Oilaning kam ta’minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish


IX. Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi



Download 142,5 Kb.
bet10/12
Sana01.07.2022
Hajmi142,5 Kb.
#726029
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
OILANING KAM TAm

IX. Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi
40. Tegishli nafaqalar va moddiy yordamni to‘lash Xalq bankining bo‘linmalarida (filiallarida) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus bank hisob raqamlariga o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo‘yicha aks ettirilgan holda mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Nafaqa va moddiy yordamning har bir turi uchun alohida maxsus bank hisob raqamlari ochiladi.
Xalq banki muassasalari har oyda joriy oyning oxirigacha bo‘lgan muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini maxsus bank hisob raqamlaridagi qoldiqlar, shu jumladan joriy oy uchun, shuningdek hisobot yili boshidan boshlab tushumlar summalari va amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
41. Tuman (shahar) moliya bo‘limi mablag‘larni vedomostlar bo‘yicha tayinlangan summalar doirasida, biroq budjetda nazarda tutilganidan ortiq bo‘lmagan, nafaqalar va moddiy yordam to‘lashga tegishli budjetning g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamini ko‘rsatgan holda, to‘lov amalga oshiriladigan oyning 5-sanasidan boshlab, biroq oyning 25-sanasidan kechikmay har bir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining maxsus hisob raqamlariga alohida to‘lov topshiriqnomalari orqali Yagona g‘aznachilik hisob raqamidan o‘tkazadi. Bunda vedomostlar bo‘yicha qisman moliyalashtirish taqiqlanadi.
Mablag‘larni tuman (shahar) moliya bo‘limlarining Yagona g‘aznachilik hisob raqamidan o‘tkazish g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
42. Har bir nafaqa va moddiy yordam bo‘yicha vedomostning bir nusxasi tuman (shahar) moliya bo‘limida qoladi. Mablag‘lar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkazilgandan keyin tasdiqlangan vedomostlarning ikkinchi va uchinchi nusxalari moliya organlari tomonidan tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi.
43. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mablag‘lar ularning hisob raqamlariga tushgandan keyin vedomostlarning ikkinchi va uchinchi nusxalarini to‘lov topshiriqnomalari bilan birga nafaqani to‘lash uchun Xalq bankining xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalariga (filiallariga) taqdim etiladi.
44. Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi, tayinlangan, ammo o‘z vaqtida talab qilib olinmagan nafaqa, nafaqa oluvchining nomiga maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga ko‘ra to‘lanadi. Yopilgan vedomostning uchinchi nusxasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi. To‘lov nafaqa va moddiy yordam oluvchining yashash joyi bo‘yicha Xalq bankining bo‘linmalari (filiallari) tomonidan amalga oshiriladi.
441. Bolali oilalarga nafaqa, bolani parvarish qilish nafaqasi va moddiy yordam to‘lash bo‘yicha Xalq banki bo‘linmalari (filiallari) xizmatlariga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Xalq banki o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Bolali oilalarga nafaqa, bolani parvarish qilish nafaqasi va moddiy yordam to‘lash bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash miqdori kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lash uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida Xalq banki tomonidan taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(441-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
45. Ko‘zda tutilgan budjet mablag‘larini viloyatning tumanlari (shaharlari) o‘rtasida taqsimlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan har bir tuman (shahar) hududida yashovchi oilalar muhtojligini, ushbu oilalarning tarkibi va oldingi davrlarda ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi (foydalanilishi) darajasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
46. Ko‘zda tutilgan budjet mablag‘larini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga taqsimlash tuman (shahar) moliya bo‘limi tomonidan ehtiyojmand oilalar sonini hisobga olgan holda, moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, amalga oshiriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
47. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan har oyda ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risida hisobot tuziladi hamda u hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha bo‘lgan muddatda tuman (shahar) moliya bo‘limiga va tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga taqdim etiladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
48. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasigacha hisobotlarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etadilar, ular oyning 20-sanasigacha hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha hisobotlarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga taqdim etadilar, ular hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadilar.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
49. Bir yil mobaynida oluvchilar tomonidan (vafot etganligi, yashash joyi o‘zgarganligi va moddiy yordam oluvchining aybi bilan boshqa sabablarga ko‘ra) talab qilib olinmagan mablag‘lar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hisob raqamlariga tiklanishi kerak.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlaridagi foydalanilmagan pul mablag‘lari qoldig‘i olib qo‘yilmaydi va navbatdagi davrda nafaqalar to‘lash uchun yo‘naltirilishi kerak.

Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish