Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini


 Elektron pullar muomalasini boshqarish usullari



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/120
Sana05.06.2022
Hajmi6,47 Mb.
#639469
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120
Bog'liq
bank aktiv va passivlarini boshqarishpdf

15.4. Elektron pullar muomalasini boshqarish usullari 
Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari 
xizmatlaridan foydalangan holda elektron to’lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz 
hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to’lovdir.
Elektron to’lov tizimida tovar/xizmatlar to’lovi xaridorning elektron hisobidan 
shaxsiy bank raqami hisobiga pul mablag’larini chiqarish imkoniga ega bo’lgan 
sotuvchining elektron hisobiga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga 
oshiriladi.


197 
Elektron karmanni to’ldirish va ulardan pul echish quyidagi usullar bilan 
amalga oshirish mumkin:
* tijorat banklarida naqd pul bilan; 
* bank kartalari (VISA, MasterCard, UzKart) yordamida; 
* pochta orqali; 
* Internet-banking yordamida; 
* pul o’tqazmalar tizimlari yordamida; 
* mobil aloqa yordamida. 
Savdo ishtirokchilari mustaqil ravishda savdo tizimiga kirishning quyidagi 
uslublaridan birini tanlashlari mumkin: 
masofaviy — ish o’rnidan foydalanish orqali; 
valyuta birjasi savdo zalidagi ish o’rnidan foydalanish orqali. 
Valyuta birjasi savdo tizimida ishlash uchun savdo ishtirokchilarini ikki 
bosqichli login va parol bilan ta’minlaydi. 
Birinchi bosqich logini va parolidan foydalanish huquqiga faqatgina 
treyder ega bo’ladi. 
Birinchi bosqich logini va paroli savdo ishtirokchisi savdo tizimini 
faollashtirish huquqini beradi. 
Ikkinchi bosqich logini va parolidan foydalanish huquqi bank rahbari 
tomonidan vakolat berilgan birja savdolari bo’yicha birja bitimlarini tuzishga 
mas’ul bo’lgan shaxsga beriladi. 
Ikkinchi bosqich logini va paroli savdo ishtirokchisi birja bitimini 
tasdiqlash huquqini beradi. 
Birja bitimlarini tuzish uchun savdo tizimiga bitim tuzishga tashabbus 
qilayotgan savdo ishtirokchisining pul mablag’larini joylashtirish va/yoki jalb etish 
bo’yicha buyurtmasi kiritiladi. 
Dastlabki buyurtmada quyidagi ko’rsatkichlar ko’rsatilishi lozim: 
pul mablag’larini jalb etish yoki joylashtirish; 
jalb etiladigan yoki joylashtiriladigan valyuta turi; 
jalb etiladigan yoki joylashtiriladigan pul mablag’lari miqdori; 


198 
pul mablag’larini jalb etish yoki joylashtirish muddati; 
pul mablag’larini jalb etish yoki joylashtirish bo’yicha foiz stavkasi; 
foiz to’lovlarini to’lash muddati. 
Savdo tizimiga kiritilgan dastlabki buyurtmaga pul mablag’larini jalb etish 
va/yoki joylashtirish maqsadida kontragentlar tomonidan qarshi buyurtmalar 
kiritiladi. 
Pul mablag’larini joylashtirish uchun buyurtmalar navbati foiz stavkasining 
o’sib borishi tartibida, foiz stavkalari teng bo’lganda esa buyurtmalar taqdim 
etilgan vaqt tartibida joylashtiriladi. 
Pul mablag’larini jalb etish uchun buyurtmalar navbati foiz stavkasining 
kamayib borishi tartibida, foiz stavkalari teng bo’lgan taqdirda esa buyurtmalar 
taqdim etilgan vaqt tartibida joylashtiriladi. 
Har bir birja bitimi tuzilganda savdo tizimi uni ro’yxatga oladi, unga 
ro’yxatga olish raqamini biriktiradi va savdo ishtirokchilariga o’zaro hisob-
kitoblarni amalga oshirishga asos bo’ladigan birja guvohnomalarini taqdim etadi. 
Tuzilgan birja bitimlari bo’yicha barcha hisob-kitob operatsiyalarining 
ijrosi savdo ishtirokchilari tomonidan bitim tuzilgan bank ish kuni Markaziy 
bankning banklararo hisob-kitoblar bo’yicha elektron to’lov hujjatlarini uzatish, 
qabul qilish va nazorat qilish vaqti yakunlanishiga qadar amalga oshiriladi. 
Savdo tizimiga taqdim etilgan har qanday dastlabki buyurtma u bekor 
qilingunga, to’liq qondirilgunga yoki birja savdolari yakuniga qadar amal qiladi. 
Savdo tizimiga taqdim etilgan har qanday buyurtma birja bitimlari tuzilgunga 
qadar savdo ishtirokchilari tomonidan o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 
Savdo tizimi orqali tuzilgan birja bitimlari bo’yicha pul mablag’larini 
qaytarish muddati kelganda jalb qilingan mablag’lar va unga hisoblangan foizlarni 
qaytarish bank tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. Pul mablag’larini qaytarish kuni pul mablag’lari tegishli hisobraqamiga 
kelib tushgan kun deb hisoblanadi. 
Birja bitimlari bo’yicha barcha to’lovlar bitim tuzilgan valyutada amalga 
oshiriladi. 


199 
Birja bitimlari bo’yicha joylashtirilgan pul mablag’lari tomonlarning o’zaro 
kelishuviga asosan muddatidan avval qaytarilishi mumkin. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish