Икрамов
А
.
Избранные
труды
.
Т
. 2. –
Т
., 1972. –
С
. 59.
159
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov yuqoridagi sudlov ishlari kelib
chiqishining sababini quyidagicha izohlagan: «Kommunistik ideologlar va
siyosatchilar... odamlarda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usining o‘sish
jarayonini ataylab tajovuzkor, siyosiy tus berilgan millatchilik bilan
almashtirib qo‘ygan edilar... Markaz ittifoqdosh respublikalar va milliy
chekka o‘lkalardagi e’tiqodiga ko‘ra, ilg‘or va xalqiga sadoqatli kishilarni
«millatchilikda» ayblab, qatag‘on qilgandi
1
.
Ulug‘ Vatan urushi arafasida va uning yakuniy davrida «millatchi»,
«sotqin» tamg‘alarining bosilishi sovet imperiyasi milliy siyosatining eng
muhim ko‘rinishlarida namoyon bo‘ldi. 1940 yillarning o‘rtalarida qrim
tatarlari, mesxeti turklari, chechenlar, qalmiqlar, nemislar va shu kabi 20 ga
yaqin butun boshli xalqlar turli bahonalar bilan O‘zbekistonga ko‘chirib
keltirildi
2
. Qrim tatarlari o‘z vatanlariga qaytish, o‘zlariga yopishtirilgan
«sotqin xalq» tamg‘asini yo‘q qilish uchun deyarli yarim asr kurashdilar. Bu
surgunning asoratini qrim tatarlari shu bugungi kungacha sezib turibdilar.
1988 yilda bir qism aholining mesxeti turklari bilan yuz bergan to‘qnashuvi
bir qancha qurbonlarga olib keldi va respublikamizdagi barqarorlikka salbiy
ta’sir ko‘rsatdi.
Qatag‘onlik siyosatining yana bir mudhish ko‘rinishlaridan biri dinga,
ruhoniylarga va, umuman, har qanday insonning diniy e’tiqodiga qaratilgan
tajovuz bo‘ldi.
Kommunistik partiyaning islom diniga munosabati O‘zbekiston
Kompartiyasining 1927 yilda bo‘lib o‘tgan VI plenumi qabul qilgan
«Musulmon ruhoniylari va maktab to‘g‘risida»gi qarorida qayd qilingan.
Uning mohiyatini quyidagi ko‘rsatmalar ifodalaydi:
– islom o‘zga dinlar kabi madaniyat, proletariat g‘oyalarini rivojlantirish
va sotsializm qurilishini taraqqiyotga erishtirish yo‘lidagi to‘siqdir;
– ruhoniylarning tinch islohotchi yoki taraqqiychi deb atalmish qismi
o‘zga guruhlar kabi partiya va sovet hokimiyatining asosiy tadbirlarini
amalga oshirishga qarshilik qiladigan antisovet kuchdir;
– ruhoniylar islom dinini va uning tashkilotlarini yo‘qsillar diktaturasiga
qarshi qurolga aylantirish, ularni mavjud sharoitga moslashtirish uchun
barcha choralarni ko‘ryaptilar;
– kommunizm va din bir-biriga butunlay qarama-qarshi ekanligini va
ularni hech qachon birlashtirish mumkin emasligini kommunistlar, ayniqsa,
faollar tushunib yetishlari kerak
3
.
Ushbu ko‘rsatma joylardagi partiya va sovet tashkilotlarining dinni
tugatish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishlari uchun asos
bo‘ldi. Prezident I. A. Karimov ta’kidlaganidek, «din sun’iy ravishda
mafkuraviy kurashning o‘ta qizg‘in jabhalaridan biriga aylantirib qo‘yilgan
edi. Islom dinining o‘ng minglab mo‘tabar ruhoniylari qatag‘on qilindi.
1
Qarang:
Каримов
И
.
А
.
Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида
Т
. 6.
Т
.,
1998. 79–80-
б
.
2
O‘sha manba. – 81-b.
3
Qarang:
Коммунистическая
партия
Узбекистана
в
резолюциях
...
Т
. 1. –
Т
.,
1987. –
С
. 301–303.
160
Minglab machitlar va yuzlab madrasalar buzib tashlandi»
1
. Ba’zi
ma’lumotlarga qaraganda, Oktabr qurolli qo‘zg‘olonigacha Samarqandda –
150, Toshkentda – 387 ta masjid va madrasa bo‘lgan bo‘lsa, 30-yillarning
o‘rtalariga kelib ular deyarli qolmadi
2
. Vaziyat shu darajaga borib yetdiki,
nafaqat ruhoniylar qatag‘on qilindilar, balki hatto dehqonlar ham diniy
e’tiqodlari uchun kamsitildilar. Masalan, faqat Andijon viloyatining Qorasuv
tumanida 536 nafar dehqon islom diniga e’tiqodi uchun siyosiy huquqlaridan
mahrum qilindi
3
. Odamlar salla o‘raganliklari, uylarida Qur’on yoki arab
imlosida yozilgan boshqa har qanday kitob saqlaganliklari uchun ham
qatag‘onga uchraganlar. O‘rta asrlardagi Yevropa inkvizitsiyasi yoki
fashistlar Germaniyasi vaqtidagidek eski kitoblarga o‘t qo‘yilgan. Umuman
din, xususan, islom dini o‘zining haqiqiy mavqeiga faqat mustaqillik
tufayligina ega bo‘ldi.
Qatag‘onlik siyosatidan eng katta zahmat chekkanlar qatoriga ziyolilarni
kiritish lozim. Ma’lumotlarga qaraganda, faqat 1936 yilning oxiri va 1937 yil
davomida O‘zbekistonning turli viloyatlaridan ilm-fan, adabiyot, jurnalistika,
maorif va boshqa sohaning 5758 nafar ziyolilari qatag‘on qilinganlar, ulardan
4811 nafari otib o‘ldirilgan. Ular orasida bugun hammaga ma’lum bo‘lgan
Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Sulaymon
(Cho‘lpon), Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy (Julqinboy), Usmon Nosir
kabi o‘zbek xalqi madaniyatining rivojlanishiga buyuk hissa qo‘shgan
olijanob insonlar ham bor edi
4
. Biz bugun hammaga tanish bo‘lgan
insonlarnigina sanab o‘tdik, aslida qatag‘on qilinganlarning ko‘pchiligi hali
xalqimizga tanish emas. Ularning har biri haqida doston yozish mumkin.
Qatag‘onlikning eng yuqori nuqtasi 1936–1937 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu
davrda eng yuqori lavozimda ishlayotgan partiya va sovet rahbarlarini
jismonan yo‘q qilish boshlandi. 1937 yil 16–19 sentabrda O‘zbekiston
Kompartiyasining III plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda, jumladan VKP(b)
MKning O‘zbekiston Kompartiyasiga xati, KPSS MK vakili
A. A. Andreyevning A. Ikromov to‘g‘risidagi axboroti va A. Ikromovning
tushuntirishi ko‘rib chiqildi. Masalaning Plenum kun tartibiga kiritilishiga
VKP(b) MKning I. Stalin va V. M. Molotov imzosi bilan yo‘llangan xati
asos bo‘ladi. Xatda, xususan quyidagilar qayd qilinadi:
a) hibsga olingan Buxarin, Xo‘jayev, Razumov, Rumyansev, Polonskiy,
Xo‘janov, Antonov, Risqulovlarning ko‘rsatuvlari;
b) Ikromovning Buxarin, Xo‘jayev, Antonov, Razumov, Rumyansevlar
bilan yuzlashtirish protokollari;
v) Ikromovning arizasi bilan tanishib chiqib, VKP(b) Markaziy Komiteti
o‘rt. Ikromov burjua millatchilari va o‘zbek xalqining ashaddiy dushmanlari
(Xo‘jayev, Xo‘janov, Boltaboyev, Tojiyev, Karimov) va boshqalarga
nisbatan siyosiy ko‘rlik qilibgina qolmay, ba’zan ularga homiylik ham
qilgani.
1
Каримов
И
.
А
.
Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида
.
Т
. 6. – 56-
б
.
2
Qarang:
Коммунист
Узбекистана
. – 1990. –
№
10. –
С
. 87.
3
Qarang:
Голованов
А
.
А
.
Крестьянство
Узбекистана
... –
С
. 132.
4
Qarang:
Шамсутдинов
Р
.,
Каримов
Ш
.
Ватан
тарихи
. – 406-
б
.
161
Aftidan Ikromovning Moskvadagi o‘ng trotskiychi aksilsho‘roviy
guruhlar rahbarlari (Buxarin, Antipov va boshqalar) bilan aloqasi
bo‘lganligini inobatga olib, ushbu xatni O‘zbekiston Kompartiyasi MKning
plenumida ko‘rib chiqish taklif qilinadi.
O‘zbekiston Kompartiyasi MK quyidagicha qaror qabul qildi.
O‘zbekiston KP(b) MKning Birinchi kotibi Ikromov:
a) hozirgi kunda fosh etilgan xalq dushmanlarining partiya va sovet
organlaridagi rahbarlik lavozimlariga chiqib olishlariga to‘la imkon
berganligi;
b) hozirgi kunda hibsga olingan xalq dushmanlari – Karimov, Sexer,
Boltaboyev, Shermuhammedov va boshqalarni himoya qilgani hamda fosh
etilishiga xalaqit berganligi, ular bilan yaqindan aloqada bo‘lib, oddiy partiya
a’zolarining ashaddiy xalq dushmani F. Xo‘jayevni tanqid qilishiga yo‘l
qo‘ymaganligi;
v) o‘zining 1923 yilda trotskiychilar bilan aloqada bo‘lganligini
O‘zbekiston partiya tashkilotidan yashirganligi aniqlandi, deb hisoblaydi.
MK plenumi Ikromov homiyligida o‘zbek xalqining ashaddiy
dushmanlari bo‘lgan trotskiychi o‘ng va burjua millatchi unsurlar (Xo‘jayev,
Sexer, Boltaboyev, Nemsovich, Manjara, Moor, Shermuhammedov,
Karimov, Zyakina, Tojiyev va b.) MK byurosi va boshqa muhim
lavozimlarga ko‘tarilib olganliklari hamda uzoq vaqt dushmanlik faoliyati
bilan shug‘ullanganliklarini aniqladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, O‘zbekiston KP(b) MKning
III plenumi shunday qaror qiladi: «Ikromov MKning Birinchi kotibi
vazifasidan ozod qilinsin, O‘zbekiston KP(b) MK tarkibidan chiqarilsin,
Do'stlaringiz bilan baham: |