ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar, birinchi navbatda, tarixiy
shaharlar – Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz, Termiz, Qarshi, Toshkent
va boshqa joylarda olib borilmoqda. Agar 1990 yilda tarixiy obidalarni
tiklash ishlariga 12,4 mln. so‘m sarflangan bo‘lsa, bu raqam 1996 yilda 643,6
mln. so‘mni tashkil qildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun xorijiy
mamlakatlar ham sarmoya ajratmoqdalar. Masalan, Samarqanddagi Qusam
ibn Abbos madrasasini ta’mirlashga Iordaniya hukumati 100 ming AQSH
dollari miqdorida mablag‘ ajratdi.
Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda mahalliy budjetlarning ulushi ham
ortib bormoqda. Masalan, 1994 yilda respublika budjetidan bu ishlarga 64
129,2 ming so‘m ajratilgan bo‘lsa, mahalliy budjetlardan 92 479 ming so‘m
ajratildi. Shu pullardan 30 573,9 ming so‘mi teatr-konsert tarmog‘ini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 62 154 ming so‘mi o‘quv muassasalari
tarmog‘ini mustahkamlashga sarflandi
1
.
Shuni nazarda tutish kerakki, 1998 yilda respublikada 9 538 ta madaniyat
muassasasi bor edi. Ulardan 53 tasi teatr-konsert, 3 458 tasi madaniy-
ma’rifiy, 27 tasi o‘quv muassasasi edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ularni
asbob-uskunalar va kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlash nihoyatda
mushkul bo‘ldi. Shunga qaramay, bu muassasalarni moddiy ta’minlovchi
davlat va mahalliy organlar bevosita shu ish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Prezidentimiz I. Karimovning 1996 yil 31 dekabrdagi «Musiqa tahsilini
yaxshilash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, o‘quv yurtlariga 6,5 ming dona
musiqa anjomlari ajratildi.
Madaniy oqartuv muassasalarini ta’minlanishda sezilarli o‘zgarishlarga
qaramay, bu sohada ham yechilmagan muammolar mavjud. Ayniqsa,
kutubxonalarni kitoblar bilan ta’minlash dolzarb vazifa bo‘lib kelmoqda.
Agar 1991 yilda respublika kutubxonalari fondida 5 mln. 189 ming 100
nusxadan iborat kitob bo‘lgan bo‘lsa, 1998 yilda bu ko‘rsatkich 1 mln. 802
ming 700 nusxani tashkil etdi. 1996 yilda har bir qishloq kutubxonasiga o‘rta
hisobda 1,5 ta kitob ajratilgan. 1997 yilda 1084 kutubxona ta’mirtalab
holatda edi, shulardan 163 tasi avariya holatiga kelib qolgan edi
2
.
Milliy madaniyatning o‘ziga xosligini tiklashga va ko‘rsatishga alohida
e’tibor berilishi kerak. Shuningdek, milliy o‘zini o‘zi anglashning tiklanishi
jahon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari ideallaridan,
bizning ko‘p millatli jamiyatimiz an’analaridan ajralib qolishi mumkin emas.
Milliy tiklanish g‘oyasining asosiy vazifasi oldin o‘tgan voqealar va
tarixda alohida o‘rin tutgan ayrim shaxslarni, eski tizimni tanqid qilishdan
iborat emas. Maqsad – iqtisodiy va madaniy taraqqiyotimizga to‘sqinlik
qilayotgan barcha illatlardan tezroq qutulib, rivojlanish yo‘liga chiqib olish.
Milliy g‘oyaning vujudga kelishida o‘zbekona fe’l-atvor katta ahamiyatga
ega. Xalqimiz ongida insof va diyonat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash
1
Qarang
Do'stlaringiz bilan baham: