O'zbek tili krill va lotin yozuvlari imlo lug'atlarida qo'shma so'zlarning berilishi



Download 18,07 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi18,07 Kb.
#832073
Bog'liq
Chutboyeva Muxlisa qo\'shma so\'zlar



O'ZBEK TILI KRILL VA LOTIN YOZUVLARI IMLO LUG'ATLARIDA
QO'SHMA SO'ZLARNING BERILISHI

Chutboyeva Muxlisa Nuriddin qizi, SamDU talabasi
muxlisachutboyeva1223@gmail.com +998 (94)488 58 28
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek tili imlo lug'atlaridagi qo'shma so'zlar xossalari, ularning qanday yozilishi ko'rsatib o'tilgan. O'zbekistonda krill va lotin yozuvlaridan foydalaniladi. Bu maqola orqali o'quvchilar ba'zi qo'shma so'zlarning lotin va krill yozuvidagi farqlarini va bu farqlar nima uchun ekanligini bilib olishlari mumkin.
Kalit so'zlar: lug'at, krill, lotin, imlo, qo'shma so'z, yozuv.
Ikki yoki undan ortiq mustaqil ma'no bildiruvchi asos, morfemalardan Iborat so’zlar qo'shma so'zlar deyiladi. Qo'shma so'zlar so'z yasalishining kompozitsion usuliga kiradi.
Bilamizki, o'zbek tili ikki xil yozuvda faoliyat olib borayotgan davlat sanaladi. Bular lotin va krill yozuvlaridir. Ushbu yozuvlarda faoliyat yuritar ekanmiz yozuvlar imlosiga ham alohuda e'tibor qaratishimiz zarur. Chunki ba'zi qo'shma so'zlar krill va lotin yozuvida yozilishi bir-biridan biroz farq qiladi. Buning sababi lotin yozuvining ham krill yozuvining ham o'z imlo qoidalari borligidir. Ushbu ikki yozuv ham o'z imlo qoidalariga amal qilgan xolda yoziladi. Qo'shma so'zlar borasida ko'plab tilshunos olimlar kitoblar yozishgan. Qo'shma so'zlar lug'atlarini ham har ikki yozuvdagisini ham uchratamiz. Xo'sh, ularning farqi nimada?
Ba'zi qo'shma so'zlar krill yozuvida qo'shib, lotin yozuvida ajratib yoki aksincha lotin yozuvida qo'shib, krill yozuvida ajratib yoziladi. Masalan so'zboshi so'zini olaylik. Ushbu so'z krill yozuvida суз боши ajratib yoziladi. Lotin yozuvida qo'shibyoziladi. Chunki tilshunos Abduraimov Shohrux tomonidan yozilgan o'zbek tili lotin yozuvi imlo qoidalari haqidagi kitobida qaratqich+qaralmish birikmasidan hosil bo'lgan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi. Krill yozuvi imlosida esa bunday qoida mavjud emas. Bu qoidaga To’lqin Tog'ayev, Gulbahor Tavaldiyeva, Muyassar Akromovalar tomonidan tuzilgan imlo qoidalari haqidagi kitobida duch kelamiz.
Dutorbo'yin so’zini ham misol qilib keltirishimiz mumkin. Ushbu so'z lotin yozuvida qo'shib, krill yozuvida esa ajratib yoziladi. Lotin yozuvida qo'shib yozilganligini ,, Ravshan'' dostonida bir misrada ko’rishingiz mumkin:
Dutorbo'yin arabi otlar,
,,Chu'' desam bir qirdan hatlar.
Krill yozuvida ajratib yozilganligini O'zbekiston milliy ensiklopediyasida uchratamiz. Unda shunday deyilgan: ,, дутор буйин тог олча''.
Otboqar so'zi ham shunday so'zlar sirasiga kiradi. Ushbu so'z lotin yozuvida qo'shib, krill yozuvida ajratib yozilad. Lotin yozuvida qo'shib yozilishini Abdulla Qahhorning ,,Qo'shchinor chiroqlari'' asarida uchratamiz. Ushbu asarda shunday deyikgan: ,,Otboqar fonusini yerga qo'yib yugurganicha otxonaga kirdi va hayal o'tmay bir otni yetaklab chiqdi''. Krill yozuvida ajratib yozilganligiga O'zbekiston milliy ensiklopediyasida amin bo'lishimiz mumkin’’.
Qo'shma so'zlarning yozilishini nima uchun aynan krill yozuvida ham lotin yozuvida ham o'rganishimiz kerak, hozir asosan lotin yozuvidan foydalanamizku degan fikr mulohazalar paydo bo'lishi mumkin. Hozirda asosan lotin yozuvidan foydalanilsada, qanchadan qancha noyob asarlar, biri biridan ajoyib kitoblar lotin yozuvida yozilgan. Siz uni mutolaa qilar ekansiz qo'shma so'zlarning yozilishiga chalg'ishingiz yoki nima uchun lotin yozuvidan farqli ravishda ba'zi qo'shma so'zlar ajratib yozilganligining sababini anglay olmasligingiz, tushunmasligingiz mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, o'quvchilar faqatgina lotin yozuvi amas balki krill yozuviga ham alohida ahamiyat berishlari zarur. Ushbu maqola o'quvchilarga lotin va krill yozuvida qo'shma so'zlarning qanday yozilishini bilib olishga yordam beradi. Ko'pchilik o'quvchilar bunday so'zlarning yozilishiga e'tibor berishmaydi va qaysi yozuvda yozsa ham bir xil ya'ni lotin imlo qoidalari asosida yozaverishadi. Chunki ularga maktabda krill emas lotin yozuvi imlo qoidalari o'rgatiladi. Lekin ular faqatgina lotin yozuvidan foydalanmay, krill yozuviga ham albatta yuzlanadilar. Ushbu maqolaning qimmati shundan iboratki, o'quvchilar shu maqola orqali ba'zi qo'shma so'zlarning krill va lotin yozuvida qanday yozilishi va ular o'rtasidagi farqni bilib oladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. T.Tog'ayev, G. Tavaldiyeva, M.Akromova ,, O'zbek tilining krill va lotin alifbolaridagi imlo lug'ati''.

  2. ,,Ravshan’’ dostoni.

  3. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi.

  4. Abdulla Qahhor. ,, Qo'shchinor chiroqlari.

  5. Abduraimov Shohrux. ,, Lotin yozuvi imlo qoidalari''.

Download 18,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish