Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/120
Sana05.06.2022
Hajmi6,47 Mb.
#639469
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   120
Bog'liq
bank aktiv va passivlarini boshqarishpdf

14.3-jadval 
Operatsion riskni baholash bo’yicha standartlashgan yondashuvda beta 
omillar ulushining taqsimoti
33
 
Biznes-liniyalar 
Beta omillar 
Korporativ moliyalashtirish 
18% 
Savdo 
18% 
33
Международная конвергенция измерения капитала и стандартов капитала. Уточненные рамочные 
подходы. Банк международных расчетов. – Базель, 2004. – С. 158. 


184 
Bankning chakana operatsiyalari 
12% 
Bankning tijorat operatsiyalari 
15% 
To’lovlar va hisob-kitoblar 
18% 
Agentlik xizmatlari 
15% 
Aktivlarni boshqarish 
12% 
Chakana brokerlik xizmatlari 
12% 
14.3-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, korporativ moliyalashtirish va 
savdo operatsiyalari nisbatan yuqori ulushni egallaydi. Buning sababi shundaki, 
tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida kreditlar va qimmatli qog’ozlarga 
qilingan investitsiyalari eng yuqori salmoqni egallaydi. 
Bazel-3 operatsion riskni baholashda qo’llaniladigan koeffitsientlar 
quyidagilarni hisobga oladi: 
-mamlakatning suveren kredit reytingi; 
-bankning reytingi; 
-kredit olgan mijozning reytingi; 
-bank operatsiyasining turi. 
14.3. Bank risklarini boshqarish usullari 
Tijorat banklari faoliyatidagi kredit riskini boshqarishda kredit portfelini 
diversifikatsiya qilish, kreditlardan ko’riladigan zararlarni qoplashga mo’ljallangan 
zaxiralar tashkil etish va limitlar belgilash usullaridan keng foydalaniladi. 
Xalqaro bank amaliyotida umume’tirof etilgan mezonga ko’ra, tijorat banklari 
kreditlarining 25 foizdan ortiq qismini bitta tarmoqda to’planib qolishi mumkin 
emas. 
Valyuta 
riskini 
boshqarishda 
tijorat 
banklarining 
ochiq 
valyuta 
pozitsiyalarini qisqartirishga alohida e’tibor qaratiladi. 
Tijorat banklarining valyuta faoliyatlarini tartibga solishda ochiq valyuta 
pozitsiyasini yuritilishi haqidagi hisobot muhim o’rin tutadi. Bu hisobotning tahlil 
qilishning zarurati Markaziy bank tomonidan respublikadagi mavjud vakolatli 


185 
banklarning valyutaviy risklarini kamaytirishga qaratilgan siyosati bilan 
izohlanadi. Chunki, Markaziy bank tomonidan vakolatli banklarga chet el valyutasi 
bilan boQliq operatsiyalarga limit o’rnatiladi. Bu tartib bo’yicha bankning o’z 
mablaQlariga nisbatan 20 foizgacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor. Bir 
valyuta turi bo’yicha bu ko’rsatkich 5 foiz qilib belgilangan. Limit o’rnatishning 
asosiy sababi, vakolatli banklarning valyutaviy risklarini kamaytirishdir. Chunki, 
vakolatli banklar barcha aktivlarini chet el valyutalariga qo’ysa, va bu 
valyutalarning kursi jahon valyuta bozorida tushib ketsa, bank aktivlari kamayishi 
va hatto bank bankrot bo’lishi mumkin (bu o’z navbatida mamlakat iqtisodiyotini 
sekin-astalik bilan inqirozga yuz tutishiga zamin yaratadi). Shuni oldini olish 
maqsadida, bu limit barcha vakolatli banklar uchun joriy qilingan. 
Bazel-3 standartida operatsion risk bo’yicha kapitalning etarliligini hisoblash 
uchun uch usuldan foydalanish tavsiya etilgan. Birinchi usul bazaviy indikator 
usuli, ikkinchi usul – standartlashtirilgan usul, uchinchi usul esa, kengaytirilgan 
usul hisoblanadi. Mazkur usullar bo’yicha hisoblangan kapitalning etarlilik 
koeffitsientlari bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi. Shu sababli, fikrimizcha, 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki mavjud uch usuldan birini tanlab olishi 
va respublikamiz tijorat banklarining barchasida operatsion risk bo’yicha 
kapitalning etarliligi ana shu usulda hisoblanishi lozim. Fikrimizcha, kapitalning 
etarliligini hisoblashning kengaytirilgan usulini respublikamiz bank amaliyotida 
qo’llash uchun sharoit mavjud emas. Chunki ushbu usul banklarning o’zlari ishlab 
chiqqan reyting baholash natijalariga asoslanadi. Respublikamiz banklarida esa, 
operatsion riskni baholashning reyting usuli mavjud emas. 
Bazaviy indikativ yondashuvga ko’ra: 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish