uchun ulkan hissa qo‘shgan
buyuk insonlarning
hayoti ana shunday fojiali tugadi. Shubha yo‘qki, A. Ikromov, F. Xo‘jayevda
ham xato va kamchiliklar bo‘lgan, aybsiz – Parvardigor. Lekin bir narsa aniq
– ular o‘zbek xalqi va Vatan kelajagi, uning ravnaqi uchun halol xizmat
qilganlar, markazning tazyiqini susaytirish borasida bor imkoniyatlardan
foydalanganlar. Afsuski, ular aynan shu xizmatlari uchun «aybdor» bo‘ldilar,
chunki bu xalqning o‘zligini tanishiga va oxir-oqibat mustaqillikka
chiqishiga olib kelishi mumkin edi. Rasman qo‘yilgan ayblar – Sovetlarga
qarshi kurash, trotskiychilarga qo‘shilish, chet el razvedkasiga xizmat qilish
va boshqalar esa KPSSning XX syezdidan keyin uydirma ekanligi to‘liq
isbotlandi. Lekin ular yuridik jihatdan oqlangan bo‘lishlariga qaramay,
siyosiy tomondan faqat O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingina
163
oqlandilar.
Siyosiy qatag‘onlar eng avjiga chiqqan davrlarda «nomaqbul shaxslarni»
«aksilsho‘roviy» harakatlari uchun javobgarlikka tortish jarayonini
tezlashtirish maqsadida jahon yuridik amaliyotida
umuman uchramagan
yangi usul joriy qilindi, ya’ni «uchlik» tashkil qilindi. Hududning partiya,
sovet va ichki ishlar komissariati rahbarlaridan iborat mazkur organ
javobgarlikka tortish masalasida qaror chiqaradigan oxirgi instansiya
bosqichi bo‘lgan. «Uchlik»da aksariyat vaqtda Ichki ishlar xalq komissarligi
vakilining fikri ustun ahamiyatga ega bo‘lgan. Ana shu organning tashabbusi
bilan O‘zbekistonda 1937–1939 yillarning o‘zida 41 ming nafar shaxs
qamalgan, ulardan 37 mingi jazoga hukm qilingan, 6 ming 920 kishi otib
tashlangan. Umuman, 1939–1953 yillarda 61 ming 799 kishi qamaldi.
Shulardan 56 ming 112 kishi turli muddatlarga
ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilingan, 7 ming 100 kishi esa otib tashlangan
1
.
«Uchlik»larning qanchalik jadallik bilan ish olib borganligini quyidagi
misolda ko‘rsatish mumkin. Ushbu organda kotiblik vazifasini bajargan
shaxsning keyinchalik tan olishicha, «uchlik» har soatda 100 ga yaqin ishni
ko‘rgan, hukm esa ikki xil: oliy jazo – otib o‘ldirish yoki yozishma olib
borish cheklangan holda, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish bo‘lgan.
Qaror chiqqanidan so‘ng, hukm darhol ijro etilgan
2
. Qatag‘onlik
shu bilan
yakunlanmadi. U urushdan keyingi yillarda yana davom etdi. Uning oxirgi
nuqtasi 1983–1990 yillarga to‘g‘ri keldi.
Bu davrga kelib sovet imperiyasi inqirozining ba’zi ko‘rinishlari ochiq-
oydin namoyon bo‘la boshladi. Partiya va sovet apparatining barcha
bosqichlarida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar xodimlarning poraxo‘rlik,
mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa jinoiy harakatlarga berilib
ketganliklari tufayli ijtimoiy hayotni qayta izga tushirish amrimahol bo‘lib
qoldi. SSSR rahbariyati vaziyatni qo‘ldan chiqarmaslik uchun favqulodda
choralarni ko‘rishga majbur bo‘ldi. Buning uchun bironta ittifoqdosh
respublika misolida o‘rnak bo‘larli jazo tadbir o‘tkazish zarur edi.
Uni amalga oshirish uchun O‘zbekistondan qulay respublika yo‘q edi.
Chunki ittifoqda katta obro‘ga ega bo‘lgan SH. Rashidov olamdan o‘tgan,
uning o‘rnini markaz izmidan chiqmaydigan I. B. Usmonxo‘jayev egallagan
edi. Boz ustiga, kimning topshirig‘i bo‘lishidan qat’i nazar, uning
O‘zbekistondagi vaziyatni o‘zgartirishda yordam
berishni iltimos qilib
Moskvaga murojaat qilganligi qo‘l keldi.
Bundan tashqari, partiya Markaziy Komitetining o‘z tadbirini o‘tkazish
uchun O‘zbekistonni tanlaganligining yana bir sababi – o‘zbek xalqining
hokimiyatga haddan tashqari hurmat bilan qarashi, ortiqcha sabr-
toqatliligidir. Natijada «O‘zbeklar ishi», «Paxta ishi» deb nomlangan
qatag‘onlar uyushtirildi. Ko‘pdan-ko‘p halol mehnatkashlar, xo‘jalik, sovet,
Do'stlaringiz bilan baham: