uchinchi bosqich – 1997 yil o‘rtalaridan keyingi davr.
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yangi iqtisodiy
munosabatlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan bog‘liq edi.
«Iqtisodiyotni isloh qilish jarayonlari mustahkam huquqiy negizga
asoslangandagina ular barqaror va sobitqadam bo‘ladi»
1
, – degan edi
O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatda keng qamrovli
islohotlarni amalga oshirish uchun asos bo‘ldi. Unda jamiyatimiz
iqtisodiyotining bozor munosabatlariga asoslanganligini belgilovchi mavjud
turli mulk shakllari va ularning teng huquqliligi, xususiy mulk daxlsizligi va
uning davlat tomonidan qo‘riqlanishi (53-modda), mulkka egalik qilish
huquqi (36-modda) mustahkamlangan.
Respublikamizda o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida
bozor munosabatlariga o‘tishning ikkita muhim masalasi hal qilindi:
ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini yengish va tanglikka
barham berish. Iqtisodni barqarorlashtirish uchun respublikaning o‘ziga xos
sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor munosabatlarining
negizlarini shakllantirishga qaratilgan choralar ko‘rildi.
Yangi iqtisodiy munosabatlar va ularning manbai, mohiyatini mulkning
xilma-xil shakllari belgilashini hisobga olib, mustaqillikning dastlabki
kunlaridanoq, ularning huquqiy asosini yaratish asosiy vazifa bo‘lib qoldi.
Tabiiyki, eski ma’muriy buyruqbozlik tizimiga xizmat qilgan qonunlarning
birontasi yangi sharoit uchun ishlay olmasdi. Shu sababli eng avval islohotlar
uchun huquqiy negiz yaratildi. Yangi qabul qilinadigan qonunlar
O‘zbekistonning xususiyatlarini va qonunchilik sohasidagi jahon tajribasini
inobatga olishni taqozo etar edi.
«Isloh qilishning birinchi bosqichida biz huquqiy asoslarni yaratishda
o‘zimizga xos yondashuvlarni, qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul
qilish bo‘yicha o‘z mexanizmimizni vujudga keltirdik»
2
, – deb ta’kidlaydi
Prezident I. Karimov.
Birinchi bosqichda mulkchilik, xo‘jalik yuritish tartibi, tashqi iqtisodiy
faoliyat bilan bog‘liq 26 ta qonun qabul qilindi. Bular orasida mulkchilik,
tadbirkorlik, xorijiy investitsiyalar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish, banklar to‘g‘risidagi qonunlar asosiy o‘rin tutdi. Bu
qonunlar bozor tizimiga asos soldi, unga o‘tish chora-tadbirlarini belgiladi.
Bu davrda, qonunlardan tashqari, Prezidentning islohotlarga taalluqli 82 ta
farmoni ham qabul qilindi. Qonunchilik bilan birga, iqtisodni boshqarish
tizimi ham isloh qilindi. Ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi o‘rniga
demokratik bozor boshqaruv tizimi qaror topa boshladi. Jumladan Moliya
vazirligi, respublika Ulgurji va birja savdosi aksionerlik uyushmasi,
respublika Mol-mulk va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi, Tashqi
iqtisodiy aloqalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi,
respublika Markaziy banki, respublika Tovar ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar palatasi tashkil qilindi. Iqtisodiy islohotlar tufayli korxonalar
1
Do'stlaringiz bilan baham: