Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish menejeri va dasturiy ta’minoti



Download 23,87 Kb.
bet1/7
Sana22.05.2023
Hajmi23,87 Kb.
#942531
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma’lumotlarni kiritish chiqarish menejeri va dasturiy ta’minoti-fayllar.org


Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish menejeri va dasturiy ta’minoti

Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish menejeri va dasturiy ta’minoti

Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish menejeri va dasturiy ta’minoti

Reja:

1. Fayl tizimlarni qo‘llab-quvvatlash

2. Kiritish/chiqarish dasturiy ta’minoti

3. Qurilmadan mustaqil kiritish/chiqarish dasturiy ta’minoti

4. Qurilma drayveri uchun yagona ko‘rinishli interfeyslar

FAT
MS DOS


OS/2
MS Windows
UNIX
Disklar periferik qurilmalarining alohida turi hisoblanadi, chunki aynan ularda ham foydalanuvchi, ham tizim ma’lumotlarining aksariyat qismi saqlanadi. Disklardagi ma’lumotlar fayl tizimlarda joylashtiriladi, va fayl tizimi xususiyatlari asosan OT o‘zining xususiyatlari bilan aniqlanadi. Fayl tizimining ommalashganligi ko‘pincha uni “o‘zining” operatsion tizimidan boshqa operatsion tizimlarga ko‘chirilishiga olib keladi, masalan FAT fayl tizimi boshida MS-DOS da, keiynchalik esa OS/2, MS Windows tizimlarida va Unix tizimining ko‘p variantlarida qo‘llanilgan. Shuning uchun kiritish/chiqarish kichik tizimiga bir nechta ommaviy fayl tizimlarini qo‘llab-quvvatlash xuddi periferik qurilmalarining keng spektrini qo‘llab-quvavvatlashdek muhim.
Kiritish/chiqarish menejerning vazifalari to‘rtta interfeysni qo‘llabquvvatlashdan iborat:
Foydalanuvchi kiritish/chiqarish interfeysi;
Kiritish/chiqarish qurilmalari bilan interfeys;
OT ning boshqa kichik tizimlari bilan interfeys;
Kiritish/chiqarish kichik tizimning qismlari bilan ichki interfeys.
Kiritish/chiqarish menejeri
Kiritish/chiqarish kichik tizimida tashqi qurilmalarning xususiyatlari va vertikal kichik tizimlarni tashkil etuvchi modullar bilan bir qatorda universal turdagi modullar ham mavjud. Bu modullar kiritish/chiqarish kichik tizimining barcha boshqa komponentlarining o‘zaro ishlashini va foydalanuvchi jarayonlari hamda OT ning boshqa kichik tizimlari bilan o‘zaro munosabatlarini tashkil etadi. Xuddi qurilmalarni boshqarish funksiyalariga o‘xshab, bu tashkillashtiruvchi funksiyalar barcha darajalar bo‘yicha taqsimlanadi va kiritish/chiqarish menejeri nomli qobiqni tashkil etadi. Menejerning yuqori qatlamini foydalanuvchi jarayonlardan tizimli ko‘rinishda keladigan kiritish/chiqarishga so‘rovlarni qabul qiladigan va ularni ma’lum qurilmalarga javob beruvchi modul va drayverlarga qayta manzillaydigan hamda kiritish/chiqarish amallarining natijalarani jarayonlarga qaytaradigan OT ning modullari tashkil etadi.
Menejerning funksiyalari
kiritish/chiqarish kichik tizimi modullarini OT ning jarayonlarni boshqarish
virtual xotira
boshqa kichik tizimlari singari boshqa kichik tizimlari modullari bilan o‘zaro harakatini tashkillashtirish
Bu qatlam kiritish/chiqarish foydalanuvchi interfeysni qo‘llab-quvvatlaydi va amaliyotchi dasturchilarga tashqi qurilmalar hamda ularda joylashgan ma’lumotlar bilan ishlashda maksimal qulayliklar yaratadi. Menejerning pastki qatlami drayverlarni kompyuterni apparat platformasining xususiyatlaridan (kiritish/chiqarish shinalari, uzilishlar tizimi va boshqalar) ekranlashtirish yo‘li bilan tashqi qurilmalar kontrollerlari bilan bevosita o‘zaro harakatni amalga oshiradi. Bu qatlam kiritish/chiqarish shinalarning manzillari va formatidan mustaqil ravishda ma’lum umumiylashtirilgan shaklda drayverlardan kontrollerlar registrlari bilan ma’lumotlar almashinuviga so‘rovlar qabul qiladi, va keyin bu so‘rovlarni apparatli platformaga bog‘liq formatga aylantiradi. Avval ko‘rib chiqilgan to‘htatishlar dispetcheri kiritish/chiqarish menejerning tarkibiga kirishi mumkin yoki yadroning alohida moduli shaklida bo‘lishi mumkin. Oxirgi vaziyatda kiritish/chiqarish menejeri to‘xtatishlar dispetcheri uchun dispetcherga so‘rov manbai to‘g‘risida umumlashtirilgan axborotlarni uzatib, uzilish so‘rovlarini boshlang‘ich ishlovini bajaradi.
Har xil OT larda Kiritish/chiqarish menejeri vazifasini bajaruvshi muhitlar
UNIX OT da
STREAMS
Windows NT oilasi OT larida
I/O Request Packet, IRP
Kiritish/chiqarish menejerning muhim funksiyasi kiritish/chiqarish kichik tizimni qismlarining o‘zaro harakati uchun ma’lum qulay muhitni yaratishdan iborat. Buning uchun kiritish/chiqarish menejeriga kiritish/chiqarish modullari o‘zaro harakatini ma’lum standart ichki interfeysini qo‘llab-quvvatlash kiritiladi, hamda menejerga drayverlar ishlashida eng ko‘p foydalaniladigan funksiyalarni bajarish yuklatiladi. Bu funksiyalar drayver ayrim tez-tez uchraydigan amallarni bajarilishini chaqirish imkoniyatini beradigan tizimli protseduralar ko‘rinishda shakllantiriladi. Misollar tariqasida kontroller registrlari bilan almashinuvi amallari, kiritish/chiqarish ma’lumotlarni oraliq saqlash buferlarni olib borish, bir nechta drayverlar ishlashini sinxronlashtirish, ma’lumotlarni foydalanuvchi fazodan tizimning fazosiga nusxalashni keltirish mumkin. Bunday yondashuv yangi drayverlar va faylli tizimlarni ishlab chiqish va ularni OT tarkibiga joylashtirishni sezilarli darajada yengillashtiradi.
output
Bu buyruq kiritish qurilmalari sifati
SCSIdisk
IDEdisk

Download 23,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish