O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tayinlaydigan, lavozimidan ozod
qiladigan, tegishli xalq deputatlari kengashlari esa bu qarorni tasdiqlaydigan
bo‘ldi. O‘z navbatida, tumanlar va shaharlarning hokimlarini tegishli viloyat
hokimi tayinlaydigan, lavozimidan ozod qiladigan, tegishli xalq deputatlari
kengashi esa tasdiqlaydigan bo‘ldi.
Viloyat, shahar, tuman hokimi mahalliy hududning oliy mansabdor shaxsi
hisoblanib, tegishli hudud ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Hokimlarning
vakolat muddati besh yil, ular o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida
amalga oshiradilar, o‘zlari rahbarlik qilayotgan tashkilotlarning qarorlari va
faoliyati uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Boshqaruvning tarixiy va milliy shakli bo‘lgan hokimlik institutining
tiklanishi va joriy qilinishida davr talabi namoyon bo‘ldi va u
mustaqillikning dastlabki yillarida ko‘plab murakkab masalalarni
muvaffaqiyatli hal qilish imkonini yaratdi. Mustaqillik yillarida o‘zini o‘zi
boshqarish organlari yanada rivojlandi va takomillashdi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyoda o‘zini o‘zi boshqarish an’analarining ildizi
ancha qadim zamonlarga borib taqaladi. Keyingi yillarda mahalla, qishloq
boshqaruvi yangicha mazmun bilan boyidi. Bu organlar o‘zini o‘zi
boshqarish organlari sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Mahalla –
O‘zbekiston milliy an’analariga mos bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish
shakllaridan biri. Aytish mumkinki, mahalla – milliy qadriyatlarimiz beshigi,
tariximiz va davlatimiz salohiyatining in’ikosi. Prezident I. A. Karimov uning
jamiyatimizda tutgan o‘rniga katta baho berib: «Ma’lumki, asrlar mobaynida
mahalalarda ko‘pdan-ko‘p hayotiy muammolar o‘z yechimini topib keladi.
To‘y-ma’rakalar ham, hayitu xasharlar ham mahalla ahlisiz o‘tmaydi.
Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri
shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga
meros bo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o‘zi
mahallalarni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashni taqozo etmoqda»
1
,
– degan edi. 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun mana shu ulug‘ ishni amalga
oshiruvchi huquqiy asos bo‘ldi. Mahalla boshqaruvning eng ta’sirli shakli
sifatida tan olindi. Shu maqsaddan kelib chiqib, respublikada «Mahalla»
xayriya jamg‘armasi tashkil topdi.
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirok etishi
huquqini ro‘yobga chiqaradi, o‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik
vazifalarini, madaniy-ommaviy, ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda davlat
organlariga yordam berishga jalb etiladi. Fuqarolarning yig‘inlarida ikki
yarim yil muddatga mahalla raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilari
saylanadilar. Fuqarolar yig‘ini shu hududdagi yuqori organ hisoblanadi, u
tegishli xalq deputatlari kengashi yoki hokim bilan kelishilgan holda
zaruratga qarab chaqiriladi»
2
.
1
Do'stlaringiz bilan baham: