tarkibiy siljishlar yuz berdi. Iqtisod milliy manfaatlarni ko‘zlab tubdan qayta
qurila boshlandi. Bozor infrastrukturasi shakllandi. Iqtisodiyotda yangi
sohalar (avtomobil sanoati va boshq.) paydo bo‘ldi.
Bu davrdagi iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli mamlakatda sanoat ishlab
chiqarishi o‘sdi. Aholini ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish va ichki bozorni tovarlar bilan to‘ldirishda sezilarli
ishlar amalga oshirildi.
Iqtisodiy islohotlar uchinchi bosqichining (1997 yilning ikkinchi
yarmidan keyingi davr) asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
−
mulkdorlar sinfini shakllantirishni davom ettirish;
−
iqtisodda raqobat muhitini yaratish;
−
barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish;
−
mamlakatning eksport salohiyatini oshirib borish;
−
bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish;
−
mamlakatga chet el investitsiyalarini keng ko‘lamda jalb etish.
Prezident I. A. Karimovning birinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV
sessiyasidagi (1999 yil 14 aprel) «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli
ma’ruzasi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning I sessiyasida so‘zlagan
nutqida ilgari surilgan g‘oyalar va takliflar islohotlarning uchinchi bosqichi
uchun asos qilib olindi. Chunki ularda iqtisodni erkinlashtirish g‘oyasi ilgari
surildi. Bu g‘oyaning asosiy jihatlarini quyidagilar tashkil etdi:
– davlatning korxonalar va xususiy biznesni nazorat qilishini hamda
boshqaruvchilik funksiyalarini qisqartirish;
– jamiyatda mulkdorlar sinfi ko‘pchilikni tashkil qilishiga erishish;
– xorij sarmoyalarini keng jalb qilish uchun huquqiy shart-sharoitlarni
yaratish;
– kichik, o‘rta va xususiy tadbirkorlikning hal qiluvchi mavqega ega
bo‘lishiga erishish;
– mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash.
Islohotlarning uchinchi bosqichida mulkdorlar sinfini shakllantirishga
katta e’tibor berildi. Mulk egalari alohida ijtimoiy guruh – mulkdorlar sinfini
tashkil etdi. Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, «birinchi galdagi asosiy
vazifa – mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish lozim.
Boshqacha aytadigan bo‘lsak, biz oldimizga qo‘ygan maqsadni – xususiy
mulkchilik yetakchi o‘rinda turadigan ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish
maqsadini amalga oshirishimiz kerak»
1
. Demak, mulkdorlar jamiyatning
iqtisodiy jihatdan eng faol qatlamini tashkil etib, bozor iqtisodiyoti ularga
tayanadi.
Bu davrda kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish iqtisodni
erkinlashtirishning asosiy mezoni deb belgilandi. Uchinchi bosqichda kichik
va o‘rta biznesni xususiylashtirishni yana davom ettirib, yalpi milliy
mahsulotda ularning ulushini kamida 25 % ga yetkazish vazifa qilib qo‘yildi.
Bu davrda biznes o‘zini o‘zi moliyalashtirishi va ishlab chiqarishga jadal
kirib borishi kerakligi rejalashtirildi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: