Oilaning kam ta’minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish


V. Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlash



Download 142,5 Kb.
bet7/12
Sana01.07.2022
Hajmi142,5 Kb.
#726029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
OILANING KAM TAm

V. Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlash
18. Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.
19. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga:
bolalarning otasi, onasi yoki nikohdagi har ikki ota-onasi (farzandlikka oluvchilar);
ota-onalar bilan birga yashaydigan va ularning qaramog‘ida bo‘lgan bolalar, shuningdek ota-onalar bilan birgalikda yashaydigan va o‘z oilalariga ega bo‘lmagan 16 yoshdan katta yoshdagi bolalar (shu jumladan farzandlikka olingan bolalar);
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
Oilaning birgalikda yashovchi a’zolari tarkibi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan belgilanadi.
20. Bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun o‘rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda inobatga olinadigan oila tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 396-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 09/20/396/0793-son)
ota-onalari ularga nisbatan ota-ona huquqlaridan mahrum etilgan bolalar;
to‘liq davlat ta’minotidagi bolalar, shuningdek vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar;
chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan yoxud harbiy ta’lim muassasasida o‘qiyotganligi sababli oilada bo‘lmagan ota-ona (farzandlikka oluvchi);
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish joylarida ekanligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan ota yoki ona (farzandlikka oluvchi).
21. Agar bir uy xo‘jaligida (bir pochta manzili bo‘yicha) bolali ikki va undan ortiq oilalar yashagan taqdirda, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun bir oila tarkibiga arizachi, uning turmush o‘rtog‘i va ular bilan birgalikda yashaydigan va o‘z oilalariga ega bo‘lmagan bolalar (shu jumladan farzandlikka olingan bolalar) kiritiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 09/20/396/0793-son)
22. O‘rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a’zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:
mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar;
mulkiy daromadlar;
yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi;
chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila a’zolaridan pul tushumlari summasi;
pensiyalar va nafaqalar (ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oila olayotgan nafaqa yoki moddiy yordam, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi 731-son qarori bilan amalga kiritilgan un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiyasi, nogironligi bo‘yicha nafaqa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolalikdan nogiron bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar va 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa, Pensiya jamg‘armasi orqali beriladigan bola tug‘ilganligi hamda dafn etish marosimi uchun bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa bundan mustasno);
(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olingan daromad;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar.
Mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar hisoblangan summa bo‘yicha hisobga olinadi (soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar chegirib tashlangunga qadar).
“Xar bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olingan sanadan boshlab oxirgi 12 oy mobaynida oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishdan olingan daromadlar hamda stipendiyalar oilaning jami daromadiga kiritilmaydi.
(22-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
23. Oilaning o‘rtacha oylik jami daromadi fuqarolar tomonidan ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq taqdim etiladigan oilaning tarkibi va oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
24. Agar oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlarda daromad summasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 87,9 foizidan kam summa ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda oilaning o‘rtacha oylik jami daromadini hisoblash uchun daromadni normativdan past ko‘rsatgan yoki daromadi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan oila a’zolarining har biriga nafaqa yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 87,9 foiziga teng bo‘lgan normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Ushbu qoida:
bola uch yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bilan band bo‘lgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);
ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni amalga oshirish holati bundan mustasno);
ishlamaydigan pensionyerlarga, pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, bolalikdan nogironligi mavjud shaxslarning onalariga, bolalikdan nogironligi mavjud shaxslarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, shuningdek, I yoki II guruh nogironligi mavjud shaxslarga;
amalda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zosiga;
o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan oila a’zosini parvarish qilayotganlarga;
oilaning “Xar bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikda band bo‘lgan, biroq ushbu dastur bo‘yicha mikrokredit olingan sanadan boshlab ko‘pi bilan 12 oy band bo‘lgan a’zolariga;
oila a’zolariga, agar ariza beruvchining yashash manzilida 2 oy va undan ortiq muddatda boshqa oila a’zolari bilan birgalikda yashamayotgan bo‘lsa;
tuman (shahar) aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
25. Agar taqdim etilgan ma’lumotlarda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olingan o‘rtacha oylik daromad miqdori ko‘rsatilmagan yoxud shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan belgilangan normativ daromaddan past ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda oilaning jami daromadini aniqlash uchun shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan oylik daromadning normativ miqdori qabul qilinadi.
Shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan normativ daromad ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan sotixlar sonini nafaqa yoki moddiy yordam so‘rab murojaat qilingan oyda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,035 miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
Yer uchastkasi unumdorligi obyektiv shart-sharoitlarga ko‘ra (suv bilan ta’minlanmaganlik, tuproqning sho‘rlanishi va boshqalar) yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi normativ daromad olish imkonini bermaydigan yoki umuman daromad olish imkonini bermaydigan alohida hollarda mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ daromadga pasayish tomoniga tuzatish kiritishlari mumkin.
26. Oila daromadi va uning tarkibi o‘zgargan taqdirda ariza beruvchi shaxs bir oydan kech bo‘lmagan muddatda bu haqda nafaqa va moddiy yordam to‘layotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lum qilishi shart.

Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish