partiyalar va boshqa jamoat birlashmalaridan farqli o‘laroq, mustaqil holda
ish yuritadilar. Respublikada odil sudlov umuminsoniy demokratik prinsiplar
asosida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining barcha
fuqarolari – jinsi, irqi, millati, tili, dini, shaxsi, ijtimoiy kelib chiqishi va
mavqeidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdirlar.
Prezident I. A. Karimov ta’kidlaganidek: «Sud jazolovchi organdan oddiy
odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib,
haqiqatan ham mustaqil bo‘lib qolishi lozim»
">1
. Hozirgi davrda
o‘tkazilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlar ham ana shu maqsadlardan
kelib chiqib amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilishi maqsad qilib qo‘yilgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarning mohiyati pirovard natijada kadrlar masalasiga borib taqaladi.
Shuning uchun ham mustaqillik yillarida yangi qurilajak jamiyat talablariga
to‘la mos keladigan kadrlar siyosati ishlab chiqildi. Yangi sharoitda kadrlarni
tanlash va joy-joyiga qo‘yish mustaqillikni mustahkamlashning dolzarb
vazifasi bo‘lib qoldi. Puxta o‘ylab chiqilgan kadrlar siyosati mamlakat
kelajagini belgilab beradigan asosiy omillardan hisoblanadi.
1
Каримов
И
.
А
.
Янгича
фикрлаш
ва
ишлаш
–
давр
талаби
.
Т
. 5. –
Т
., 1997. –
127-
б
.
201
Natijada davlat siyosatining muhim tarmog‘i hisoblangan kadrlar
masalasida jiddiy kamchiliklarni bartaraf qilishga kirishildi. Avvalambor,
davr talabiga mos mahalliy boshqaruv organlari va ijroiya hokimiyatini
mustahkamlashga katta e’tibor qaratildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda
ijroiya hokimiyatga boshchilik qiladigan hokimlar lavozimining ta’sis etilishi
bu ishlarning amaldagi natijasi bo‘ldi. Mustaqillik yillarida kadrlarni tanlash
va joy-joyiga qo‘yishda siyosiy va axloqiy yetuklik, tashkilotchilik
qobiliyati, ishbilarmonlik va tadbirkorlik, xalq bilan birdamlik kabilar
qo‘yiladigan asosiy talablardir. Zarur kadrlar tayyorlash maqsadidan kelib
chiqib, 1995 yilning sentabrida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
huzurida Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi ta’sis etildi. Akademiya
o‘tgan davr ichida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun ko‘plab rahbar
kadrlarni tayyorlab berdi.
Jamiyat siyosiy tizimida demokratiyaning zaruriy va qonuniy belgisi
bo‘lgan tom ma’nodagi ko‘ppartiyaviyliksiz uni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Mustaqillik yillarida jamiyatda demokratlashuvni ta’minlashning siyosiy
mexanizmi – turli ijtimoiy guruh a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy, ma’naviy va boshqa manfaatlariga xizmat qiladigan
ko‘ppartiyaviylik yuzaga keldi. Davlat, hukumat va parlamentni
shakllantirishda siyosiy partiyalarning mavqei, ishtiroki tobora ortib
bormoqda.
Xalqning ko‘ppartiyaviylik tizimi asosidagi faollik darajasi hozirgi davrga
kelib demokratiya mezonlarini belgilab bermoqda. Jamiyatimiz ijtimoiy-
siyosiy hayotida ko‘ppartiyaviylikning qaror topishi – huquqiy-demokratik
jamiyat qurishning asosiy talablaridan biri. Siyosiy partiya fuqarolik
jamiyatining muhim unsuri hisoblanadi. Siyosiy partiyalar, ko‘ppartiyaviylik
fuqarolar siyosiy huquqlarini amalda tatbiq etishning usullari sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 va 34-moddalarida belgilab
berilgan.
Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning qabul qilgan bir qancha qonunlari
siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining vujudga kelishi va erkin faoliyat
yuritishi uchun huquqiy asos yaratdi. Bular «Jamoat tashkilotlari
to‘g‘risida»gi (1991 yil 15 fevral), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining
huquq va kafolatlari to‘g‘risida»gi (1992 yil 2 iyul), «Siyosiy partiyalar
to‘g‘risida»gi (1996 yil dekabr), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi (1998 yil 28 aprel) qonunlardir.
1996 yilning 26 dekabrida birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining
Oliy Majlisi qabul qilgan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunining 1-
moddasida: «Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining
qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat
hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy
irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va
jamiyat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir»
">1
, deb
ko‘rsatilgan.
1
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
ахборотномаси
. – 1997. –
№
2.
– 11-
б
.
202
Ayni vaqtda respublikada 4 ta siyosiy partiya va bitta ijtimoiy harakat
faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular quyidagilar:
– O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (1991 yilda tashkil topgan);
– «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (1995 yilda tashkil topgan);
– «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (1995 yilda tashkil topgan);
– «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi (1998 yilda tashkil topgan);
– O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (2004 yilda tashkil topgan).
1995 yildan respublikada «Xalq birligi» harakati faoliyat yuritmoqda.
Bulardan tashqari, respublikada 2300 ga yaqin jamoatchilik birlashmalari va
nodavlat tashkilotlar mavjud. Bular – davlat va jamiyatdagi turli masalalarni
hal etishda tobora faol ishtirok etayotgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari,
Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Nuroniy» jamg‘armasi, «Ma’naviyat va ma’rifat»
jamoatchilik jamg‘armasi va boshqa ko‘plab tashkilotlardir.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha siyosiy partiyalarning
dasturlari va ularda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviyat sohalari
bo‘yicha ilgari surilgan maqsad va vazifalar davlatning hozirgi siyosati bilan
mos tushadi. Siyosiy partiyalar faoliyatining mushtarakligi jamiyat
a’zolarini, ular qaysi partiyaga a’zoligidan qat’i nazar, yagona maqsad sari
yetaklaydi. Partiyalarning nomlari turlicha bo‘lsa ham, ular umumiy siyosiy
faoliyati mazmuniga ko‘ra, bir-biriga juda o‘xshash. Bu ijtimoiy-siyosiy
uyg‘unlik bozor munosabatlariga o‘tish davrida jamiyatni
demokratlashtirishda, ijtimoiy tabaqalar va toifalar o‘rtasidagi o‘zaro
hamkorlik hamda hamjihatlik munosabatlarini vujudga keltiradi.
Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda
ommaviy axborot vositalarining o‘rni juda katta. Bu jarayonda ommaviy
axborot vositalarining ahamiyati oshib bormoqda. O‘zbekistonda ommaviy
axborot vositalarining erkin faoliyati uchun to‘la huquqiy asos yaratilgan.
Konstitutsiyaning 67-moddasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi,
senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, Oliy
Majlis qabul qilgan bir qancha qonunlarda ham ommaviy axborot
vositalarining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Bu «Axborot olish
kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi (1997 yil 24 aprel), «Jurnalistik
faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida»gi (1997 yil 24 aprel), «Ommaviy
axborot vositalari to‘g‘risida»gi (1997 yil 26 dekabr) qonunlardir. Ommaviy
axborot vositalari aholining yangicha tafakkuri va ongini shakllantiruvchi,
ularning xohish-irodasini xolisona ifodalovchi, inson manfaatlarini faol
himoyalovchi omildir.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining turlari va soni
birmuncha ko‘paydi. Ommaviy axborot vositalarining jamiyatimiz
hayotidagi o‘rni haqida I. A. Karimov: «Ommaviy axborot vositalari har bir
kishi o‘z fikrini ifoda eta olishiga imkon beradigan erkin minbar bo‘lishi
kerak. Ayni shu ommaviy axborot vositalari jamiyatimizning demokratik
qadriyatlarini va tushunchalarini himoya qilishi, odamlarning siyosiy,
huquqiy va iqtisodiy ongini shakllantirish bo‘yicha faol ish olib borishi
lozim»
, – deb ta’kidlagan edi.
1
Каримов
И
.
А
.
Биз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурамиз
.
Т
. 7. – 391-
б
.
203
Ommaviy axborot vositalari milliy mustaqillik, demokratik islohotlar,
davlat siyosatining mohiyatini odamlar ongiga yetkazishda katta ishlarni
amalga oshirmoqda.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida
amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yagona bir
maqsad – huquqiy-demokratik davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini
shakllantirishga qaratilgandir.
204
Do'stlaringiz bilan baham: |