O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Каримов
 
И

А

Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат

мафкура

Т
. 1. 
– 321-
б

2
O‘sha manba. – 45-
б

195


belgilab berdi. Bular quyidagilar: xalq hokimiyatchiligi, davlat suvereniteti, 
qonuniylik, hokimiyatning taqsimlanishi. 
Xalq davlatni boshqarishni bevosita yoki saylab qo‘yilgan vakillari orqali 
amalga oshiradi. Xalqning davlatni bevosita boshqarish vositalari 
referendum, Oliy Majlisga, xalq deputatlari kengashlariga saylovlar, davlat 
hayotidagi muhim masalalarni xalq muhokamasiga qo‘yish, xalq 
deputatlarini muddatidan oldin chaqirib olish, saylovchilarning yig‘ilishlari 
va boshqalardir. 
Oliy Majlis Respublikada oliy vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi 
hokimiyatni amalga oshiradi. Oliy Majlis Konstitutsiya asosida saylangunga 
qadar uning vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 
amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining yangi tarkibi 
1990 yilning 18 fevralida saylandi, u 1990–1994 yillarda faoliyat ko‘rsatdi. 
Oliy Kengash birinchi marta Respublika Prezidentini sayladi. U «Mustaqillik 
deklaratsiyasi»ni, «O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi. Oliy Kengash faoliyati 
davomida 200 ga yaqin qonunlar, 500 dan ko‘proq qarorlar qabul qilindi. 
Oliy Majlisga saylov 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunga asosan olib 
boriladi. Deputatlar Oliy Majlisga umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov 
huquqi asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadilar. 
18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari saylash huquqiga, 25 yoshga 
to‘lganlari esa Oliy Majlisga saylanish huquqiga egadirlar. Oliy Majlisga 
deputatlarni saylash normasini birinchi chaqiriq Oliy Majlisi 250 kishi qilib 
belgilagan edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasi 1994 yil 25 
dekabr kuni Oliy Majlisga, shuningdek viloyat, shahar va tuman 
kengashlariga saylovlar o‘tkazishga qaror qildi. Nomzodlar ko‘rsatishda 
ko‘ppartiyaviylik va muqobillik ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi deputatligiga XDPdan 247 nafar, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 
146 nafar, hokimiyatning vakillik organlaridan 250 nafar nomzodlar 
ko‘rsatildi. Nomzodlarning birortasi ham yetarli ovoz ololmagan saylov 
okruglarida 1995 yil 8 va 25 yanvar kunlari qayta saylovlar o‘tkazildi. 
Natijada birinchi chaqiriq Oliy Majlisga 250 nafar deputat saylandi. 
Birinchi chaqiriq Oliy Majlisda hokimiyatning vakillik organlaridan 120 
nafar deputat, XDPning 69 kishilik fraksiyasi, «Adolat» partiyasining 47 
kishilik fraksiyasi, «Vatan taraqqiyoti» partiyasining 14 kishilik fraksiyasi 
ro‘yxatga olingan edi. 
Oliy Majlisning sessiyalari odatda bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. 
Navbatdan tashqari sessiyalar Oliy Majlis raisining tashabbusi yoki 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesining yoki Oliy Majlis deputatlarining kamida uchdan bir 
qismining takliflari bilan chaqiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasida 
ko‘rsatilganiga muvofiq, Oliy Majlis qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy 
Majlisga havola etiladigan masalalarni oldindan ko‘rib chiqish va tayyorlash, 
196


respublika qonunlari va Oliy Majlisning boshqa qarorlari ijrosini nazorat 
qilib turish maqsadida deputatlar orasidan Oliy Majlisning komissiya va 
qo‘mitalari saylanadi. 
1995 yil 23–24 fevral kunlari birinchi chaqiriq Oliy Majlisning I sessiyasi 
bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident I. A. Karimov «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy 
va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari to‘g‘risida» ma’ruza qildi. 
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 1995–1999 
yillar mobaynida faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda 10 ta kodeks, 130 ta qonun 
qabul qildi. 460 ta turli huquqiy hujjat va qonunlarning qo‘llanish amaliyoti 
puxta o‘rganilib, ularga 200 dan ziyod qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi
1

Qabul qilingan barcha qonunlar va qarorlar jamiyatni demokratlashtirish, 
bozor munosabatlarini shakllantirish, aholining ijtimoiy himoyalanishini 
kuchaytirish, jamiyatni ma’naviy yangilash, milliy davlatchilik asoslarini 
yaratish va mustahkamlashni huquqiy jihatdan ta’minladi. 
1999 yil 5 dekabrda ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy 
Majlisi, viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylovlar o‘tkazildi. 1994 
yildagi parlament saylovlarida 2 ta siyosiy partiya va vakillik idoralari o‘z 
nomzodlarini ko‘rsatib, saylovda ishtirok etgan bo‘lsalar, 1999 yilgi 
saylovlarda 5 ta siyosiy partiya, vakillik idoralari va saylovchilarning 
tashabbus guruhlari bu muhim siyosiy tadbirda ishtirok etdilar. 
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi 
sessiyasining birinchi yig‘ilishi 2000 yil 22 yanvarda, ikkinchi yig‘ilishi shu 
yilning 11 fevralida bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Prezident I. A. Karimov nutq 
so‘zlab, kelajakda mamlakatimiz oldidagi davlat qurilishi, siyosat, 
iqtisodiyot, ma’naviyat, sud, huquq, tashqi siyosat, xavfsizlikni ta’minlash 
borasidagi vazifalar haqida to‘xtaldi. Nutqda fuqarolik jamiyati asoslarini 
barpo etish borasidagi vazifalar belgilab berildi. 
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 2001–2004 
yillari davomida faoliyat yuritib, davlatimiz tarixida sezilarli darajada iz 
qoldirdi. 
2001 yil 6 dekabrda Oliy Majlisning ikki palatasi parlamentini 
shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyasida 
belgilangan vakolatlarini o‘zgartirish masalalari yuzasidan referendum 
o‘tkazish haqida tarixiy qaror qabul qilindi. Shu munosabat bilan 2002 yil 27 
yanvarda ikki palatali parlamentga o‘tish to‘g‘risida umumxalq referendumi 
o‘tkazildi.
2002 yil 4–5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chiqiriq Oliy majlisining 
VIII sessiyasida “Referendum yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil 
etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul 
qilindi. 
2004 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bunda Qonunchilik palatasiga 
120 deputat saylandi. Shuningdek Senatning 84 nafar a’zosi Mahalliy 
1
Qarang: 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish