O‘zbekiston tarixi


partiyaning respublikadagi rahbarlaridan bo‘lganligi uchun o‘zining e’tiqodi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi


partiyaning respublikadagi rahbarlaridan bo‘lganligi uchun o‘zining e’tiqodi 
qanday ekanligidan qatyi nazar, partiyaning ko‘rsatmalarini bajarishga 
majbur bo‘lgan. U holda, nima uchun kommunistlar isloh qilingan maktablar 
faoliyatiga qarshi chiqdilar? Buning bir qancha sabablarini ko‘rsatish 
mumkin:
– bolsheviklar maktabga, birinchi navbatda, bilim o‘chog‘i emas, balki 
yosh, o‘sib borayotgan kelajak avlodning dunyoqarashini o‘zgartiradigan, 
aniqrog‘i, faqatgina kommunistik dunyoqarash va e’tiqodni shakllantiradigan 
vosita sifatida qaraganlar. «O‘qituvchi – millionlab sotsializm uchun 
kurashchilarni tarbiyalashga yordam beruvchi qurolimiz», deb ta’kidlanadi 
partiya hujjatlarida. Jadidchilik maktablarida esa umuminsoniy 
dunyoqarashga e’tibor yuqori darajada bo‘lgan;
– maktab bolsheviklar uchun o‘z o‘tmishidan ajratilgan va uni 
bilmaydigan avlodni shakllantirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi zarur edi. 
Jadidchilik maktablarida o‘qitiladigan Turkiston tarixi, islom dini kabi 
sharqona qadriyatlarga asoslangan fanlar esa o‘tmishga hurmat bilan 
qarashni o‘rgatardi, milliy ongni yuksaltirishga qaratilgan edi.
Maktabga bo‘lgan bunday munosabat umuman xalq ta’limining barcha 
sohalariga – ishchi fakultetlari, FZU (fabrika-zavodlarda ishchi mutaxassislar 
tayyorlash kurslari), o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari va boshqalarda ham 
bo‘lgan.
Bunday siyosatning natijasi esa aniq. Xalq ta’limi dunyoviy bilimlar 
berishdan ko‘ra, ko‘proq kommunistik mafkuraning sovet tuzumi 
manqurtlarini shakllantirishga e’tibor berdi. Bizningcha, bu tizim o‘z 
maqsadiga qisman erishdi ham. Aks holda, qanday qilib chorakam bir asr 
mutelikka, xo‘rlikka, kamsitishlarga chidab keldik? Imperiya inqirozga yuz 
tuta boshlaganidagina, ko‘zimiz ochila boshladi.
Madaniyat, adabiyot, san’atga ham faqat bir tomonlama, kommunistik 
mafkuraning mantig‘idan kelib chiqib, yondashildi. Bunday munosabat eng 
to‘g‘ri yo‘nalish deb hisoblanib, rasmiy ravishda nafaqat targ‘ib qilindi, balki 
hayotga tatbiq qilindi ham. Masalan, Akmal Ikromov 1928 yilda shunday 
deb e’lon qilgan: «...bizga umuman madaniyatning o‘sishi emas, balki 
sotsialistik madaniyatning yuksalishi kerak»
2
. Albatta, bu ham A. 
Ikromovning shaxsiy fikri emas edi, balki bolsheviklar rahnamosi I. 
Stalinning: «Yo‘qsillar madaniyati milliy madaniyatni bekor qilmaydi, balki 
1
Qarang: 
Икрамов
 
А

Избранные
труды

Т
. 2. – 
С
. 123. 
2
Икрамов
 
А

Избранные
труды

Т
. 1. – 
С
. 415. 
176


unga mazmun beradi. Va aksincha, milliy madaniyat yo‘qsillar madaniyatini 
bekor qilmaydi, aksincha, unga shakl beradi»
1
, degan asossiz fikri negizida 
shakllangan edi. Demak, milliy madaniyatning mohiyati bilan bog‘liq 
bo‘lgan iymon, e’tiqod, halollik, hurfikrlilik, vijdonlilik kabi fazilatlar 
Stalinning ko‘rsatmasi asosida qatag‘on qilingani aniq.
Milliylik to‘g‘risida so‘z yuritish faqat millatchilikda, ya’ni sovet 
tuzumiga dushmanlikda ayblanishga olib kelar edi.
Nafaqat o‘zbek madaniyati, balki umuman jahon taraqqiyotida muhim 
o‘rin tutgan sharqona madaniyat ham yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan. Fikrimizni 
dalillash uchun yana bir misol keltiramiz. 1929 yilda «Sotsializm 
qurilishining umumiy vazifalari va maorifni rivojlantirish to‘g‘risida»gi 
masala muhokama qilingan O‘zbekiston Kompartiyasi plenumida shunday 
eslatma berilgan: «Sharqqa qarab moslashish va Sharq (arab, fors, turk) 
madaniy merosi haqidagi gaplar, aslida burjua jamiyatini qayta tiklashga 
qaratilgan ochiq-oydin harakatdir. Bu gaplarning asosida proletar 
diktaturasini tugatishga va barcha Sharq sotsialistik respublikalarida burjua 
hukmronligini tiklashga qaratilgan oshkora intilish yotadi»
2
. Masalani 
bunday qo‘yishdan maqsad, nazarimizda, Sharq bilan bo‘lgan an’anaviy 
aloqalarga barham berish, milliy madaniyatning ming yillar mobaynida 
shakllangan ildiziga bolta urish va o‘zbeklarni faqat Rossiyadan kirib 
kelayotgan dunyoqarashga tobe qilishdir. Bu – yana o‘sha manqurtlikka 
qaratilgan harakat.
Hokimiyat sharqona madaniyatni nafaqat kulfat keltiruvchi ofat deb e’lon 
qildi, balki uni yo‘qotish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rdi. Ulardan biri 
1928 yilda hali zarur sharoit yaratilmay turib, arab alifbosini lotincha alifbo 
bilan almashtirish bo‘ldi. Uning sababi tushuntirilgan mantiqqa e’tibor 
qiling. O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Kengashining alifboni 
almashtirish munosabati bilan e’lon qilgan tezislarida, jumladan shunday 
deyilgan: «madaniyatimizning quroli bo‘lgan bizning alifboimiz (arab 
alifbosi nazarda tutilyapti. – 
E. A
.) shunchalik ahmoqona va yaroqsizki, 
uning asosida hech qachon umumiy savodxonlikka erishish mumkin emas»
3

Bu ham yetmaganidek, 1940 yilga kelib lotin alifbosi kirillitsa bilan 
almashtirildi. Oqibatda Turkiston tarixi, ma’naviy qadriyatlari bilan bog‘liq 
o‘zbek mumtoz adabiyotidagi Navoiy, Ogahiy, Muqimiy, Ahmad Donish, 
Mahmudxo‘ja Behbudiy va boshqa buyuk ijodkorlarning asarlarini aslicha 
o‘qishga yoshlarimiz ojiz bo‘lib qoldilar.
Kommunistik mafkuraning qaror toptirilishi tub joy aholisining islom dini 
bilan bog‘liq ming yillar davomida shakllanib kelgan qadriyatlari va 
an’analarining toptalishiga yo‘l ochib berdi.
Kommunistik partiyaning islom diniga bo‘lgan munosabati 1927 yilda 
O‘zbekiston kompartiyasining VI plenumi qabul qilgan «Musulmon 
ruhoniylari va maktab to‘g‘risida»gi qarorida qayd qilingan. Uning 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish