25,2 % gacha kamayib ketdi. Sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya sohasida
ham bu ko‘rsatkich 18,0 % dan 12,7 %ga pasaydi
1
.
Mustaqillikni qo‘lga kiritish arafasidagi eng katta fojialardan biri – bu
millatlararo munosabatlar hamda respublikalar bilan markaz o‘rtasidagi
munosabatlarning keskinlashuvi bo‘ldi. Uning bir qancha obyektiv va
subyektiv sabablari mavjud edi. Ularga, jumladan quyidagilarni kiritish
mumkin:
−
ijtimoiy muammolarning yechimini topishda milliy respublikalarning
xususiyatlarini (ko‘p bolalilik, og‘ir ekologik vaziyat, turli kasalliklarning
ortib borishi, urf-odatlar, qadriyatlar) hisobga olmaydigan eskicha usullarni
qo‘llashning davom ettirilishi;
−
ittifoq ijro etuvchi hokimiyatini shakllantirishda aksariyat rahbar
lavozimlarni rusiyzabon shaxslar egallashining davom etayotganligi
oqibatida joylarda ruslarga nisbatan salbiy munosabatning kuchayganligi va
jamiyatdagi ko‘p nuqsonlar rusiyzabonlarning faoliyati bilan bog‘liq degan
asoslanmagan fikrning tug‘ilganligi;
−
teng huquqli ittifoqni shakllantiradigan yangi shartnomani ishlab
chiqishda markaziy hokimiyatning sustkashlik qilishi, markazning ko‘proq
o‘z mavqeini mustahkamlashga e’tibor berib kelganligi, joylarga haqiqiy
mustaqillik berishdan qo‘rqish;
−
ilgari qatag‘on qilingan xalqlar: qrim tatarlari, koreyslar, mesxeti
turklari, nemislar va boshqalarning rasmiy ravishda o‘z huquqlari va
davlatchiligini tiklashi borasida deyarli hech qanday xayrli ish
qilinmaganligi;
−
rasmiy hokimiyatning Ittifoqqa kirgan O‘rta Osiyo respublikalari
o‘zlarini boqa olmasdan qarz hisobiga yashayotganligi haqidagi ta’nalari
mahalliy millatlarning g‘ururiga tegdi va ularni kamsitdi. Bunday salbiy
munosabat ularda markazga nisbatan ishonchsizlik va qarshilikni
kuchaytirdi.
Respublikada o‘sha davrda hukm surgan ijtimoiy tanglikning yana bir
ko‘rinishi siyosiy manqurtlik bilan bog‘liq. Bu nafaqat oddiy fuqarolar
dunyoqarashiga aloqador, balki, birinchi navbatda, respublikada yuqori
lavozimlarni egallab turgan rahbarlarga ham tegishlidir. Ular respublikadagi
inqirozni faqat chetdan yuborilgan rahbar kadrlar orqali tuzatish mumkin,
deb o‘yladilar. Shunday takliflar bilan markazga murojaatlar qilindi.
Mahalliy urf-odatlar va turmush tarzidan umuman bexabar va uzoq,
markazdan keltirilgan 400 nafardan ortiq partiya, sovet, xo‘jalik xodimlari
respublikaning turli rahbarlik lavozimlarini egalladilar. O‘zbekiston
Kompartiyasining XVI plenumidan (1984 y.) keyin o‘tgan atigi 1,5 yil
mobaynida viloyatlar partiya qo‘mitalarining 65 nafar kotibidan 40 nafari
almashtirildi, ulardan 9 nafari birinchi kotib, 260 nafari shahar va tuman
kotiblari etib tayinlandilar
2
. Bu almashtirishlar boshqa sobiq sovet va
xo‘jalik organlarini ham chetlab o‘tmadi. Natijada rahbar xodimlarning
1
O‘sha manba. – 43-b.
2
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: