OILANING KAM TA’MINLANGAN VA ZAIF QATLAMLARINI IJTIMOIY YORDAM TIZIMIGA KIRITISH Reja: Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Kam ta’minlangan aholi qatlamlariga qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatish
Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tadbirlarini tobora amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari bilan birgalikda 2017-2018-yillarda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarini ishlab chiqish taklifi ma’qullansin, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
Oldingi tahrirga qarang. a) muayyan mehnat turlari bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ularning oilalarini yetarli darajada ta’minlash imkonini beradigan, tijorat banklarining imtiyozli foiz stavkasi bo‘yicha quyidagi maqsadlarga mikrokreditlar taqdim etish:
(2-bandining “a” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son) hunarmandchilik faoliyati uchun tikuv mashinalari, gazlamalar va sarflanadigan materiallar, anjomlar, mustaqil shug‘ullanishni ta’minlash uchun maishiy texnika, kompyuter va boshqa texnikani, shuningdek turli asboblarni sotib olish;
shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (kichik issiqxonalarni tashkil etish, chorva mollari, parrandalarni sotib olish, qo‘ralar va parrandaxonalarni qurish, bog‘dorchilik anjomlari va asbob-uskunalarini sotib olish), turar joylarni ta’mirlash;
b) og‘ir uy-joy maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga quyidagi maqsadlar uchun:
uy-joyi bo‘lmagan yoki avariya holatidagi va juda eski uylarda yashovchi respublikaning har bir tumani va shahridagi o‘rta hisobda 2 va 5 ta oilaga 2017 va 2018-yillarda arzon uy-joylarni 10 yil mobaynida davlat ixtiyoriga o‘tkazish huquqisiz olish;
respublikaning har bir tumani va shahridan o‘rta hisobda tegishincha 10 va 25 ta kam ta’minlangan oilaning uy-joylarini 2017 va 2018-yillarda ta’mirlash (tomlarni ta’mirlash, pol qoqish, derazalarni almashtirish va hokazo);
1-band “b” kichik bandning uchinchi xatboshisi norasmiy tarjima. respublikaning har bir tumani va shahridan o‘rta hisobda 70 tagacha oilalarga har yili maishiy texnika (gaz va elektr pechlar, xolodilniklar, tikuv mashinalari va h. k.) yoki bir boshdan qoramol xarid qilish;
og‘ir kasalliklar mavjud bo‘lgan taqdirda tibbiy xizmatlar haqini to‘lash va ularning haqini to‘lashga mablag‘ bo‘lmagan taqdirda respublikaning har bir tumani va shahridan o‘rta hisobda 6 tagacha kam ta’minlangan oilalarga beg‘araz yordam ko‘rsatish.
2. Belgilansinki, 2017-2018-yillarda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning hududiy manzilli dasturlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
3. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
ushbu qaror 1-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan mablag‘larni jamlash uchun ochiladigan maxsus bank hisobvaraqlari orqali teng ulushlarda amalga oshiriladi;
aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hududiy manzilli dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining sarf-xarajatlari 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga teng ulushlarda qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018-yilgi hududiy manzilli dasturlarini moliyalashtirish sarf-xarajatlarini qoplash manbalarini nazarda tutsin.
4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etildi (keyingi o‘rinlarda — Jamoat ishlari jamg‘armasi).
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A.A. Xayitov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mamlakatning barcha mintaqalaridagi, xususan qishloq va olis tumanlardagi band bo‘lmagan fuqarolarni aholi punktlari, mahallalarni obodonlashtirish, ariqlarni, irrigatsiya shohobchalarini tozalash, uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash, yo‘llar va ko‘chalarni, uy-joy fondi va tutash hududlardagi obyektlarni ta’mirlash bo‘yicha jamoat ishlariga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlariga keng jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda jamoat ishlarini tashkil etish tartibi, shuningdek, Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, bunda, band bo‘lmagan aholini jalb etish quyidagicha amalga oshirilishi nazarda tutilsin:
2017-yilning 1-oktabridan boshlab — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bitta tumanida eksperiment sifatida;
2018-yilning 1-yanvaridan boshlab esa respublikaning barcha tumanlari va shaharlarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) 2017-yilda jamoat ishlarini tashkil etish va amalga oshirish uchun Jamoat ishlari jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 84 mlrd. so‘m va 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda 714 mlrd. so‘m budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
jamoat ishlariga jalb etilayotgan jismoniy shaxslar Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘laridan olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod qilinadilar:
jamoat ishlariga jalb etiladigan, Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan jismoniy shaxslar mehnatiga to‘langan haq sifatida olingan daromadlar yagona ijtimoiy to‘lovga tortilmaydi;
ushbu qaror 1-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan beg‘araz yordam uni oluvchilarda soliqqa tortilmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi 2017-2018-yillarda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalarga nafaqalar to‘lash va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish tarzida kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga budjet mablag‘lari ko‘paytirilishini ta’minlasin, ularni oluvchilar kontingentini tegishli ravishda 1,5 va 2 barobar kengaytirsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalarga nafaqalar to‘lash va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berishni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha budjet mablag‘lari ajratsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi ushbu qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratilayotgan budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.