Mavzu: Futbol bolalar va o‘smirlarni jismonan sog‘lomlashtirish hamda ularning salomtligini mustahkamlashdagi eng qulay ommaviy vositadir.
Reja:
Kirish
1. Ta`lim va mashg’ulotlarda futbol.
2 O’quvchilarni jismonan sog’lomlashtirish asosiy printsiplari
3. O’quvchilar salomtligini mustahkamlashdagi eng qulay uslublari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va o’rganilish darajasi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng, millatning o`zini anglashi va milliy tiklanish jarayonida madaniyatning barcha jabhalari, ilm – fan va ta`lim sohalarida yangicha siyosatini olib borish, jumladan o`sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy tarbiya muammosini kun tartibiga qo`yish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keladi.
Bizning mamlakatimizda inson shaxs sifatida, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi sifatida taraqqiyotning eng muhim xom ashyosi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasida yosh avlodni har tomonlama uyg`un rivojlantirish yo`lida aniq maqsadli ishlar olib borilishi, bir qator me`yoriy hujjatlar shundan dalolat beradi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tashabbusi bilan «Sag`lom avlod uchun» davlat dasturi ishlab chiqildi. Vazirlar mahkamasining «Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to`g`risida»gi qarori yirik ahamiyatga ega bo`lib, u mamlakatda yuzaga keladigan yani siyosiy hamda ijtimoiy – iqtisodiy sharoitga muvofiq ravishda jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtiruchi sohasi sub`ektlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi. «Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida»gi qonunga ko`ra aholini jismoniy va sport bilan muntazam shug`ullanishga jalb qilish, ularni jamiyatimiz a`zolarining kundalik hayotiga joriy etish ko`zda tutiladi. Demak jismoniy tarbiya va sport mamlakatimiz fuqarolari turmush tarzining tarkibiy qismiga, doimiy ehtiyojiga aylantirish shart. Bugungi kunda jamiyat oldida turgan eng muhim vazifa ham aqlan, ham ma`nan rivojlangan, jismoniy jihatdan mukammal avlodni voyaga yetkazishdir. Bunda yoshlarning jismoniy tarbiyasi juda katta ahamiyatga ega. Kichik maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash ishini takomillashtirish uchun zarur shart – sharoitlar alohida diqqat – e`tiborni talab qiladi. Bu davirda insonning butun hayoti davomida barqarorlashib qoladigan ko`nikma va malakalar, odatlar shakillanadi, shu yillarda bolaning jismoniy tarbiya mashqlariga munosabati, qiziqishlari qaror topib, jismoniy takomillashuv uchun moyillik paydo bo`ladi.
Jamiyatda sog`lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarni oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan, muntazam shug`ullanishga jalb etish, shuningdek insonni jismoniy kamolotga etkazish, bugungi kunning eng dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan bunday harakatlar o`sib kelayotgan yosh avlodning, jismoniy va ma`naviy salomatligini shakllantirishini, sog`lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirishning g`oyat muhim sharti sifatida talaba yoshlar ommaviy sportini rivojlantirishni ta`minlash maqsadini ko`zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |