6-MA‘RUZA. Loyihalashda standartlar.
Reja:
1. GOST standarti
2. ISO standarti
3. ESKD standarti
1. GOST standarti
Metrolagiya va standartlashtirish masalalari
bilan insonlar qadimdan
shug‗ullanganlar. Qadim Misrda bundan 5000 yil ilgari piramidalar standart
toshlardan (410*200*130 mm) qurilgan. Bunda o‗lchov birligi sifatida «tirsak»
(,,lokot‖) olingan. XV asrda Vensiyada qayiqlar oldindan tayyorlangan,
unifikatsiya qilingan (birxillashtirilgan) detal va uzellardan yig‗ilgan. O‗rta
Osiyoda shaharlarni suv bilan taminlash uchun standart o‗lchamli quvurlardan
foydalanganlar. 1726-yilda Tula qurol-aslaha zavodida miltiqlar o‗zaro
almashadigan detallardan yig‗ilgan.1846-yil Angilyada biriktirish rezbalar tizimi
qabul qilingan.
Qadimdan o‗lchov birligi qilib lokot (tirsak), kist,(panjara uzunligi), sustav
palsa(barmoq bo‗g‗ini uzunligi) olingan. Qadimda Vavilonda bundan 4000 yil
burun o‗lchov birligi sifatida ichi bo‗sh kub qabul qilingan.
Bunda devorlari
uzunligi-uzunlik o‗lchovi, unga joylashgan suv massasi-og‗irlik o‗lchovi qilib
olingan.
Angilyada o‗lchov birligi qilib fut (tovon,1fut-30.5sm) va dyum (katta
barmoq eni, 1 dyum-2.54sm) qabul qilingan.
1875-yilda 19 ta davlat vakillari tomonidan xalqaro metric o‗lchov tizimi
qabul qilinib, o‗lchashlar va og‗irlikni baholashda turli o‗lchov birliklaridan
foydalanishga chek qo‗yilgan edi. 1870-yilda Germaniya imperiyasi bo‗yicha temir
yo‗l izining eni standartlashtirilgan va g‗ishtning yagona o‗lchami qabul qilingan.
Hamma tabiat mahsulotlari (moddalari) standartlashtirilgan
elementlardan tashkil
topganki, bularga atomlar kiradi. Jumladan, jami 107 elementdan 12 element er
qatlaminig 99.5 foizini tashkil qiladi. Ular o‗zaro birlashib 500 000 dan ortiq turli
moddalarni hosil qiladi.Ular o‗zaro xaotik birikmay ma‘lum bir tizim asosida
bog‗langanlar. Masalan, bitta proton va bitta electron vodorot atomini tashkil
qiladi.
Ikki vodorod atomi, bir oltingugurt atomi va to‗rt kislorod atomi sulfat
kisiotani hosil qiladi (H
2
SO
4
).
Tabiat ishlab chiqarishiga ahamiyat bersak, uni ommaviy ko‗plab ishlab
chiqarish bilan o‗xshatish mumkin. Lekin, shunga qaramay,
uning mahsulotlari,
masalan-odamlar, hayvonlar, daraxtlar va ularning barglari, mevalari bir-biridan
farq qiladi, ya‘ni bir tomondan elementlar soni cheklangan bo‗lib boshqa
tomondan esa mahsulot bir-biridan farq qiladilar (individualdir).
Hozirgi kunda ko‗plab va seriyalab ishlab
chiqarish mahsulotlari
standartlashtirilgan. Masalan lyustra, elektr lampochkasi, patron. Ular o‗zaro
birikib yig‗ma hosil qiladilar. Agar lampochkani Angilyadan olib lyustrani
Hindistondan, pasportni Avstraliyadan olsak, ularni bemalol yig‗ish mumkin.
CHunki bu detallar standartlashtirilgan. Qerda tayyorlanganligiga qaramay, ularni
yig‗ish mumkin.
Mustaqil O‗zbekiston Respublikasida standartlashtirish
ishlarini amalga
oshirish uchun 2-mart 1992-yil Vazirlar Mahkamasining 93-sonli qaroriga muvofiq
―Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‗zbekiston Davlat
Markazi‖ (O‗zdavstandart) tashkil etildi.
Respublikamizda ―Davlat metrologiya xizmati‖ deb ataladigan davlat hamda
ma‘muriy organlar tuzilgan, shuningdek ―Metrologiya haqida‖ respublika qununi
qabul qilingan. Oradan bir yil o‗tmay, O‗zdavstandart tashkiloti Xalqaro
standartlashtirish tashkilotiga qabul qilindi. Hozirgi kunda O‗zbekiston
Respublikasida yaratilgan standartlar
zamon talabiga javob beradigan, xalqaro
standartlashtirish tajribalariga asoslangan, bozor iqtisodiyoti talablariga javob
beradigan
darajada
ishlab
chiqilayotir.
Standartlashtirishning
respublika
taraqqiyotida roli katta. SHu jumladan Asaka avtomobil zavodi,
Samarqand
mashinasozlik zavodi, Toshkent temir yo‗l vagonlari zavodi va O‗zbekiston temir
yo‗l mashinalarini ta‘mirlash zavodini yangi uskuna va jihozlar bilan qayta
tiklanishi bunga misol bo‗la oladi.
2. ISO standarti