hisobga olish kerak bo‘lar edi. O‘zbekistonning o‘ziga xos shart-sharoitlari
va salohiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– respublikadagi demografik vaziyat: aholi tabiiy o‘sishi kattaligining (u
aholini ish joylari bilan ta’minlash muammosini paydo qiladi);
migratsiyaning deyarli yo‘qligi (sanoat ishlab chiqarishini qishloqqa
yaqinlashtirish muammosi bilan bog‘liq);
– respublikaning geografik joylashuvi, ya’ni Sharq bilan G‘arbni o‘zaro
bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘lining markazida, Markaziy Osiyo davlatlariga
nisbatan o‘rtada, nihoyat, jahon portlaridan yiroqda joylashganligi;
– respublikaning tabiiy va iqlim sharoiti: texnik o‘simliklar (paxta,
kanop), oziq-ovqat mahsulotlari (g‘alla) yetishtirishga qulay, sug‘oriladigan
yerlarning ko‘pligi, lekin suv tanqisligining mavjudligi;
– foydali qazilma imkoniyatlari: oltin, mis, gaz, neft zaxiralarining yetarli
darajada ekanligi, lekin temir, ko‘mir, yog‘ochning yetishmasligi va h.k.
Bozor iqtisodi haqida so‘z
ketganida, avvalambor, tovar-pul
munosabatlariga asoslangan hamda ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida
harakatlanadigan iqtisod tushuniladi. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston
oldida taraqqiyotning ikki yo‘li mavjud edi: birinchisi – markazdan
boshqariladigan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan sobiq iqtisod;
ikkinchisi – bozor munosabatlariga asoslangan iqtisod. Kechagi tarixdan
ma’lumki, birinchi yo‘l o‘zining samarasiz ekanligini isbotladi. Sobiq SSSR
va boshqa sotsialistik mamlakatlar nafaqat iqtisodiy taraqqiyotda, balki
aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash borasida ham rivojlangan G‘arb
mamlakatlaridan ancha orqada qoldi. O‘zbekiston taraqqiyotning ikkinchi
yo‘li – iqtisodni bozor munosabatlari asosida rivojlantirish yo‘lini tanladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv zarurat va davr taqozosi bo‘lib qoldi.
Chunki u umumbashariy hodisa, jahon sivilizatsiyasining
rivojlanishi
yo‘lidagi muqarrar bosqich hisoblanadi. Qolaversa, bizda, ya’ni Sharqda
bozor sharoitidagi iqtisodiy rivojlanish juda uzoq vaqt davom etgan qadimiy
jarayon bo‘lib, odamlar azal-azaldan savdo-sotiq bilan shug‘ullanganlar.
Bozor iqtisodiyotining bir qancha muhim xususiyatlari bor. Bu
xususiyatlar tovar ishlab chiqaruvchining mustaqil iqtisodiy faoliyat
yuritishi, mulkning turli shakllarda bo‘lishi va ularning teng huquqliligi,
monopolizmga yo‘l qo‘ymaslik va ishlab chiqarishning erkin raqobati uchun
keng yo‘l ochib berish, iste’molchilar ehtiyojini qondirishning birinchi
o‘ringa chiqishi, ishlab chiqaruvchining o‘zi yaratgan mahsulotiga o‘zi
egalik qilishi, uni erkin sotishi yoki sotmasligi uchun imkon berilishi, tovar
ishlab chiqaruvchining o‘zi mulk egasi bo‘lib, uni o‘zi
bilganicha ishlatishi
mumkinligi, ishlab chiqarilgan tovarga bozorda tan olinadigan ijtimoiy zarur
mehnatning sarflanishi lozimligi, narx-navoning erkinligi va boshqalardan
iborat.
Jahon tajribasida bozor munosabatlarini shakllantirishning ikkita
yo‘nalishi mavjud: birinchisi – stixiyali, tartibsiz, rivojlanuvchi bozor
iqtisodiyoti, ikkinchisi – boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor
iqtisodiyoti.
206
O‘zbekiston ikkinchi, ya’ni boshqariladigan iqtisodiyot yo‘lini tanladi.
O‘zbekiston tanlagan yo‘lning xususiyati shundan iboratki, uning maqsadi
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishdir. «Ijtimoiy
jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti
markazlashtirilgan rejali
bozordangina emas, balki erkin bozordan ham farq qiladi. U mustaqil
iqtisodiy andozadan iborat bo‘ladi. Uning erkin bozordan muhim farqi
shundan iboratki, u iqtisodiy va ijtimoiy asoslarning sintezi hisoblanadi. Bu
shuni bildiradiki, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodi, to‘la-to‘kis ham
bozor iqtisodiyoti, ham ijtimoiy iqtisodiyot hisoblanadi, iqtisodiy rivojlanish
samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog‘lash
maqsadini ko‘zlaydi»
1
.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bozor iqtisodiga o‘tishning o‘ziga xos
milliy yo‘li keyinchalik «o‘zbek modeli» deb atala boshlandi. Mustaqillikka
erishilganidan so‘ng, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar konsepsiyasi ishlab
chiqildi. Bu Prezident I. A. Karimov ilmiy asoslab bergan va olg‘a surgan
islohotlarning besh prinsipidir. Ular quyidagilar:
1) iqtisodning siyosatga nisbatan ustunligini ta’minlash;
2) bozor munosabatlariga o‘tish davrida
davlatning bosh islohotchi
bo‘lishi;
3)
qonunlarning va ularga rioya etishning ustunligi;
4)
kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish;
5)
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo‘l bilan o‘tish.
Bu prinsiplar bozor iqtisodiyotiga o‘tishda «o‘zbek modeli»ning ajralmas
qismi hisoblanadi. Ular o‘zida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumiy
qonuniyatlarini, respublikaning milliy xususiyatlari va sharoitlarini aks
ettirgan.
Birinchi prinsip – iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustunligi. Bu prinsip
iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning boshqa sohalari uchun poydevor
vazifasini o‘tashini va ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi.
Unda iqtisodiyotning o‘ziga xos obyektiv qonunlarining mavjudligi, bu
qonunlarsiz iqtisodiy faoliyat yuritish mumkin emasligi hisobga olingan.
Iqtisodiyot siyosiy kurashlar va mafkuraviy tazyiqlardan xoli, o‘ziga xos
ichki qonunlarga asosan rivojlanishi lozim. Lekin siyosat taraqqiyotning
zaruratidan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin.
Ikkinchi prinsip – bozor munosabatlariga o‘tish
davrida davlatning bosh
islohotchi bo‘lishi. Bu prinsipda davlat islohotlarning ustun yo‘nalishlarini
belgilab berishi, ularni amalga oshirish yo‘lini ishlab chiqishi va unga
izchillik bilan rioya etilishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan
davrda davlat boshqaruv mexanizmini qo‘ldan chiqarmasligi kerak. Bunda
faqat davlat asosiy islohotchi bo‘lishi lozim. Ma’lumki, taraqqiy etgan
ko‘pgina mamlakatlarning tajribasi davlat hamisha tub o‘zgarishlarda
peshqadam bo‘lib kelganligidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda totalitar, rejali, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyotidan
erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tilmoqda. Shu sababli
1
Do'stlaringiz bilan baham: