O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

 
И

А

Биздан
озод
ва
обод
Ватан
қолсин

Т
. 2. – 47-
б

2
Qarang: 
Каримов
 
И

А

Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида

Т
. 6. – 242–
243-
б

232


Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron va boshqa davlatlarning 
diplomatiya hamda hukumat vakillari ishtirok etdilar. Seminarda uchta 
muhim muammo – Markaziy Osiyoda mustahkam xavfsizlik tizimini 
yaratish; iqtisodiy hamkorlik va infratuzilmali kommunikatsiyalar; iqtisodiy 
xavfsizlik tizimini yaratish va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish 
muhokama qilindi va muayyan takliflar bildirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining tashabbusi bilan Toshkentda 
«Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli mintaqa» mavzuida xalqaro 
konferensiya chaqirildi. Konferensiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti, 
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Atom energiyasi bo‘yicha 
xalqaro agentlik, Islom konferensiyasi tashkiloti hamda boshqa 50 dan ortiq 
davlat va xalqaro tuzilmalarning vakillari qatnashdilar. Ushbu anjumanning 
siyosiy ahamiyatiga baho berib, Prezident I. A. Karimov shunday degan edi: 
«Mazkur konferensiya Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi xavf va 
tazyiqlarga qarshi turish borasidagi yakdillik bilan qilinayotgan sa’y-
harakatlarining dastlabki natijasidir. Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli 
zona deb e’lon qilish tashabbusi – Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik, 
barqarorlikni hamda bu mintaqada istiqomat qilayotgan kishilarning 
tinchligini ta’minlash, mintaqani barqaror rivojlantirish va gullab-yashnatish 
borasidagi manfaat va maqsadlari mushtarakligining yangi bir 
ko‘rinishidir»
1

Respublikaning BMT bilan hamkorligi faqat bu masalalar bilan 
tugamaydi. Bu uzluksiz jarayon bo‘lib, unda iqtisodiy, inson huquqlari va 
boshqa bir qancha muammolarni hal qilish borasida hamkorlik qilinamoqda. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 90 dan ortiq xalqaro shartnomalar 
va konvensiyalarga, shu jumladan inson huquqlari bo‘yicha 38 ta 
konvensiyaga qo‘shildi. BMT Kotibiyati ajratib bergan 22 ta asosiy bitim va 
konvensiyalardan 19 tasini O‘zbekiston ratifikatsiya qildi. Ular orasida Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar, 
Iqtisodiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro bitimlar, Bolalar 
huquqlari, Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyalar bor
2

O‘zbekiston BMTning turli sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotlari 
bilan ham hamkorlikni rivojlantirmoqda. Bu borada YUNESKO bilan 
hamkorlikka alohida o‘rin berilgan. 
YUNESKO – BMTning fan, madaniyat, ta’lim va axborot sohalariga 
ixtisoslashgan tashkiloti. U universal xalqaro institut bo‘lib, jahon bo‘yicha 
fan, madaniyat va ta’limning milliy tizimlarini birlashtirib turadigan 
chinakam ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Ayni vaqtda ularni jahon 
intellektual taraqqiyoti tajribasi bilan boyitmoqda, butun insoniyatning boy 
ma’naviy merosidan xalqlarni bahramand etmoqda. Bu tashkilotga 183 ta 
davlat a’zo bo‘lib, u har yili 200 ga yaqin turli tadbirlar o‘tkazadi. 
1
O‘sha manba. – 353-b.
2
Qarang: 
Доклад
о
человеческом
развитии

ПРООН

центр
экономических
ис
-
следований
. – 
Т
., 1998. – 
С
. 87. 
233


1993 yil 29 oktabrda YUNESKOning Parijdagi qarorgohida O‘zbekiston 
YUNESKOning a’zoligiga qabul qilindi. O‘tgan davr ichida O‘zbekiston 
YUNESKO rahnamoligida bir qancha ulkan tadbirlar o‘tkazdi. Jumladan:

1994 yil oktabrda Fransiyaning Parij shahrida Ulug‘bek tavalludining 
600 yilligi nishonlandi; 

Xiva va Buxoro jahon madaniy qadriyatlari ro‘yxatiga kiritildi. Ularda 
411 ta madaniy obyekt bor; 

«Ipak yo‘li – muloqot yo‘li» deb nomlangan yirik ilmiy tadqiqot 
Markaziy Osiyoga alohida ahamiyat berib, amalga oshirilyapti; 

Amir Temur tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi; 

Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi Parijda keng miqyosda 
nishonlandi; 

«Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi» nomli olti jildli asar 
tayyorlanib, nashr qilinyapti. Uning to‘rt jildi bosilib chiqdi; 

Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi; 

davlat ta’limi siyosatidagi islohotlar borasida qiymati 215 ming AQSH 
dollar bo‘lgan ishlar bajarilyapti. Ularning natijalarini amaliyotga tatbiq 
qilishni «Osiyo taraqqiyoti» bankining 40 mln. AQSH dollari miqdorida 
kredit bilan ta’minlashi rejalashtirilgan; 

Usmon Qur’oni va O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik 
ilmiy tadqiqot instituti «Sharq qo‘lyozmalari kolleksiyasi»ni YUNESKOning 
«Jahon xotirasi» registriga kiritdi. 
1998 yil 6 noyabrda YUNESKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining 
yakunlovchi majlisi Toshkentda o‘tkazildi. Uning yakunida O‘zbekiston 
Respublikasining taklifi bilan «Jahon madaniyati va a’zo mamlakatlarda 
YUNESKO faoliyati» deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada BMT 
Bosh Assambleyasi 2000 yilni xalqaro jahon madaniyati yili deb e’lon 
qilganligi munosabati bilan turli tadbirlarni o‘tkazish taklif qilindi
1

O‘tkazilgan tadbirlar, birinchidan, O‘zbekistonning barcha sohalarda jahon 
taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi xalqaro miqyosda tan olinganidan dalolat 
bersa, ikkinchidan, O‘zbekistonning istiqboliga va tezkorlik bilan 
rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Respublikamiz jahon 
hamjamiyatiga kirib borishida turli mintaqalarda joylashgan davlatlar va 
birlashmalar bilan aloqalarni rivojlantirayotgani ham muhim o‘rin tutadi. 
O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar – Yevropa Ittifoqi, YEXHT, 
NATO, EKO, OIK, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan hamkorlik 
qilmoqda. 1996 yil fevral oyida Yevropa Ittifoqi Kengashi bilan sherikchilik 
va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish to‘g‘risida Tashqi ishlar vazirligi 
darajasida muzokaralar boshlandi. Iyul oyida esa Florensiya shahrida ushbu 
bitim imzolandi. Rossiyadan keyin ikkinchi bo‘lib Yevropa Ittifoqi bilan 
O‘zbekiston o‘rtasida sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. 
Yevropa Ittifoqi bilan sherikchilik va hamkorlikni O‘zbekistonning 
xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlashga qo‘shilgan yana bir hissa sifatida 
qarash lozim. Chunki imzolangan bitim sherikchilik, iqtisodiy, madaniy, 
1
Qarang: 
Мустақил
Ўзбекистон
тарихининг
дастлабки
саҳифалари

Даврий
тўплам


3. – 
Т
., 2000. – 194–198-
б

234


ilmiy sohalar bilan bir qatorda siyosiy sohani ham nazarda tutadi, u 
munosabatlarni tashkil qilish va rivojlantirishning huquqiy negizini tashkil 
qiladi. 
Yevropada muhim va katta mavqega ega bo‘lgan tashkilotlardan biri 
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)dir. Bu tashkilot bilan 
O‘zbekistonning ham o‘zaro hamkorligi kengayib bormoqda. Tashkilot 
rahbarlari O‘zbekistonga muntazam tashrif buyurmoqdalar. 1996 yil 
Lissabon sammitida O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning ishtirok etishi 
O‘zbekistonning YEXHT bilan muzokaralarini rivojlantirishda asosiy voqea 
bo‘ldi
1

Mazkur anjuman doirasida O‘zbekiston xavfsizlik masalasida o‘z 
qarashlarini bayon etish huquqiga ega bo‘ldi. Respublikamiz 
delegatsiyasining YEXHTning Markaziy Osiyodagi faoliyatini kuchaytirish 
to‘g‘risidagi da’vati yaxshi qabul qilindi va u Lissabon deklaratsiyasida 
hujjatlashtirildi. Bu mintaqada tinchlikni saqlash, mojarolarning oldini olish 
niyatini ifoda etgan amaliy qadam bo‘ldi. Lissabon uchrashuvlarida 
xavfsizlik modelining jahon bo‘yicha bo‘linmasligi va ta’sir doirasining 
tengligi to‘g‘risidagi asosiy qoidani O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlashini 
bildirdi. Bu uchrashuvlarda O‘zbekistonning mojarolar bo‘layotgan 
mintaqalarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifi 
qabul qilindi. 
1996 yil sentabrda Toshkentda YEXHT Demokratik institutlar va inson 
huquqlari bo‘yicha byurosining «Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar» 
mavzuidagi xalqaro seminar-kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda 21 ta mamlakat 
ekspertlarining 29 ta xalqaro va nohukumat tashkilotlaridan vakillar 
qatnashdilar. Seminar-kengashda Markaziy va Sharqiy Yevropa Ombudsman 
instituti, Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, 
qonunchilik tizimini takomillashtirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot 
vositalarining inson huquqlari bo‘yicha masalalari ko‘rib chiqildi va turli 
maslahatlar ishlab chiqildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Yevropadagi boshqa nufuzli tashkilotlar, 
jumladan NATO bilan ham munosabatlarini rivojlantirmoqda. Prezident 
I. A. Karimovning ta’kidlashicha, «...o‘z tarkibida demokratik davlatlarni 
birlashtirib turgan NATO faqat Yevropa qit’asidagina emas, balki o‘zining 
siyosiy ustqurmasini mustahkamlash va «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturi 
hisobiga juda katta Yevroosiyo mintaqasida tinchlik o‘rnatuvchi omil 
bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturiga 1995 
yil iyul oyida qo‘shilgan bo‘lib, bu dasturdagi ishtirokimizga o‘z 
mustaqilligimiz va suverenitetimizni mustahkamlash, hozirgi zamon harbiy-
texnikaviy yutuqlardan bahramand bo‘lish, harbiy kadrlar tayyorlashda 
imkoniyatlarimizni kengaytirish nuqtai nazaridan qaraymiz»
2

NATO va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tushunish va hamkorlik mavjud. 
O‘zbekiston 1995 yilda AQSHda, 1997 yilda Qozog‘istonda o‘tkazilgan 
1
Qarang: 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish