Ч
.
Қояда
қолган
кўз
ёшлар
//
Жаҳон
адабиёти
. 1997.
№
2.
111-
б
.
178
arab mamlakatlarida ayollarning ijtimoiy mavqei bizning mamlakatdagidan
past darajada deb bo‘lmaydi. Yoki bugun bizda bu muammo butunlay hal
qilindi, desak ham xato qilgan bo‘lamiz.
Kommunistik mafkura kadrlar siyosatini amalga oshirishda ham bir
tomonlamalikka keng yo‘l ochib berdi, ya’ni shaxsning ishbilarmonligi,
mutaxassisligi emas, balki siyosiy e’tiqodi birinchi o‘ringa qo‘yildi.
Jumladan partiya va sovet idoralari boshqaruv xodimlarini mahalliylashtirish
(o‘zbeklashtirish) muammosini hal qilishda ham qiyinchilik tug‘ildi.
Umuman, to‘g‘ri qo‘yilayotgan masala bir qancha shartlar bilan cheklab
qo‘yildi. Bu shartlar A. Ikromovning «Mafkura frontidagi kurash va
madaniyat xodimlarining vazifalari» nomli ma’ruzasida (1927 yil) bayon
etilgan. «Milliy masalani, – deb ta’kidlaydi u, – partiya proletariat davlatini
mustahkamlash maqsadidan, sotsializm qurilishini tezlashtirish maqsadidan
kelib chiqib hal qiladi va bu mutlaqo to‘g‘ri. Milliy masalani bizning bu
kundagi sotsializm qurish uchun kurash masalasidan ajratmasligimiz kerak.
Bunga biz hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz»
1
.
Keltirilgan ko‘chirma va, umuman, ma’ruzaning mohiyatidan kelib
chiqadigan xulosani quyidagicha ifodalash mumkin. Davlat apparatiga har
qanday o‘zbek emas, balki faqat sotsializm qurishni istagan o‘zbekkina jalb
qilinishi mumkin edi, chunki bolsheviklar uchun kommunistik g‘oyaga
e’tiqod birinchi o‘rinda, ishbilarmonlik ikkinchi o‘rinda turgan. Natijada
ishning ko‘zini bilgan, bilimli, farosatli ko‘plab o‘zbeklar siyosiy e’tiqodi
mavhum bo‘lganligi uchungina davlat ishiga tortilmagan, millat manfaatini
ko‘zlaganlari esa millatchilikda ayblanib, qatag‘on qilingan. Shuning uchun
ham yuqorida keltirilgan, milliy kadrlarning yetishmasligi haqidagi fikr
shubha uyg‘otadi. Aslida, ularning yetishmasligi emas, aksincha, sho‘rolar
hokimiyatining siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy kadrlarning kamligi
haqida so‘z yuritish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Xullas, 1930–40 yillarga kelib, O‘zbekistonda markazga qaram bo‘lgan
mafkuraviy tizim shakllandi. U yakka kommunizm g‘oyasiga e’tiqod
qiladigan «yangicha» shaxsni tarbiyalashga xizmat qildi. Shunday qilib,
ijtimoiy hayotning: maorif, o‘rta va oliy ta’lim, ommaviy axborot vositalari,
adabiyot, san’at va boshqa barcha jabhalari inson ongiga kommunistik
mafkurani singdirishga, uni hokimiyat topshiriqlarini e’tirozsiz bajarib
turadigan manqurtga aylantirishga qaratildi.
Kommunistik partiya maxsus yaratgan muhit kelishuvchilar, vaziyatga
moslashuvchilarga qulaylik tug‘dirdi, jamiyatda ularning mavqei
mustahkamlanib, martabasi ulug‘lashib bordi. Kommunistik dunyoqarashni
qaror toptirish harakatlari riyokorlik, chaqimchilik, sotqinlikka keng yo‘l
ochib berdi. O‘z xavfsizligi yo‘lida otaning boladan, akaning ukadan va,
aksincha, voz kechishi tabiiy holga aylanib qoldi.
Mulohaza yuritmaydigan, topshiriqni ko‘r-ko‘rona bajarishga tayyor turgan,
tashabbus ko‘rsatmaydigan shaxslar toifasi shakllanib, ular jamiyatning
aksariyat qismini tashkil qila boshladi. Insof, diyonat, ezgulik, savob, harom-
xarishdan qo‘rqish kabi ma’naviy fazilatlar qadrsizlana boshladi.
1
Икрамов
А
.
Избранные
труды
.
Т
. 1. –
С
. 314.
179
Jahon madaniyatidan va taraqqiyotidan ajralib qolish oqibatida va
kommunistik ommaviy axborot vositalari tazyiqi ostida fuqarolar ongida
sotsializm insoniyat kelajagini belgilaydigan yakkayu yagona tuzumligi
to‘g‘risida soxta tushunchalar shakllandi. Vaqtinchalik qiyinchiliklar o‘tib
ketadi, oldinda bizni porloq, «har kimdan imkoniyatiga yarasha, har kimga
ehtiyojiga yarasha» prinsipiga asoslangan kommunistik kelajak kutmoqda,
degan gaplar surunkasiga targ‘ibot qilindi. Ommaviy qatag‘onlardan boshi
omon qolgan har bir fuqaro har qanday og‘ir sharoitda ham taqdirga tan berib
yashashga majbur qilindi.
Kommunistik g‘oya SSSR tarqalib ketguncha davlatning bosh mafkurasi
sifatida o‘z mavqeini yo‘qotmadi, aksincha, 1977 yildagi Konstitutsiyada
KPSSning jamiyatda rahbarlik roli qonuniy ravishda qayd qilinganidan keyin
o‘z mavqeini yanada mustahkamlab oldi va ijtimoiy hayotning barcha
jabhalariga nafaqat o‘z ta’sirini o‘tkazdi, balki uni tashkil qilishning asosiy
mezonlarini belgilab berdi.
Lekin mafkuraviy sohadagi targ‘ibot va tashviqot qanchalik kuchaymasin,
qancha kuch va mablag‘ sarflanmasin, bu ishlarning samarasi tobora pasayib
boraverdi. Nihoyat, siyosiy va ma’naviy hayotda inqirozli vaziyat vujudga
keldi. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
– halol mehnat qilmay mo‘may daromad topish imkoniyati tug‘ilganligi,
mehnatkashlarning moddiy holatini sun’iy ravishda tenglashtirishga
qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilishi fuqarolarda boqimandalik
kayfiyati shakllanishiga olib keldi;
– izlanuvchan shaxslarning taklif va mulohazalariga yetarli e’tibor
berilmasligi, tashabbuskor shaxslar munosib taqdirlanmaganligi tufayli
davlat tasarrufidagi korxona mehnatkashlarida ishga befarqlik odat tusiga
kirib qoldi;
– rahbar partiya xodimlari vakolatlarining cheklanmaganligi turli
suiiste’molliklar va poraxo‘rlikka olib keldi, ularning ma’naviy qiyofasining
buzilishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, oddiy fuqarolarning amaldorlar
oldidagi muteligini kuchaytirdi;
– eng asosiysi, milliy, tarixiy, diniy qadriyatlarni mensimaslik o‘zlikni
yo‘qotishga olib keldi, «xalq, Vatan oldidagi burch» kabi muqaddas
tushunchalarning qiymati pasaydi. «Sen menga tegma, men senga
tegmayman» qabilidagi qoida asta-sekin ijtimoiy ongni egallab oldi;
– ilm-fanning so‘nggi yutuqlariga asoslangan aloqa vositalarining
yaratilishi tufayli jahondagi rivojlangan mamlakatlarning demokratiya, inson
huquqlari va farovonligi borasida erishayotgan salmoqli yutuqlaridan
aholining voqif bo‘lishi sotsializmga, uning adolatli, samarali jamiyatligiga
nisbatan borgan sari ko‘proq shubha uyg‘ota boshladi.
Prezident I. A. Karimovning ta’biricha, «...inson jamiyatdagi o‘z o‘rni va
qadrini to‘g‘ri tushunishi zarur. U o‘zini kichkina bir murvat deb his etishi,
hamma muammolarni uning o‘rniga davlat hal qilishi kerak deb bilishi
zararli tushunchadir. Hayotga bunday munosabatda bo‘linsa, o‘z
faoliyatining maqsadga muvofiqligi, o‘z mehnati bilan munosib turmush
180
sharoitini yaratish mumkinligi haqidagi tasavvur so‘nadi»
1
. Haqiqatan ham
kommunistik partiyaning mafkura mashinasi aholini bir katta mexanizmning
kichkina murvati sifatida tarbiyalash uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rdi.
Shunday qilib, O‘zbekiston xalqi sovet davrida murakkab jarayonlarni
boshidan kechirdi.
Bir tomondan, KPSS rahnamo bo‘lgan ma’muriy buyruqbozlik tizimining
tazyiqi ostida ezilib, erkin nafas ololmadi, tarixiy va milliy qadriyatlari
toptaldi. Kommunistik mafkura respublika fuqarolarining ongidan ozodlik,
mustaqillik g‘oyalarini o‘chirib tashlashga xizmat qildi.
Ikkinchi tomondan, respublika xalqi og‘ir sharoitga qaramay, o‘z
mamlakatining kelajagi uchun sidqidildan ter to‘kib mehnat qildi, yirik
sanoat korxonalarini yaratdi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kengaytirdi.
Uchinchidan, O‘zbekiston xalqi har qanday tazyiq ostida ham o‘zligini,
milliy qadriyatlarini, diniy e’tiqodini unutmadi, doimo ozodlikka intilish
hissi bilan yashadi.
1
Каримов
И
.
А
.
Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида
. –
Т
., 1998. – 167-
б
.
181
Do'stlaringiz bilan baham: |