181
tijorat banki kredit bergandan keyin o’tgan ma’lum davr mobaynida kreditlarning
foiz stavkasi oshadi. Natijada tijorat bankida kreditlar bo’yicha yo’qotilgan
daromad yuzaga keladi.
3. Bazis riski.
Bazis riski turli moliyaviy instrumentlar bo’yicha olingan va to’langan
foizlarni tartibga solish jarayonida yuzaga keladigan
nomuvofiqliklar natijasida
yuzaga keladi. Masalan, bir yil muddatga berilgan kreditning oylik to’lovi LIBOR
stavkasi bo’yicha qayta baholanganda, LIBORning o’zgarishi bazis riskini yuzaga
keltiradi.
Xalqaro ssuda kapitallari bozorida xorijiy valyutalardagi kreditlarning
bahosi har kuni aniqlanadi va turli omillarning ta’sirida ular tebranib turadi. Bu
esa, bazis riskini yuzaga kelishi uchun zamin yaratadi.
4. Optsionlar bilan bog’liq bo’lgan risklar.
Koll va put optsionlar bo’yicha foiz stavkalarining o’zgarishi,
bankning
pozitsiyasi muvozanatlashmagan sharoitda, zararni yuzaga keltirishi mumkin.
Optsionlarning birinchi standarti evropa standarti deb ataladi va bu optsionlar
o’z egasiga faqat shartnoma muddati tugagandan so’ng optsiondan foydalanish
huquqini beradi. Optsionlarning
ikkinchi standarti esa, amerika standarti deyiladi
va mazkur optsionlar o’z egasiga optsion shartnomasi muddatining istalgan vaqtida
optsiondan foydalanish huquqini beradi. Demak, valyuta
optsionlarining amerika
standartida foiz riski darajasi evropa standartiga nisbatan yuqori hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining tijorat banklarida valyutalarni sotib olish
maqsadida berilgan optsionlar 92728-«Optsion bitimi bo’yicha sotib olish»
hisobraqamining debetida va 96379-«Optsion bo’yicha
sotib olish kontr
hisobvarag’i»ning kreditida hisobga olinadi.
Tijorat banklarining valyuta optsionlaridan oladigan daromadlari 45404-
hisobraqamining kreditida, optsionlardan ko’rilgan
zararlar esa, 55306-
hisobraqamining debetida hisobga olinadi.
Hozirgi davrda taraqqiy etgan mamlakatlarning tijorat banklari tomonidan
foiz riskini baholashda quyidagi usullardan foydalanilmoqda:
182
1. Aktivlar va passivlar o’rtasidagi farqni tahlil qilish usuli (GEP usuli).
2. Dyuratsiya usuli.
3. Imitatsion modellashtirish usuli.
4. Statistik tahlil usullari.
GEP usuli aktivlar va passivlar o’rtasidagi farqni o’lchashga
asoslangan
bo’lib, ushbu aktivlar va passivlarning qiymati ma’lum davriy oraliqda o’zgaradi.
Bunda aktivlar va passivlar quyidagicha guruhlanadi:
RSA – o’zgaradigan foiz stavkalariga ega bo’lgan aktivlar;
RSL – o’zgaradigan foiz stavkalariga ega bo’lgan passivlar.
Agar RSA
>
RSL bo’lsa, u holda GEP ijobiy hisoblanadi. Agar RSA
<
RSL
bo’lsa, u holda GEP salbiy bo’ladi
32
.
Agar
foiz stavkalari oshsa, ijobiy GEPga ega bo’lgan banklarda foiz marjasi
o’sadi. Chunki, bunday sharoitda o’zgaradigan foiz stavkasiga ega bo’lgan aktivlar
miqdori shunday stavkadagi passivlar miqdoridan katta bo’ladi.
Dyuratsiya usuli bank kapitalining kutilayotgan o’zgarishini foiz stavkalarini
o’zgarishini prognozlash yo’li bilan baholash imkonini beradi.
Ushbu usul
dyuratsiyani aniqlashga asoslangan.
Dyuratsiya – bu foizli aktivlar va foizli passivlarning muddatalri o’rtasidagi
nomuvofiqlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: