ko‘tarishimiz kerak»
1
. Ilm-fan, adabiyot va san’atning eng qadimiy
markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan, dunyo xalqlari tan olgan
Vatanimiz mustamlakachilikning og‘ir toshi ostidan chiqib oldi. O‘zbekiston
mustaqillikka qadar ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-siyosiy qiyinchiliklar, azob-
uqubatlar girdobida qolib ketgan edi.
Mustaqillik respublika ilmiy jamoatchiligi oldiga uning mohiyatini
xalqimizga tushuntirib berishdek murakkab vazifani qo‘ydi. Mustaqillikning
qadriga yetgan, uni o‘z e’tiqodiga aylantira olgan xalqgina uning yo‘lida
jonini fido qilishga tayyor turadi.
Bu vazifalarni bajarish uchun,
eng avvalo, xalqimizni o‘z kuchiga
ishontira bilish kerak. Qolaversa, birinchidan, o‘zbek xalqining jahon
xalqlari ichida o‘zining alohida salohiyati va o‘rniga egaligini; ikkinchidan,
davlatchilik tarixi bizda boshqa hamma xalqlarnikidan qadimiyroq
ekanligini; uchinchidan, o‘zbek xalqi jahon durdonalari
xazinasiga bebaho
hissasini qo‘sha oladigan ma’naviy barkamol olimlarni yetkazib bergan xalq
ekanligini; to‘rtinchidan, mustahkam mustaqil davlat vujudga keltirish ishiga
xizmat qiladigan, qadimiy boy davlatchiligimiz, iqtisodiy rivojlanish
yo‘limizni ta’minlovchi iqtisodiy baza mavjudligini ko‘rsatib berish lozim.
Bu sohada sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham milliy
mafkurani vujudga keltirish hayot talabi bo‘lib qoldi. 1992 yil 2 iyulda bo‘lib
o‘tgan Oliy Kengashning X sessiyasida I. A. Karimov: «Bugungi kunda
xalqni yakdil qiladigan ishlar va g‘oyalar oz emas, ularning ichida eng
ulug‘i, eng olijanobi – O‘zbekiston mustaqilligini ta’minlash.
Ana shu
maqsad, ana shu g‘oya atrofida birlashsak, aslo xor bo‘lmaymiz»
2
, – degan
edi.
Prezident 1992 yilda nashr etilgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va
taraqqiyot yo‘li», «Istiqlol va ma’naviyat», «O‘zbekiston: milliy istiqlol,
siyosat, iqtisod, mafkura», «Elni Vatan manfaati birlashtiradi» asarlarida va
1993 yil 23 aprelda bir guruh shoir va yozuvchilar bilan o‘tkazgan
uchrashuvida milliy mafkurani yaratish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
1993 yilning 7 dekabrida Konstitutsiyamizning bir yilligiga bag‘ishlangan
yig‘ilishda Prezident I. Karimov nutq so‘zlab: «Mafkuraviy masalani hal
etmasdan, uni amalga tatbiq qilmasdan turib, Konstitutsiya belgilab bergan
maqsadlarga erishish, oldimizga qo‘ygan talablarga
javob berish mushkul
bo‘ladi»
3
, – degan edi.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy mohiyati quyidagilardan iborat
bo‘lmog‘i kerak:
1) xalqimizning azaliy an’analari, urf-odatlari, ruhiyati, tili va diniga mos,
hamohang g‘oyalar asosida odamlar ongiga kelajakka qat’iy ishonch, mehr-
oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat kabi yuksak tuyg‘ularni singdirish;
1
Do'stlaringiz bilan baham: