Oilaning kam ta’minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish


VIII. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam to‘lash



Download 142,5 Kb.
bet9/12
Sana01.07.2022
Hajmi142,5 Kb.
#726029
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
OILANING KAM TAm

VIII. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam to‘lash
35. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam fuqarolar yig‘ini yoki Komissiyaning qarori bayonnomasi asosida to‘lanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kotibi har oyda oyning oxirgi kunidan kechikmay, fuqarolar yig‘inining (Komissiyaning) qarori bayonnomasi asosida oluvchining familiyasi, pasport raqami, shuningdek to‘lanishi kerak bo‘lgan summani ko‘rsatgan holda tegishli nafaqa va moddiy yordam to‘lashga vedomost tuzadi. Vedomostlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisining imzosi va muhr hamda ushbu organ hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Nafaqa va moddiy yordamning har bir turi uchun alohida uch nusxada vedomostlar tuziladi.
36. Belgilangan tartibda to‘ldirilgan va tasdiqlangan vedomostlar tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlangan oyning 5-sanasigacha bo‘lgan muddatda tumanlar (shaharlar) hokimliklarining moliya bo‘limlariga (keyingi o‘rinlarda tuman (shahar) moliya bo‘limlari deb ataladi) yuboriladi.
Taqdim etilgan vedomostlar barcha uch nusxaning har bir varag‘iga tasdiqlovchi imzolar va tegishli shtamp qo‘yilgan holda tuman (shahar) moliya bo‘limining mas’ul xodimi tomonidan tekshiriladi.
37. Tayinlangan, ammo o‘z vaqtida talab qilib olinmagan (to‘lanmagan) bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam o‘tgan davr uchun bir vaqtning o‘zida to‘liq miqdorda to‘lanadi.
38. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam to‘lash:
to‘lovning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan;
bolalar bolali oilalarga nafaqa va bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olish huquqini istisno etuvchi yoshga to‘lgan;
bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ona ishga chiqqan;
doimiy yashash joyi o‘zgargan;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oilaning ushbu to‘lovlarga ehtiyojmandligi yo‘qligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan;
fuqarolar yig‘inining (Komissiyaning) tegishli to‘lovlarni tayinlash to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatgan buzilgan va ishonchsiz ma’lumotlar aniqlangan hollarda to‘xtatiladi. Ushbu holatda asossiz to‘langan mablag‘ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli hisob raqamiga qaytarilishi kerak.
To‘lovlarni to‘xtatish, to‘lovning belgilangan muddati tugagan yoki bolalar tegishli yoshga to‘lgan hollardan tashqari (bola parvarishi bo‘yicha nafaqa uchun – ikki yosh, bolali oilalarga nafaqa uchun – 14 yosh), fuqarolar yig‘inining (Komissiyaning) tegishli bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan qarori asosida amalga oshiriladi.
39. 16 yoshgacha (o‘quvchilar – 18 yoshgacha) bolalari bo‘lgan oilalarga 2012-yil 1-dekabrgacha tayinlangan bolali oilalarga nafaqalarni to‘lash 16 yoshgacha (o‘quvchilar – 18 yoshgacha) bolalar hisobga olingan holda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to‘lovning belgilangan muddati tugagunga qadar butun davrda davom etadi.
To‘lovi 2013-yilning yanvar oyidan boshlanadigan bolali oilalarga nafaqa miqdori qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi, bunda faqat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar inobatga olinadi.
2012-yilning 1-dekabrigacha va 1-dekabridan keyin tayinlangan bolali oilalarga nafaqa miqdori ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq tartibda hisoblab chiqiladi.

Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish