Oilaning kam ta’minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish


VI. Oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganish



Download 142,5 Kb.
bet8/12
Sana01.07.2022
Hajmi142,5 Kb.
#726029
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
OILANING KAM TAm

VI. Oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganish
27. Maxsus komissiya ariza beruvchining yashash joyiga chiqqan holda oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganib chiqadi.
28. Oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganish natijalariga ko‘ra maxsus komissiya ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganish dalolatnomasini tuzadi.
Dalolatnomada:
o‘rganilayotgan oilaning tarkibi;
oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi maydoni;
o‘rganilayotgan oilaning moddiy jihatdan ta’minlanganligi darajasini baholash;
tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash bo‘yicha xulosa ko‘rsatiladi.
29. Oilaning moddiy va mulkiy holatini tekshirish natijalari bo‘yicha maxsus komissiya bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olishga ehtiyojmand oilalar ro‘yxatini shakllantiradi hamda ularni ushbu kalendar oyi tugashidan kamida besh kun oldin ko‘rib chiqishi uchun fuqarolar yig‘ini yoki Komissiyaga kiritadi.
VII. Fuqarolar yig‘ini tomonidan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilish
30. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror fuqarolar yig‘ini (Komissiya) tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Agar fuqarolar yig‘ini ishtirokchilarining (Komissiya a’zolarining) oddiy ko‘pchiligi qarorni yoqlab ovoz bersa u qabul qilingan hisoblanadi.
31. Fuqarolar yig‘ini (Komissiya) qarori, qoidaga ko‘ra, har bir ariza beruvchi bo‘yicha alohida, uning ishtirokida qabul qilinadi. Ariza beruvchi uzrli sababga ko‘ra fuqarolar yig‘inida (Komissiya yig‘ilishida) ishtirok etmagan taqdirda oilaning boshqa muomalaga layoqatli a’zosi ishtirok etishi shart. Ariza beruvchi yoki ariza beruvchi oilasining boshqa vakili ishtirok etmagan taqdirda ushbu oilaga tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilmaydi va ko‘rib chiqish uchun keyingi oyga ko‘chiriladi.
Nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash to‘g‘risida qaror keyingi oyga ko‘chirilgan oilalarga yangidan ro‘yxatdan o‘tish va ehtiyojmandligini o‘rganish (nafaqa yoki moddiy yordam yuzasidan ariza berish, oila daromadlari va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish, daromadlar va mulkiy holatni qo‘shimcha ravishda o‘rganish) tartibi talab etilmaydi.
32. Qaror quyidagilarni aks ettirgan holda fuqarolar yig‘ini (Komissiya yig‘ilishi) bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi:
ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
ochiq ovoz berish natijalari;
tayinlangan nafaqa yoki moddiy yordamning turi va miqdori;
to‘lovlar boshlanadigan oy va ular tugaydigan oy;
qaror qabul qilingan sana.
Tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga fuqarolar yig‘inida (Komissiya yig‘ilishida) rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda ma’lum qilinadi, bu to‘g‘rida bayonnomada qayd etiladi.
33. Bayonnoma fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan imzolanadi va besh kun muddatda ariza beruvchiga ma’lum qilinadi.
34. Bolali oilalarga nafaqa tayinlangan oilada voyaga yetmagan bolalar soni o‘zgargan taqdirda (bolalardan biri 14 yoshga to‘lgan, navbatdagi bola tug‘ilgan va hokazo), nafaqa miqdori bolalarning tegishli soniga ega bo‘lgan oila uchun belgilangan miqdorlarga muvofiqlashtiriladi. Bunda yangi miqdor bo‘yicha nafaqa to‘lash oilada voyaga yetmagan bolalar soni o‘zgargan oydan keyingi oydan boshlanadi. Bu holda nafaqa miqdorini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini yoki Komissiya qarori talab etilmaydi.

Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish