O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Ризаев
 
С

Шароф
Рашидов
. – 
Т
., 1992. – 67–75-
б

171


naf ko‘rmadi. Fikrimizning tasdig‘i uchun quyidagi raqamlarga murojaat 
qilamiz: respublika ishchilari o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha Ittifoqda 12-
o‘rinni (15 tadan), kolxozchilarning maoshi bo‘yicha 15-o‘rinni, kishi 
boshiga o‘rtacha yillik daromad bo‘yicha 14-o‘rinni egallab turar edi. Bir 
yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi har ming kishiga Ittifoqda 26 taga to‘g‘ri 
kelsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 43 tani tashkil qilardi. Qiyoslansa, o‘sha 
1985 yilda bu ko‘rsatkich Finlyandiya va Yaponiyada – 6, AQSHda – 11 
nafar bo‘lgan
.
Fojia shundaki, vujudga kelgan ahvolni respublika o‘z xohish-irodasi 
bilan o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Markazlashgan rejalashtirish 
jarayonida respublikamizdagi demografik vaziyat hisobga olinmagan.
Respublikaning markazga qaramligi quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
– respublika hududida joylashgan sanoat korxonalari ishlab chiqaradigan 
mahsulotning faqat 7–10 % gina respublika ixtiyorida edi
;
– yetishtirilgan mahsulotni qat’iy ravishda markazdan belgilangan narxda 
sotish tartibi qaror topdi. Masalan, bir tonna paxta yetishtirish uchun 
sarflanadigan mehnat g‘allanikidan 28 marta ortiq bo‘la turib, uning xarid 
narxi faqat 5 martagina qimmat edi. O‘zbekiston paxtasi davlatga jahon 
bozoridagidan o‘rtacha 5 marta arzon narxda sotilgan
;
– respublikaning markazga qaramligini kuchaytirishda ishlab chiqarishni 
keng miqyosda ixtisoslashtirish usuli qo‘llandi. Respublika asosan xomashyo 
yetishtirishga ixtisoslashtirildi. O‘zbekiston Ittifoqdagi umumiy paxtaning 
taxminan 65 % ni yetishtirgan bo‘lsa, uning tolasidan respublikada ishlab 
chiqarilgan gazmol faqat 5,1 % ni tashkil qildi
. Bu ipak gazlamalarga ham 
tegishli edi. Ishlab chiqarishga bunday yondashish sanoatga ham to‘laligicha 
taalluqli. Paxta terish mashinalari, traktorlar, samolyotlar ishlab chiqaradigan 
korxonalarga butlov qismlari asosan Rossiya, Ukraina, Belorussiya va 
boshqa respublikalardan keltirilgan. Iqtisodiy qaramlikning bir qancha 
boshqa ko‘rinishlari ham bo‘lgan.
To‘g‘ri, iqtisodiy rivojlanish bo‘lgan, lekin unga aholining ortib 
borayotgan ehtiyojini qay darajada qondirganligiga, berayotgan samarasiga 
qarab umumiy baho berish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Birinchidan, erishilgan natijalar sho‘rolar davlatining, sotsialistik 
tuzumning mahsuli sifatida izohlangan, vaholanki, taraqqiyot kishilik 
jamiyatining umumiy qonuniyatidir. Ijtimoiy hayot inqirozlardan qat’i nazar, 
oxir-oqibatda yuksalish yo‘lidan boradi. O‘tgan davrda rivojlanish faqat 
sotsializm yo‘lidan borgan O‘zbekistondagina emas, balki o‘zgacha yo‘ldan 
borgan G‘arb va Sharq mamlakatlarida ham ro‘y bergan. Masalan, Yaponiya, 
Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlar erishgan yutuqlarning dong‘i butun 
dunyoga mashhur.
Ikkinchidan, ijtimoiy hayotda hamma narsa, jumladan yutuq ham, 
1
Qarang: 
Народное
хозяйство
СССР
в
1988 
г
. – 
М
., 1989. – 
С
. 29, 81, 83, 94. 
2
Qarang: 
На
пороге
кризиса

нарастание
застойных
явлений
в
партии
и
общест
-
ве
. – 
М
., 1990. – 
С
. 360. 
3
Qarang: 
Ризаев
 
С

Шароф
Рашидов
. – 78-
б

4
Qarang: 
Народное
хозяйство
СССР
за
70 
лет
. – 
М
., 1987. – 
С
. 188, 229. 
172


mag‘lubiyat ham, taraqqiyot ham, inqiroz ham nisbiydir. Faqat qiyoslash 
tufayli muayyan xolis natijalarga kelish mumkin. Aynan shu maqsadda 
sovetlar davrida O‘zbekiston erishgan natijalarni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun 
respublika ko‘rsatkichlarini Afg‘oniston kabi qashshoq mamlakatlar bilan 
solishtirish an’anaga aylangan edi. Aslini olganda, sanab o‘tilgan rivojlangan 
davlatlar bilan qiyoslansa, O‘zbekistonning yutuqlari juda kam bo‘lib 
qolardi. Ushbu mamlakatlar nafaqat ishlab chiqarish samaradorligi, balki 
xalqining farovonlik darajasi bo‘yicha ham O‘zbekistondan ancha ilgarilab 
ketdilar.
Uchinchidan, mamlakatning taraqqiyoti faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
bilan belgilanmaydi. Chunki ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati past 
bo‘lsa, unga talab bo‘lmasa, u omborxonadan nariga ketmaydi. Natijada 
ishlab chiqarish bilan talab o‘rtasida nomutanosiblik kelib chiqadi. Masalan, 
SSSR cho‘yan, sement, poyafzal, paxta va boshqa bir qancha mahsulotlar 
ishlab chiqarish bo‘yicha AQSHdan o‘zib ketgan edi. Lekin ayni paytda 
qurilishda sement, turmushda paxtadan tayyorlangan gazlamalar, sifatli 
poyafzal, xalq iste’moli mollariga keti uzilmas navbatda turish davlat 
miqyosidagi an’anaga aylanib qolgan edi.
Xullas, sovet davrida O‘zbekistonning iqtisodiy ahvoli qanchalik nochor 
bo‘lganligi haqida ko‘plab boshqa dalillarni ham keltirish mumkin.
Ko‘pincha, sovet davriga moyillik bildiradiganlar 1970–1980 yillarni 
(ya’ni 75 yildan faqat 10 yilni), boshqacha aytganda, uning «yashnagan» 
vaqtini eslaydilar. Ammo, bu davrda ham respublikaning iqtisodiy 
rivojlanish darajasi rivojlangan mamlakatlar darajasidan anchagina past 
ekanligi haqida yuqorida so‘z yuritdik. To‘g‘ri, mazkur davr nisbatan 
to‘kinchilik davri edi. Lekin nima uchun umuman sovet davri emas, balki 
aynan uning «yashnagan» davriga qarab baholashimiz kerak. Bu davrdan 
tashqari davrlarda xalq yarim qashshoqlikda yashaganligini sovetparastlar 
eslagilari kelmaydi. Qolaversa, o‘sha sovet tuzumi 80-yillarning oxiriga kelib 
davlatni umumiy inqiroz vaziyatiga olib kelganligi obyektiv haqiqat ekanligi 
endilikda barchaga ma’lum.
Xullas, sho‘rolar iqtisodiy siyosati O‘zbekistonning boy imkoniyatlarini 
keng miqyosda ekspluatatsiya qilishga qaratilgan edi va samarasizligi tufayli 
inqirozga uchradi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish