O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Milliy kadrlar
. Hatto 1932 yilda ham boshlang‘ich sinflarda dars 
beruvchi o‘qituvchilarning 72,5 % bor-yo‘g‘i boshlang‘ich ma’lumotga ega 
bo‘lgan. Pedagogika institutlarni (o‘sha vaqtda ular ikki yillik bo‘lib, 
ularning maqomi taxminan o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga teng bo‘lgan) 
tugatgan o‘qituvchilarning bilimlari universitetga qabul qilish talablariga 
javob bermaganligi sababli ular rabfakning 1–2 kurslariga qabul qilinganlar
2

Pedagog kadrlarning yetishmasligi ham nisbiy ma’noda tushunilishi lozim, 
chunki madrasalarni bitirganlar maktablarda dars berishi mumkin bo‘lmagan.
1928 yilda respublikada faqat bitta oliy o‘quv yurti – SAGU mavjud 
bo‘lib (1917 yildan keyin barcha madrasalar yopib tashlangan), unda 4200 
nafar talaba o‘qigan, ulardan 131 nafari, ya’ni 3,2 % mahalliy millatlarga 
mansub bo‘lgan.
Davlat idoralari va vazirliklarda faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy millat 
vakillari atigi 15 % ni tashkil qilgan
3
.
Ma’naviyat.
Bu sohada aholining asosiy qismi ongida diniy 
dunyoqarash va milliylikni saqlab qolish asosida respublikani rivojlantirish 
mumkin, degan qarash ustuvor ahamiyat kasb etar edi. Ayollarning asosiy 
qismi ijtimoiy faoliyatdan chetda qolib, nisbatan himoyalanishga muhtojlik 
sezardi.
Shunga ko‘ra, umumlashtirib xulosa qilinadigan bo‘lsa, ma’naviy-
madaniy sohada ham islohotlarni amalga oshirishga zarurat yuzasidan 
qaralishi mumkin. O‘zbekistonning rasmiy rahbariyati ham buni anglagani 
aniq. Shu bois, bu borada bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Respublika rahbariyatining sa’y-harakatlari tufayli 30–40-yillarda ko‘zga 
1
Qarang: 
Икрамов
 
А

Избранные
труды

Т
. 1. – 
Т
., 1972. – 
С
. 290–291. 
2
O‘sha joyda. – 
С
. 290–292. 
3
Qarang: 
Икрамов
 
А

Избранные
труды

Т
. 2. – 
С
. 59. 
174


ko‘rinarli, muayyan ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarga erishildi. Masalan, 
1937 yilga kelib, maktab o‘quvchilarining soni 1928 yilga nisbatan 10 
barobardan ko‘proqqa ortdi, shu davrda 1,7 mln. aholi savodli bo‘ldi. 
Savodlilar darajasi 67 
% gacha ko‘paydi. 1941 yilga kelib, sovet 
maktablarida o‘quvchilarning soni 1925 yilga nisbatan 70 barobar, ulardagi 
o‘qituvchilar soni taxminan 7 barobar ko‘paydi. Respublikada 31 ta oliy, 100 
ga yaqin o‘rta maxsus o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsata boshladi. Ularda 33 
ming talaba o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi (shundan 15,5 mingi oliy o‘quv 
yurtlarida). Bir qator ilmiy tekshirish institutlari tashkil qilindi
1
. Keyinchalik 
taniqli allomalar darajasiga ko‘tarilgan H. M. Abdullayev, G‘. A. Mavlonov, 
T. N. Qori-Niyoziy, 
T. A. Sarimsoqov, O. S. Sodiqov, 
I. Mo‘minov 
va 
boshqalar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarini 30-yillarda boshlaganlar.
1933–1937 yillarda O‘zbekistonda asosan o‘zbek tilida 6,5 ming bosma 
tabaq hajmidagi har xil kitoblar chop etildi. Ularning umumiy tiraji 52 mln. 
nusxadan ko‘proq edi. Respublikada 202 ta gazeta chiqarilib, ularning 
umumiy tiraji 884 ming nusxa edi
2
.
San’at, adabiyot sohalarida ham salmoqli natijalarga erishildi. Abdulla 
Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, G‘afur 
G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Uyg‘un, Halima 
Nosirova, Tamaraxonim, Mulla To‘ychi Toshmuhammedov kabi taniqli 
yozuvchi-shoirlar va san’atkorlar, o‘zbek badiiy adabiyoti va san’atining 
o‘ziga xos yo‘nalishlarini shakllantirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ularning 
an’analari asosida yosh ijodkorlar tarbiyalandilar.
Qo‘lga kiritilgan natijalarni qanday baholash mumkin? Agar ularni 
amalga oshirish usullari, berilgan qurbonlar hisobga olinmasa, haqiqatan ham 
o‘sha davrda xalq maorifi, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, ilmiy-
tekshirish dargohlarining asosi yaratildi, deyish mumkin. Lekin Ittifoq va 
respublika rahbariyati ana shu natijalarga erishish uchun tanlagan va amalga 
oshirgan yo‘l yakkayu yagona, muqobilsizmidi? Yo‘q, albatta. Nima uchun 
sho‘rolar hokimiyati qurbonlar berilmaydigan, inson huquqlari poymol 
qilinmaydigan usullarni qo‘llamadi? 
Sababi aniq: bolsheviklar o‘zlariga mafkuraviy qurol qilib olgan 
kommunistik g‘oya hech qanday o‘zgacha dunyoqarashni tan olmagan. 
Kishilik jamiyatining kelajagini faqat kommunistik g‘oya belgilashini – oliy 
haqiqat, bu maqsadga erishish uchun har qanday usulni yaroqli deb 
hisoblaganlar. Olijanob maqsadlarga nojo‘ya usullar bilan erishish salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, afsuski, xayolga ham kelmagan.
30-yillarda bolsheviklar partiyasi ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini 
kommunistik mafkura mantig‘iga bo‘ysundirish choralarini ko‘rdi. Masalan, 
yuqorida ta’kidlaganimizdek, xalq ta’limida jadid maktablarining mavqei 
yuqori edi. Bu maktablar mahalliy aholining asrlar davomida shakllangan 
turmush tarzi va diniy e’tiqodini inkor etmagani holda, mazlum xalqimizning 
dunyoviy bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini ham qondirayotgan edi. Hukumat 
1
Qarang: 
Ўзбекистоннинг
янги
тарихи

Иккинчи
китоб

Ўзбекистон
совет
мус
-
тамлакачилиги
даврида
. – 388–389-
б

2
Qarang: 
Ўзбекистон
ССР
тарихи

Т
. 4. – 
Т
., 1971. – 650–672-
б

175


budjetida kamomad bo‘lgan davrda taraqqiyparvar dindorlar bu 
maktablarning moddiy ta’minoti uchun vaqf mablag‘lari hisobidan sarmoya 
ham ajratib turganlar. Ammo sovetlar rahbariyati bu maktablar turkumini 
kengaytirishga qarshi bo‘lgan, ularga nisbatan salbiy munosabatini 
ochiqchasiga bildirgan. Akmal Ikromov O‘zbekiston Kompartiyasi MKning 
VI plenumidagi «Musulmon ruhoniylari va maktab to‘g‘risida» ma’ruzasida 
isloh qilingan maktablarni yopish kerakligini yoki ulardagi ruhoniylarni 
yo‘qotib, o‘zlarining ishonchli odamlarini qo‘yish lozimligini ta’kidlaydi
1

Ammo bu A. Ikromovning shaxsiy fikri demoqchi emasmiz. U kommunistik 
Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish