O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Каримов
 
И

А

Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида

Т
. 6. – 241–
242-
б

2
Qarang: 
Каримов
 
И

А

Биз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурамиз

Т
. 7. – 
16, 329-
б

237


1991 yil 21 avgustda 11 ta davlat «Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy 
tomonlar» maqomidagi MDH shartnomasini imzoladi. Shu masala yuzasidan 
qabul qilingan Olmaota Deklaratsiyasida MDH davlat ham emas, davlatlar 
ustidagi tuzilma ham emas, deb ko‘rsatildi. 
1993 yilgi Minsk uchrashuvida MDHning Nizomi tasdiqlandi va MDHni 
huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. MDHning 1993 yil 4 
sentabrdagi Moskva yig‘ilishida iqtisodiy ittifoq tuzish to‘g‘risida kelishib 
olindi. 1994 yil 21 oktabrda MDH davlat boshliqlarining kengashida 
iqtisodiy integratsiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi va 
iqtisodiy ittifoqning Davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi tuzildi. Uning maqsadi 
iqtisodiy ittifoq faoliyatini shakllantirish va samaradorligini ta’minlashdan 
iboratdir. 
1995 yil 26 maydagi Minsk uchrashuvida MDHning chegaralarini 
birgalashib qo‘riqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rildi va 7 ta davlat ana shu 
shartnomaga qo‘shildi. O‘zbekiston esa bu shartnomaga qo‘shilmadi, u har 
bir mustaqil davlat o‘z chegaralarini o‘zi qo‘riqlamog‘i kerak, degan fikrda 
turdi. MDH tashkil etilganidan boshlab 1300 dan ko‘proq masalalar 
muhokama qilindi va hujjatlar qabul qilindi. Lekin bu hujjatlarning 
ko‘pchiligi amalda bajarilmay kelmoqda.
MDH haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida o‘zini 
namoyon qila olmayapti. Buning turli sabablari bor. Birinchidan, ba’zi bir 
davlatlar eski ittifoqni qandaydir o‘zgacha bir shaklda tiklashga intilyaptilar. 
Prezident I. A. Karimov O‘zbekistonning MDHga bo‘lgan munosabatini 
quyidagicha ifoda etdi: «...qabul qilingan qarorlarning (MDH tomonidan. – 
E. A
.) MDH doirasida bajarilishini ta’minlaydigan mexanizmlarni 
chinakamiga, amalda izlash o‘rniga, davlatlar o‘rtasida ikki tomonlama 
munosabatlarni rivojlantirish, ularni muayyan mazmun bilan boyitish 
o‘rniga, ko‘proq eski davrlarni qo‘msash hissi paydo bo‘lmoqda. 
Davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarni – parlament, qonun chiqaruvchi, 
ijro etuvchi idoralar – Muvofiqlashtiruvchi yoki Yuqori Kengash, ko‘plab 
amaldorlar ishlaydigan Ijroiya yoki Ma’muriy Qo‘mita, birlashgan harbiy-
siyosiy tuzilmalar va shu kabilarni tashkil etishga harakat qilinmoqda. 
...Sobiq SSSR chegaralarida allaqanday Ittifoqlarga biqinib olish – bunday 
siyosat o‘tmishning turli mafkuraviy andozalarini o‘ylab, o‘zimizni jahon 
iqtisodiyoti nazaridan chetda, qashshoq hayot kechirishga mahkum etishdan 
boshqa narsa emas»
1
. Ana shu nuqtai nazardan O‘zbekiston o‘z 
mustaqilligiga har qanday zarar yetkazadigan uyushma yoki tashkilotni 
qo‘llab-quvvatlamaydi. 
Shuning uchun ham respublikamiz ko‘proq ayni paytda MDHga a’zo 
bo‘lgan, ilgari sobiq Ittifoqqa kirgan davlatlar bilan ikki tomonlama o‘zaro 
manfaatdor aloqalarni rivojlantirishga e’tibor bermoqda va bu borada 
muayyan natijalarga erishdi ham. Buni Rossiya bilan hamkorlik qilish 
misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya 
sarmoyadorlari ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar soni 260 taga 
1
Каримов
 
И

А

Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида

Т
. 6. – 252, 253, 
256-
б

238


yetdi. Shunday hamkorlik Ukraina, Belarus va boshqa davlatlar bilan ham 
rivojlantirilmoqda. 
O‘zbekistonning O‘rta Osiyodagi mustaqil davlatlar bilan aloqalari tufayli 
jahon hamjamiyatiga kirib borishi muhim bir yo‘nalish bo‘lishi bilan birga, 
o‘ziga xos jihatlarga ham ega. Ma’lumki, qardosh Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 
Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston xalqlarining tarixi, madaniyati, tili, 
dini bir-biriga yaqin. Ular ming yillar davomida bitta iqtisodiy, ma’naviy-
madaniy makonda yashab, qarindosh-urug‘chilik, oshna-og‘aynichilik, 
birodarlik ruhi bilan o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu sababli ham 
ular juda ko‘p masalalar va muammolarni birgalikda hal qilishga harakat 
qiladilar. Sobiq SSSRning tarqalib ketishi munosabati bilan bu qardosh 
davlatlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi aloqalari yanada 
faollashdi. Mustaqillik yillarida mazkur davlatlar prezidentlarining 20 dan 
ortiq siyosiy uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar chog‘ida barcha uchun 
umumiy bo‘lgan quyidagi muammolar muhokama etilib, ular bo‘yicha 
qarorlar qabul qilindi: 

Orol fojiasi oqibatlarini tugatish; 

yagona iqtisodiy makon tashkil etish; 

o‘zaro integratsiyani kuchaytirish; 

uch mamlakat o‘rtasida energetika, suv zaxiralaridan foydalanish; 

Afg‘oniston tomonidan keskinlik va beqarorlikning kuchayishi 
xavfining oldini olish va shu kabilar. 
Amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar o‘z natijalarini bermoqda. O‘tgan 
davrda davlatlar o‘zaro hamkorligining huquqiy va tashkiliy asoslari 
yaratildi, Davlatlararo Kengash tuzildi, Hamdo‘stlik dasturlarini ro‘yobga 
chiqarish bo‘yicha Ijroiya Qo‘mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot 
banki tashkil etildi. Qatnashuvchi davlatlar iqtisodiy integratsiyasining 2000 
yilgacha mo‘ljallangan va 53 ta loyihani o‘z ichiga olgan dasturi ishlab 
chiqildi, yagona iqtisodiy makon vujudga keltirish uchun asos solindi, deyish 
mumkin
1

O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosatida dunyoning barcha mintaqalarida 
joylashgan davlatlar bilan teng huquqli aloqalarni amalga oshirmoqda. 
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi yana 
bir omil – mamlakatimizni dunyoga tanitish masalasi bilan bog‘liq. Bu 
borada respublikamiz Prezidentining sa’y-harakatlarini ta’kidlab o‘tish 
lozim. Masalan, I. A. Karimov 1993 yilda Shveysariyadagi «Forum fond» 
xalqaro iqtisodiy tashkilotining IV sessiyasida so‘zlagan nutqida 
O‘zbekistonning besh yo‘nalishdagi, ya’ni oltin ishlab chiqarish, gaz, neft, 
ko‘mir zaxiralari, paxta va meva-sabzavot yetishtirish, rivojlangan transport 
kommunikatsiyalari va turizmni tashkil qilishning keng imkoniyatlarini 
atroflicha ochib berdi. Davlatimiz rahbari qaysi bir mamlakatga tashrif 
buyurmasin, albatta, biznes vakillari, tadbirkorlar, bank xodimlari bilan 
uchrashib, O‘zbekistonning imkoniyatlari haqida batafsil so‘zlab beradi. 
Masalan, o‘zining Amerikaga tashrifi davomida Amerika–O‘zbekiston savdo 
palatasining O‘zbekiston Prezidenti sharafiga uyushtirgan qabul 
1
O‘sha manba. – 258-b.
239


marosimidagi nutqida u shunday degan edi: «Agar juda ulkan tabiiy va 
mineral xomashyo resurslari hisobga olinsa, bu – 
birinchisi.
Ikkinchisi,
rivojlangan energetika bazasi, kommunikatsiya va 
infrastruktura;
uchinchisi,
arzon ishchi kuchi va uning yetarli darajada yuqori 
malakaliligi;
to‘rtinchisi,
O‘zbekistonning to‘lovga qodirligi, muddati o‘tkazib 
yuborilgan to‘lovlarning yo‘qligi, oltin, valuta resurslari hisobga olinsa, 
O‘zbekistonda biznesni birgalikda amalga oshirish uchun ochilayotgan juda 
katta istiqbollari aniq ko‘rinmoqda»
1
.
Bundan tashqari, chet el biznesining qonun bilan kafolatlanganligi 
investorlarning e’tiborini jalb qilmoqda. 
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatini 
amalga oshirar ekan, birinchi navbatda, o‘z manfaatlarining ustunligi 
prinsipidan kelib chiqadi. Tashqi siyosat mintaqadagi tinchlik va 
barqarorlikni ta’minlashga, O‘zbekistonga chet el investitsiyalari, yangi 
texnika va texnologiyalarning kirib kelishi uchun qulay sharoitlar yaratishga 
qaratilgan. Bu siyosat aholining tinch va farovon hayotini ta’minlashga, 
mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy mavqeini jahon standartlari 
darajasiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi. 
1
Каримов
 
И

А

Янгича
фикрлаш
ва
ишлаш
– 
давр
талаби

Т
. 5. – 17–18-
б

240



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish