(albatta, partiyaning topshirig‘i bilan) joylarga, jumladan O‘zbekistonga ham
jamoalashtirishga doir ko‘rsatmalar jo‘natdi. Unga ko‘ra, uch oy davomida
ot-ulovlar va sog‘in sigirlarning 100 %, qoramollarning – 80 %, qo‘y-
echkilarning – 60 % kolxozlar ixtiyoriga o‘tkazilishi shart qilib belgilangan
1
.
Kolxozlashtirishning o‘ta qisqa vaqtda o‘tkazilishi turli suiiste’molliklar,
talon-tarojlar, asossiz moddiy yo‘qotishlarga olib keldi;
– yerini, molini kolxozga o‘z ixtiyori bilan topshirmagan dehqonlarga
nisbatan «quloq» qilish siyosati qo‘llanildi, ya’ni sovet hokimiyatining
dushmani sifatida ularning mol-mulki musodara etilib, o‘zlari jinoiy
javobgarlikka tortildilar, surgun qilindilar, o‘zga hududlarga ko‘chirib
yuborildilar. Bu siyosat nafaqat boy dehqonlarga, balki asosan o‘rtahol,
ba’zan esa kambag‘al dehqonlarga nisbatan ham qo‘llandi. Masalan, 1930
yilning o‘zida O‘zbekistonda 2648 ta o‘rtahol dehqon xo‘jaligi «quloq»
sifatida tugatildi
2
. Bundan tashqari, bolsheviklar siyosatini qabul
qilmaganlarga nisbatan siyosiy cheklashlar (saylov huquqidan mahrum etish,
iqtisodiy majburlash, bir necha marta oshirilgan soliqlar, kredit bermaslik,
yetishtirilgan mahsulotni eng past narxda sotib olish va boshq.) usullarini
qo‘lladilar. Joylardagi haybarakallachi partiya va sovet organlarining
rahbarlari soxta obro‘ orttirish harakatida bozor, machit, choyxonalarni
yoptirdilar, hatto tovuqlar va ro‘zg‘or buyumlarini umumlashtirishga ham
borib yetdilar;
−
ishchilar (to‘g‘rirog‘i sotsializm) manfaatini mutlaqlashtirgan
bolsheviklar majburlashning yana bir antiqa usulini kashf qildilar. «25
mingchilar» harakatining qatnashchilaridan 437 nafari – Moskva, Leningrad,
Ivanovo-Voznesensk ishchilari – O‘zbekistonga yuborilgan. Ularning
aksariyati kolxozga rais, pravleniye a’zosi, partiya tashkilotining kotibi etib
saylangan
3
. Umrida o‘zbek qishlog‘ini ko‘rmagan, mahalliy xalq turmush
tarzini tushunmagan, paxtaning nima ekanligini bilmagan rus ishchisining
kolxozga qanday rahbarlik qilishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas.
Boz ustiga, uning ruhiyatiga o‘zbeklar qoloq, siyosiy ongi past, o‘zining
manfaatini tushunmaydigan omi xalq, degan fikr singdirilganligini ham
nazarda tutish kerak.
Xullas, jamoalashtirishda ham iqtisodiy zarurat emas, balki siyosiy
maqsadlar birinchi o‘rinda bo‘ldi, ya’ni xususiy mulkka asoslangan dehqon
xo‘jaligini tag-tomiri bilan yo‘q qilib tashlash muhim edi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini qayta tashkil qilish sobiq Ittifoqning paxta
mustaqilligini ta’minlash bilan bog‘liq. Paxtachilikni rivojlantirishni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoralab bo‘lmaydi. Gap paxtachilik qanday maqsadlarda,
nimaning evaziga, qanday usullar bilan rivojlantirilganligi va qanday
oqibatlarga olib kelganligidadir. Bu borada ham o‘sha majburlash, samarasiz
usullarni qo‘llash, iqtisodning o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari bilan
1
Qarang:
Куриндин
В
.
М
.
1937
год
в
истории
советского
государства
//
Совет
-
ское
государство
и
право
. – 1988. –
№
2. –
С
. 112.
2
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: