Mavzu: Alisher Navoiyning pedagogik ko`z qarashlari
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441 - 1501) fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik,tasviriy san’at, me’morchilik rivojlantirish bilan birga ta’lim - tarbiya takomillashishiga katta e’tibor beradi. U o`zining "Xamsa", "Maxbubul qulub" kabi ta’limiy - axloqiy asarlarida, shuningdek "Munojat", "Vaqfiya", "Majolisun nafois", "Muxokamat ul-lug`atayn" asarlarida, Jomiydan tarjima "Qirq hadis" kabilarda tarbiyaga oida qarashlarini ifoda etadi.
Buyuk mutafakkir olim Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalarini rivojlantirish bilan birgalikda ta’lim-tarbiyani ham takomillashtirishga e’tibor bergan. Uning hamma asarlarida tarbiyaga oid qarashlar o’z ifodasini topgan. Alisher Navoiy o’zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlarini ifodalagan bo’lsa, ta’limiy-ahloqiy asarlarida esa komil insonning mazmuni, yo’llari, usullarini bayon etadi. U inson kamolotida ilm -fanning o’rni aql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi.
Alisher Navoiy ilmni inson kamoloti uchun eng zarur fazilatlardan deb biladi. U insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqaruvchi omil deb ta’riflaydi. SHunga ko’ra o’z asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatli bo’lishga undaydi. Ilm olish har bir kishining insoniy burchi deb hisoblaydi. CHunki egallashdan maqsad ham xalqning, o’z mamlakatining baxt saodatli, farovon hayot kechirishi uchun xizmat qilishdan iboratdir deb ta’kidlaydi.
U bilim olishda barcha fanlarni o’rganishni targ’ib etadi. Bunda u (fozillarni yig’ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.
Alisher Navoiy «Ixlosiya» deb nomlangan madrasa va uning qoshida maktablar ochadi. Madrasa va maktabda ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda katta intizom va talabga rioya qilishni talab etadi.
Alisher Navoiy o’zi barpo etgan «Ixlosiya» madrasasida o’z zamonasiga yetuk muddarislarini yig’di va ilm izlagan talabalar ana shu madrasalarda peshvolaridan tahsil oldilar.
Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgandir. U xalq baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini uz manfaatidan ustun qo`yadi:
Yuz jafo qilsa menga bir qatla faryod aylamam,
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram.
yoki
Odami ersang demagil odami
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami.
Alisher Navoiy inson kamolotida ilmning o`rnini muhim deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlik, jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ilm olishni insoniy burch deb biladi. U bilimda barcha fanlarni urganishni targ`ib etadi.
Navoiy ilm - fanni yuksaltirish uchun Ixlosiya madrasasini tashkil etadi, uning yonidan maktab ochib, o`z vaqfidan mablag` ajratadi. Madrasada qattiq intizomga amal qilingan.
Adib ustoz - murabbiylarga ham katta talablar qo`yadi, ularni avvalo o`zlari bilimli va tarbiyali bo`lishlari lozim deydi. Shu bilan birga ustozlarning mehnatini juda qadrlaydi:
Haq yo`linda kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuzganj ila.
Shoirning "Xamsa"siga kirgan "Hayratul abror" dostoni va "Maxbubul qulub" asarlari axloqiy - didaktik asarlardan hisoblanadi. "Hayratul abror"dagi masalalarni 3 turkumga ajratish mumkin: 1. Falsafiy masalalar. 2. Ijtimoiy - siyosiy masalalar. 3. Axloqiy - ta’limiy masalalar.
Asarning 5- maqoloti insoniy fazilatlardan biri - saxiylikka bag`ishlanadi. 6 - bob tarbiyaga bag`ishlanadi. Bolaga dastlab yaxshi ot quyish, so`ngra yaxshi muallimga berish, yaxshi tarbiya berishni maslahat beradi. Bolalarni esa ota - onani hurmat etishga chaqiradi:
Boshni fido ayla ato qoishiga,
Jismni qil sadaqa ano boshiga.
Ikki jahoningga tilarsen fazo,
Hosil et ushbu ikkisidan rizo.
Tun-kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Alisher Navoiy o`z pedagogik qarashlarida bolaga yoshlikdan ta’lim va tarbiya berish, o`g`il - qizlarni 6 yoshdan muallimga berish lozimligini aytadi. Turli fanlar va hunar egallashni maslahat beradi.
U o’zining «Hamsa», «Maxbub ul-qulub», « Munojot», «Vakfiya» va asarlarida ta’lim tarbiya masalalariga e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarni ko’rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik, tarixiylik, kabi talablarni asos qilib oladi. O’z davrdagi musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o’qituvchi gapirar ekan, muallim o’z shogirdlarini ham, o’zi ta’lim berayotgan fanni sevgan bo’lishi zarur deydi. O’ziga ham, o’qituvchiga ham talabchan bo’lishni Navoiy o’qituvchini jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq inson bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.
Navoiyning haqiqiy insoni-pok, mehnatsevar, sof vijdonli, insofli, to’g’ri, sahovatli, odobli, kamtar, hayoli, muruvvatli shaxs. Bu hislatlarni odamlarda tarkib toptirish uchun ularda ana shu oliyjanob hislatlarni tarbiyalash kerak deydi va ahloqiy fazilatlarga ta’rif beradi, ularning oqibatlarini tushuntiradi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan milliy tariximizga, ajdodlarimiz qoldirib ketgan buyuk merosga alohida e’tibor berila boshladi. Jumladan, Alisher Navoiy ijodi olimlarimizning diqqat markazida bo’lib, bu buyuk merosni butun ommaga yetkazish, ularni bundan bahramand etish kun oldidagi dolzarb masalaga aylandi. Yurtboshimiz I.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviya – yengilmas kuch” asarida Alisher Navoiy to’g’risida, buyuk mutafakkirning merosi haqida fikr yuritib, jumladan, quyidagilarni aytadi: “O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan yana biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz.
Bugungi kunda maktabgacha ta’im muassasalari, o’rta umumta’lim maktabarida, kollej va liseylarda va oliy maktablarda, Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati, asarlari va undagi g’oyalarni o’rganishga munosabat o’zgarmoqda.
Tarbiyalanuv - yoshlar ongiga dars jarayonida Alisher Navoiyning merosi va asarlaridagi ma’naviy tushunchalarni singdirish dolzarb masalalardan biridir. Yoshlarlarda Alisher Navoiy merosi va mumtoz adabiyotimizga qiziqishni oshirish ko’p jihatdan mutafakkirning ma’rifiy g’oyalarini o’rgatishga bog’liq.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.
Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkiri, shoir desak desak, shoirlarning sultonidir.
Inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsan, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz”.
O’zbek adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Alisher Navoiy 1441-yil Hirotda tug’ilgan. U turk va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy o’ttizga yaqin she’rlar to’plami, yirik-yirik dostonlar va rivoyatlarning muallifidir. Uning “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Badoyi ul-bidoye’”, “Muhokamat ul-lug’atayin” kabi asarlari butun dunyoga mashhur.
Alisher Navoiyning fikricha, mamlakatda ma’rifatchilik, insonparvarlik va adolatlilik hukm surishi zarur. Uning she’riy to’plamlari va boshqa asarida ta’lim-tarbiya masalalariga ham alohida o’rin berilgan. Navoiy ta’kidlashicha, yer kurrasida yashayotgan barcha insonlar millatidan qat’iy nazar tengdir. U insonlar hayot mazmunini faqat mehnat tashkil etadi, deydi.
Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilim va donishmandlik – insonning bezagidir” – deb yozadi. Alisher Navoiy bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, bolani hayot “chirog’i” deb ta’riflaydi. Bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir.
Alisher Navoiy bolalarga kichik yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishni ko’rsatib, o’g’il va qizlarni juda yoshligidan tarbiyachiga, muallimga berish lozimligini aytadi.
Shoir, eng avvalo, har bir kishi o’z xalqining tarixini bilishi shartligiga ahamiyat berib, uni chuqurroq o’rganishga da’vat etadi. Buyuk shoir har bir xalqning tarixi mamlakatni xarob ahvolga solgan nima-yu, uning ravnaq topishiga imkon bergan nima, shuni ko’rsatib bermog’i lozim, deydi.
Alisher Navoiy pedagog-mudarris. U ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko’rsatadi. U ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiy kabi talablarni asos qilib oladi. O’z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. Uning asarlarida axloqiy va mehnat tarbiyasiga doir qarashlari asosiy o’rinni tashkil etadi.
Alisher Navoiy ijodiyotiga qiziqish, uni o’rganish Yevropa va Rossiyada ham hiyla katta tarixga ega. Fransuz sharqshunosi Kartmer 1481 yilda bosilgan xrestomatiyasida Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug’atayn” va “Tarixi mulki Ajam”ini e’lon qilgan, I.N.Berezin “Turk xrestomatiyasi”da uning barcha asarlaridan parchalar berilgan. M.Nikitskiy 1856 yilda birinchi manbalar asosida “Amir Nizomiddin Alisher. Uning davlat va adabiyot sohasidagi ahamiyati” mavzuida magistrlik dissertasiyasini yozadi.
Shu bilan birga, N.I.Ilminskiy, V.V. Velyaminov-Zernov, V.V. Bartold, Ye.E. Bertels, S.N. Ivanov, N.I. Konrad, M. Belen, Pave de Kurteyl, E. Braun va boshqa
sharqshunoslar Alisher Navoiyning faoliyati va merosi bilan shug’ullandilar.Turkistonda 20-asr boshidan boshlangan, tashabbuskori jadidlar bo’lgan ma’rifiy uyg’onish Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatini o’rganishda ham o’z ifodasini topdi. 1919 yilda Toshkentda Fitrat nashrga tayyorlagan “Insoniyat haqinda Navoiyning fikri” nomli risolasi bosilib chiqdi. Bu kitobcha Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonining “Salotin bobida” (“Sultonlar haqida”) degan qismidan parcha edi. Shundan so’ng Alisher Navoiy ijodini o’rganish va ommalashtirish keng tus oldi. Adabiyotshunoslik fanining navoiyshunoslik sohasi yuzaga keldi. Bu sohada olimlar va adiblardan Oybek, O. Sharafiddinov, S. Ayniy, V. Zohidov, Izzat Sulton, A. Qayumov, P. Shamsiyev, H. Sulaymonov, N. Mallayev, S. G’aniyeva, A. Hayitmetov, A. Abdug’afforov, A. Rustamov va boshqalar salmoqli ishlarini amalga oshirdilar, Alisher Navoiy ijodi bo’yicha o’nlab nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari yozildi. Yozuvchi Oybek “Navoiy” romanini, Izzat Sulton “Navoiyning qalb daftari” hujjatli qissasini, Mirkarim Osim hikoyalar turkumini yaratdi. Ayniqsa, keyingi 50 yil navoiyshunoslikda sermahsul yillar bo’ldi. Alisher Navoiy asarlarining mamlakatimiz kitob fondlari va chet ellardagi kutubxonalarda
saqlanayotgan deyarli barcha nodir nusxalar o’rganildi. Alisher Navoiyning ko’pgina asarlarining ilmiy tanqidiy matni ishlab chiqildi. “Devoni Foniy” va boshqa asarlarining nodir nusxalari topilib, nashr etildi. 20-asrda Alisher Navoiyning chinakam sahnaviy hayoti boshlandi. Izzat Sulton va Uyg’un “Alisher Navoiy” dramasini (1945, 1948), I. Mahsumov bastakorlar Yu. Rajabiy va S. Jalil bilan hamkorlikda “Navoiy Astrobodda” musiqali dramasini (1967) yozdilar. Alisher Navoiy obrazi kinoekranda ham mujassamlashdi. Alisher Navoiy dostonlari asosida yaratilgan “Farhod va Shirin” musiqali dramasi (1937), “Layli va Majnun” operasi (1942), “Suhayl va Mehri” baleti (1967), “Dilorom” operasi (1958), “Iskandar” dramasi (1991) teatr san’atining eng yaxshi asarlaridan bo’lib qoldi.
Biroq, qariyb bir yarim asr davom etgan mustamlakachilik davrida, ayniqsa sho’ro tuzumi davrida madaniy merosimizni xalqimizga yot mafkura qolipiga solib talqin qilishga urinishlar bo’ldi. Bu hodisa Alisher Navoiy ijodiga munosabatda ham o’z ifodasini topdi. Uni yo’qsillarning do’sti, mulkdorlarning muxolifi qilib ta’riflashga intilishdi. Jahon adabiyotining durdonasi bo’lgan asarlaridagi (mas. “Hayrat ul-abror” dostonidagi) ajoyib boblar qisqartirib nashr etildi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodi Allohga imon keltirgan, Qur’oni karimdagi har bir oyatni muqaddas deb bilgan, naqshbandiya tariqatini qabul qilgan adib va mutafakkirning hayoti va ijodidir. Uning ijodi mohiyatini anglab yetmoq uchun din tarixini yaxshi bilgan, Qur’oni karimni o’qib, ma’nosini anglab yetgan kishi bo’lish kerak. Sho’ro tuzimida esa diniy ilmlarni targ’ib qilish ta’qiqlandi. Shu bois, garchi navoiyshunos olimlar shoir ijodini targ’ib qilish bo’yicha ancha ishlar qilgan bo’lsalar ham, Alisher Navoiy ijodi ko’pchilik kitobxonlar uchun tushunarsiz bo’lib qoldi.
Mustaqillik bizga barcha qadriyatlarimiz qatori Alisher Navoiy merosini o’rganishning keng ufqlarini ochdi. Endilikda uning ijodini aslicha, mohiyatini tushunib o’rganish imkoniyati yuzaga keldi. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanali nishonlandi. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va rahbarligida Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’i barpo etildi va bu bog’ o’rtasida shoirning salobatli haykali qad ko’tardi.
14
Shoirning 20 jildli mukammal asarlar to’plami nashr etila boshlandi (2000 yilga qadar 16 jild chop etildi). Mamlakatimizda Alisher Navoiy xotirasi yuksak darajada e’zozlanadi. Mutafakkirning nomi bilan ataladigan joylar:
1.Navoiy viloyati.
2.Navoiy shahari.
3.Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti.
4.Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat kutubxonasi.
5.O’zbekiston FA Til va adabiyot instituti.
6.Toshkent shahridagi Adabiyot muzeyi.
7.Toshkent shahridagi Katta akademik opera va balet teatri.
8.Toshkent shahridagi San’at saroyi.
9.Toshkent shahridagi metro bekati, o’nlab ko’chalar va jamoa xo’jaliklari uning nomi bilan atalgan.
Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag’ishlab haykaltaroshlar, rassomlar va bastakorlar asarlar yaratishgan. Har yili Alisher Navoiy tug’ilgan kun - 9 fevralda ilmiy-an’anaviy konferensiya o’tkazilib, Alisher Navoiyning merosini o’rganish sohasida qilingan yillik ishlarga yakun yasaladi.
Mustaqillik munosabati bilan xalqimiz mafkuralashgan tuzumning ta’siridan ozod bo’ldi. Tilimiz, dinimiz, milliy an’analarimizni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Alisher Navoiyning merosi milliy ma’naviyatning ulkan bir boyligidir. Shu bois mutafakkirning merosini pedagogika va mustaqillik mafkurasi uyg’unligida o’rganish davr talabidir.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Navoiy merosi bus-butunligi ma’rifatga yo’g’rilgan asarlardir. Ularni har bir kishi yoshligidanoq o’rganib borishi lozim. Shu maqsadda maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda Navoiy ijodiga murojaat qilish maqsadga eltuvchi eng to’g’ri yo’l hisoblanadi. Tarbiya vositalarining eng yuqori o’rinlaridan Navoiy asarlarining joy olishi quvonarli holdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |