8-SINF ADABIYOTDAN YANGI TEST 1. Boshni fido ayla ato qoshig`a, Jismni qil sadqa ano qoshig`a.
Tun-kunungga aylagali nur fosh, Birisin oy ayla, birisin quyosh. Ushbu baytlar Alisher Navoiyning qaysi asarida keltirilgan? A) Mahbub ul-qulub B) Lison ut-tayr C) Farhod va Shirin D) Hayrat ul-abror
2. Bilamizki, o`zbek she`riyatining asl vazni barmoq sanaladi. Nechanchi asrdan esa yozma she`riyatimiz namunalari aruz vaznida yozila boshlandi? A) X asrdan B) XI asrdan C) XIIasrdan D) XIII asrdan
3. Qonlar oqsin mening ikki ko`zimdan, Yangilmadim, also aytgan so`zimdan… Hech odam dunyoda bizday bo`lmasin, Bizday bo`lsa bu dunyoga kelmasin. Ushbu parcha “Kuntug`mish” dostonining qaysi qahramoni tilidan aytiladi? A) Gurkiboy B) Mohiboy C) Xolbeka D) Kuntug`mish
4. “Kuntug`mish” dostonida “Podshoh xalqining dushmani ko`p” bo`lishini kim aytadi? A) Xolmo`min B) Mohiboy C) Gurkiboy D) Kuntug`mish
5. Gurkiboy Mohiboyga nima deb murojaat qiladi? A) go`dagim B) jigarim C) xonzodam D)
Mohim
6. Alisher Navoiy o`zbekcha ruboiylarini qaysi devonga jamlagan va ularning umumiy soni nechta? A) G`aroyib us-sig`ar, 133 ta B) Navodir ush-shabob, 113 ta C)
Badoye ul-vasat, 133 ta D) Favoyid ul-kibar, 113 ta
7. Alisher Navoiy barcha tuyuqlarini qaysi devonga jamlagan va ularning umumiy soni nechta? A) G`aroyib us-sig`ar, 33 ta B) Navodir ush-shabob, 13 ta C) Badoye ul-vasat, 13 ta D) Favoyid ul-kibar, 33 ta
8. Alisher Navoiyning qaysi to`plamiga 270 ta ruboiy kiritilgan? A) G`aroyib us-sig`ar B) Navodir ush-shabob C) Badoye ul-vasat D) Nazm ul-javohir
9. Xushdurur bog`i koinot guli, Borchadin yaxshiroq – hayot guli. Ushbu bayt Alisher Navoiyning qaysi asarida keltirilgan? A) Mahbub ul-qulub B) Lison ut-tayr C) Farhod va Shirin D) Sab`ayi
sayyor
10. Navoiy, chu g`urbatda sen shod bo`l! Vatan yodi ranjidin ozod bo`l! – Ushbu bayt Alisher Navoiyning qaysi asarida keltirilgan? A) Mahbub ul-qulub B) Lison ut-tayr C) Saddi Iskandariy D) Sab`ayi sayyor
11. Alisher Navoiy barcha fardlarini qaysi devon tarkibiga kiritgan va ularning umumiy soni nechta? A) G`aroyib us-sig`ar, 86 ta B) Navodir ush-shabob, 68 ta C) Badoye ul-vasat, 68 ta D) Favoyid ul-kibar, 86 ta 12. Alisher Navoiy qaysi dostonida qush uchun qafasdagi har qanday hayotdan ko`ra, vayrona bo`lsa ham, tikanli oshyoni ming chandon a`lo ekani g`oyasini talqin etadi? A) Mahbub ul-qulub B) Lison ut-tayr C) Saddi Iskandariy D) Sab`ayi sayyor
13. Ixcham hayotiy xulosalar uchun eng qulay janr qaysi? A) bayt B) fard C) ruboiy D)
masnaviy
14. Kimning she`riyati o`zining falsafiy chuqurligi, o`quvchini o`tkinchi dunyo g`am-tashvishlaridan yuqoriroq turib fikrlashga undashi bilan ajralib turadi? A) G`afur G`ulom B) Abdulqodir Bedil C) Alisher Navoiy D) Oybek
15. G`afur G`ulomning qaysi she`ri eshituvchiga malol kelmaydigan, aksincha, uni o`ziga birdan
jalb qila oladigan kuchga, ohanraboga ega? A) Sog`inish B) Bilib qo`yki, seni vatan kutadi C) Vaqt D)
Sen yetim emassan
16. Zolimning maqomi – qudrati, zulmi oxir-oqibat zaiflashib, kuchdan qoladi. Lovullab yonayotgan olov ham bir kun kelib kulga aylanadi. Ushbu fikrlar kimga tegishli? A) Alisher Navoiy B) Mavlono Lutfiy C) Abdulqodir Bedil D) Sa`diy Sheroziy
17. G`afur G`ulomning qaysi she`ri insoniyat tafakkurining eng yuksak cho`qqilarida turishga arzigulik, o`zida eng pokiza insoniy hislarni mukammal tarzda mujassam etgan noyob badiiy asar hisoblanadi? A) Sog`inish B) Bilib qo`yki, seni vatan kutadi C) Vaqt D) Sen yetim emassan
18. G`afur G`ulomning qaysi she`rida mehribon, jonkuyar otaning ezgu umidlari ko`ngilga xush yoquvchi ovozda farzandga izhor etiladi? A) Sog`inish B) Bilib qo`yki, seni vatan kutadi C) Vaqt D) Sen yetim emassan
19. Oybekning ilk she`rlaridan biri qanday nom bilan 1922-yilda e`lon qilingan? A) Tuyg`ular B) Quyosh qo`shig`i C) Cholg`u tovushi D) Ko`ngil naylari
20. Oybekning qaysi she`ri erksizlik, tutqunlikka bo`sunmagan
ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go`zallikning so`nmas timsoli bo`lib qoldi? A) O`zbekiston B) Na`matak C) Qoraxat D) Cholg`u tovushi
21. Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin manguberdi” dramasida Jaloliddin manguberdi nimani tiriklikdagi
eng shirin holat ekanligini aytadi? A) oilasi bilan birga bo`lishni B) jangda g`alaba qozonishni C) yov qochishini ko`rishni D) dushmanining oyoq ostida tiz cho`kishini
22. Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin manguberdi” dramasidagi to`qima obrazlarni belgilang. A) Elbors pahlavon, devona chol B) Yaroqbek, devona chol C) Qodog`on No`yon, devona chol D)
Amir Badriddin, devona chol
23. Shukur Xomirzayevning qaysi qissalari ko`plab muxlislar orttirishi bilan birga, Abdulla Qahhordek ustozlar e`tiborini ham qozongan? A) “Qora kamar”, “O`n sakkizga kirmagan kim bor” B) “O`n sakkizga kirmagan kim bor”, “To`lqinlar” C) “To`lqinlar”, “Qora kamar” D) “Ziyofat”, “Qil ko’prik”
24. Shukur Xomirzayevning qaysi romanida o`tgan asrning 20-yillaridagi birodarkushlik urushining halokatli hodislari tasvirlangan? A) So`nggi bekat B) Olabo`ji C) Qil ko`prik D) Dinozavr
25. Shukur Xomirzayevning qaysi pyesasida “bosmachilik harakati” butun murakkabligi bilan chuqur badiiy talqin etilgan? A) Qora kamar B) Ziyofat C) So`nggi bekat D) Qil ko`prik
26. Shukur Xomirzayev qaysi pyesasida xotinqizlarimizning sho`ro davridagi fojiali hayotini ro`yirost yoritgan? A) Qora kamar B) Ziyofat C) So`nggi bekat D) Qill ko`prik
27. Quyida berilgan Shukur Xolmirzayevning asarlaridan qaysi biri roman janrida emas? A) Yo`lovchi B) To`lqinlar C) So`nggi bekat D) Qill ko`prik
28. “Eshmat podachi” qaysi asar qahramoni A) Omon ovchining o`limi B) Ot egasi C) Qora kamar D) Ziyofat
29. Fuzuliy qaysi g`azalida
yorning qoshlarini kamonga, kiprigini o`qqa, yuzini Quyoshga o`xshatadi? A) “O`landan so`r” radifli g`azalida B) “Kerakmasmi sanga” radifli g`azalida C) “Dahr bir bozordir – har kas mato`in arz edar” deb boshlanuvchi g`azalida D) “Mani jondan o`sondirdi” deb boshlanuvchi g`azalida
30. Fuzuliyning “Dahr bir bozordir – har kas mato`in arz edar” misrasi qaysi o’zbek romanida keltiriladi? A) O`tkan kunlar B) Kecha va kunduz C) Mehrobdan chayon D) Navoiy
Bonus. Kimning ta`biri bilan aytganda, “Odamning chiqiti bo`lmaydi!” A) G`afur G`ulom B) Abdulla Qahhor B) Islom Karimov D) Ozod Sharofiddinov