Каримов
И
.
А
.
Биз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурамиз
.
Т
. 7. – 392-
б
.
213
Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni raqobat muhitini shakllantirish bilan
bog‘liq. I. A. Karimov aytganidek, «raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini
barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki,
uning qonunidir»
1
. Shuning uchun ham raqobat muhitini yaratish maqsadida
mayda va o‘rta korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklarining soni
ko‘paytirildi. Respublikada antimonopol siyosat olib borildi. Monopol
korxonalar hisobidan yangi korxonalar vujudga keldi.
Islohotlar natijasida bozor infratuzilmasi shakllandi. Islohotlarning
uchinchi bosqichi bank tizimini erkinlashtirishni va ixtisoslashgan banklar
o‘rniga universallashgan banklar salmog‘ini ko‘paytirishni vazifa qilib
qo‘ydi. Chunki bu sharoitda bank hammaga xizmat qiluvchi, bozor talabiga
binoan ishlovchi moliyaviy muassasaga aylanishi kerak. Shuningdek,
investitsiya siyosatini yanada erkinlashtirish, fond bozorini kengaytirish,
aholiga aksiyalar sotish va aholidan chiqqan investorlar sonini ko‘paytirish
mo‘ljallandi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini ham erkinlashtirish bu davrning
asosiy vazifalaridan bo‘lib qoldi. Ma’lumki, mustaqil O‘zbekistonning tashqi
iqtisodiy aloqalari eksport va import, chetdan kapital kiritish va chetga
kapital chiqarish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda qatnashish, boshqa
mamlakatlar bilan ikkiyoqlama va ko‘pyoqlama aloqalar o‘rnatish kabi
vazifalarni anglatadi. Bu bosqichda xorij kapitalining mamlakatga kirib
kelishini ko‘paytirish rag‘batlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi
hamda «Kafolatlar va xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida»gi qonunlariga asosan, xorij kapitalining mulkiy daxlsizligi qonun
bilan kafolatlandi. Xorij investorlarining O‘zbekistondagi erkin faoliyati
uchun shart-sharoitlar yaratildi.
Shunday qilib, islohotlarning uchinchi bosqichida amalga oshirilishi kerak
bo‘lgan barcha tadbirlar iqtisodni erkinlashtirish, bozor mexanizmini keng
ko‘lamda joriy qilish, iqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirish, xalq farovonligini
oshirish kabi sohalarga qaratildi.
O‘zbekiston mustaqillik tufayli o‘zining taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgiladi,
iqtisodni o‘zining milliy manfaatlari yo‘lida rivojlantirish imkoniga ega
bo‘ldi. O‘tgan davrda amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy
islohotlar respublikamiz mustaqilligini mustahkamlash uchun xizmat
qilmoqda. Ular natijasida quyidagilarga erishildi:
−
iqtisodda paxta yakkahokimligi cheklandi;
−
iqtisodiy ahvol barqarorlashdi, ya’ni uzluksiz pasayishga barham berildi,
aksincha, o‘sishga erishildi;
−
xomashyoni milliy sanoatning o‘zida qayta ishlab, undan tayyor
mahsulot olishga o‘tildi;
−
yoqilg‘i-enegetika mustaqilligiga erishildi;
−
don mustaqilligi qo‘lga kiritildi;
−
milliy ishlab chiqarishni o‘stirish hisobiga mamlakatning eksport
salohiyati ko‘tarildi;
1
O‘sha manba. – 393-b.
214
−
bir qancha yirik sanoat korxonalarining qurilishi (O‘zDEUavto, Buxoro
neftni qayta ishlash zavodi va boshq.) tufayli O‘zbekiston zamonaviy sanoatga
ega mamlakatga aylantirildi;
−
mustaqillik yillarida shaharlarimizning ko‘rki oshdi va h.k.
Mustaqillik davrida davlat mulkini xususiylashtirish tufayli ko‘p ukladli
iqtisodiyot yuzaga keldi. Natijada davlat mulkidan boshqa mulk turlari,
jumladan individual xususiy mulk, korporativ xususiy mulk, aksiyadorlar
mulki, paychilar mulki, jamoa mulki, aralash mulk va boshqa turli mulk
shakllari vujudga keldi.
Bu yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish uchun imkoniyat yaratdi. O‘zbekistonda yangi – mulkdorlar
sinfi shakllandi. Shuningdek, bu yillarda davlatning faol investitsiya siyosati
mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratdi. Iqtisodiyotning ustuvor
sohalariga davlat investitsiyalari hamda xorij kapitali jalb qilindi.
O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ham faol ishtirok etmoqda,
chunki barqaror iqtisodiy o‘sishni busiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Respublikamiz dunyoning ko‘pgina davlatlari, ayniqsa, rivojlangan
mamlakatlar bilan keng iqtisodiy munosabatlar o‘rnatgan. Hozir O‘zbekiston
xalqaro savdo-sotiq va kredit bozorlarida faol ishtirok etmoqda. U bir qancha
xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning a’zosidir.
Islohot yillarida aholining daromadi o‘sib bordi. Aholining muhtoj
qatlamini ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat yuritildi. Bu
siyosatni esa mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining
yuzaga kelganligi tufayligina olib borish imkoniyati tug‘ildi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar xalq farovonligini
ko‘tarishga qaratilgan. Unga erishishning yagona yo‘li – bozor
munosabatlariga o‘tish, rivojlangan bozor iqtisodiyotini shakllantirish va
aholining o‘z mehnati bilan halol boylik orttirishi uchun zarur shart-sharoitni
yaratish.
215
Do'stlaringiz bilan baham: |